«ULOQDA» HIKOYASI
10. «Uloqda» hikoyasi kimning tilidan hikoya qilinadi?
A) muallif B) Shokir mishiqi
C) Turg‘un # D) Haydar soqov
11. «Uloqda» hikoyasi nechanchi shaxs tilidan hikoya qilinadi?
A) birinchi shaxs# B) ikkinchi shaxs
C) uchinchi shaxs D) birinchi va uchinchi shaxs
12. «Uloqda» hikoyasida Turg‘unning oti nima deyilgan?
A) qozoqi ot B) saman ot
C) chipor ot D) qora qashqa#
13. «Uloqda» hikoyasida Mahkamboy kim?
A) Turg‘unning otasi B) Salim chavandozning sherigi
C) Turg‘unning akasi# D) Sobir tegirmonchining o‘g‘li
14. «Uloqda» hikoyasidan olingan «girdig‘umdan kelgan» va «vag‘iz qildi» birikmalarining ma’nolari?
A) qo‘lidan kelgan, e’lon qildi
B) qotmadan kelgan, va’z (nutq) qildi
C) qotmadan kelgan, va’z (nutq) qildi
D) to‘ladan kelgan, e’lon qildi#
15. «Uloqda» hikoyasi qahramoni Turg‘unboyning o‘rtoqlari kimlar edi?
1) Nurxon; 2) Sobir mishiqi; 3) To‘g‘on;
4) Haydar soqov; 5) Shokir mishiqi; 6) Shokir soqov.
A) 1, 4, 5 # B) 2, 3, 6 C) 1, 3, 4, 5 D) 2, 3, 6
16. «Uloqda» hikoyasida «Saning otingg‘a hech ot bolasi yetmaydi», – deya Turg‘unning otiga havas qilgan kim?
A) Haydar# B) Nurxon C) Sobir D) Shokir
17. «Uloqda» hikoyasida «Otdan saning baxting bor ekan», – deya Turg‘unning otiga havas qilgan kim?
A) Haydar B) Nurxon# C) Sobir D) Shokir
18. O‘zbek yozma adabiyoti nechanchi asrga qadar, asosan, she’riy shaklda (aruz vaznida) yaratilgan g‘azal, ruboiy, qasida, doston, hikoyat, noma kabi asarlardan iborat edi?
A) XVII asrga qadar B) XVIII asrga qadar
C) XIX asrga qadar D) XX asrga qadar#
19. Nechanchi asrga kelib O‘rta Osiyoda juda kuchli ma’rifatparvarlik harakati boshlanadi?
A) XIX asrning boshlariga kelib B) XIX asrning oxirlariga kelib
C) XX asrning boshlariga kelib# D) XX asrning oxirlariga kelib
20. «Uloqda» hikoyasida kim haqida: «uloq chopishini gapura bersa, kishi hayron qoladir: yuz-ikki yuz chavandoz ichidan yoppa-yolg‘uz uloqni ajratub chiqar ekan!», – deyiladi?
A) Turg‘unning otasi B) Turg‘unning akasi
C) Haydarning bobosi D) Mahkamning bobosi#
21. Yozuvchi tomonidan kuzatilgan, idrok etilgan ibratli voqea va hodisalarni ixcham shaklda badiiy ifoda etuvchi nasriy asar nima deyiladi?
A) qissa B) hikoya # C) masal D) ertak
22. Bir yoki bir nechta qahramonlar ishtirok etib, hayotiy yoki xayoliy hodisalarning muhim bir jihati tasvirlab beriladigan janr?
A) qissa B) hikoya# C) masal D) ertak
23. «Uloqda» hikoyasida o‘yinga qo‘yilgan uloq necha yoshda edi?
A) 7 yosh B) 8 yosh C) 9 yosh D) 10 yosh#
24. O‘zbek adabiyotida hikoya janrining ustalari sifatida e’tirof topgan ijodkorlar kimlar?
1) Abdulla Qahhor; 2) Erkin A’zamov; 3) Odil Yoqubov;
4) Shukur Xolmirzayev; 5) O‘tkir Hoshimov; 6) Said Ahmad.
A) 1, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 5, 6
C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6#
25. Badiiy asarlarda bir-biriga zid bo‘lgan narsa va hodisalar, masalan, yorug‘ va qorong‘i, quvonch va g‘amginlik, kulgi va fojialarni tabiiy yonma-yonlikda tasvirlab, kayfiyat paydo etish usuli nima deb ataladi?
A) zidlanish B) tazod
C) konflikt D) kontrast#
26. «Uloqda» hikoyasida uloqni kim olib boradi?
A) Orif sarkor# B) Olim sarkor
C) Odil sarkor D) Sobir sarkor
27. «Uloqda» hikoyasida kimning otini: «qozoqi ot, qamchi ko‘tarmaydir, «hayt» desa, bas!», – deya maqtaydilar?
A) Valadning oti ni B) Turg‘unning otini
C) Haydarning oti ni D) Salimning otini#
28. «Uloqda» hikoyasida ishqibozlar «Agar ular kelsa, o‘yin qizimay qolmas», – deya kimlarni nazarda tutadilar?
A) Mahkam va Murodni B) Esonboy va Salimni
C) Salim va Mahkamni D) Salim va Murodni#
Do'stlaringiz bilan baham: |