10-§. HANS KRISTIAN ANDERSEN
«BULBUL» (ERTAK)
(Darslikda 113–132 betlar)
1. Daniya poytaxti Kopengagenga kelgan Andersen dastlab kim bo‘lishni xohlaydi?
A) dramaturg B) rassom C) aktyor# D) shoir
2. Andersen kimning yoki kimlarning tavsiyasi bilan teatrdan stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi?
A) Dyuma, Dikkenslarning tavsiyasi bilan
B) Kopengagen teatrlaridan birining direktori tavsiyasi bilan#
C) Lotin maktabi direktori tavsiyasi bilan
D) Gyugo va Balzaklarning tavsiyasi bilan
3. Andersen sayohatlari davomida zamonasining mashhur shoir va adiblari, san’atkorlaridan kimlar bilan uchrashadi?
1) Gyugo; 2) Balzak; 3) Shota Rustaveli;
4) Dikkens; 5) Geyne; 6) Rossini;
7) Vagner; 8) List; 9) Dyuma.
A) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8, 9# B) 1, 2, 3, 4, 7, 8, 9
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
4. Andersenning aktyor bo‘lish rejasi amalga oshmagach, u qanday ish ko‘radi?
A) Lotin maktabiga o‘qishga kiradi.
B) Kopengagen universitetiga kiradi.
C) Kichik-kichik ertaklar yozadi.
D) Kichik-kichik sahna asarlari yozadi. #
5. Andersenning birinchi yirik asarini toping.
A) «Yangi ertaklar va tarixlar» B) «Improvizator»#
C) «Yangi ertaklar» D) «Bolalarga aytilgan ertaklar»
6. Andersen nomini dunyoga mashhur qilib yuborgan to‘plamlarini toping.
1) «Tarixlar»; 2) «Yangi ertaklar»;
3) «Improvizator»; 4) «Yangi ertaklar va tarixlar»;
5) «Bolalarga aytilgan ertaklar»; 6) «Suv parisi».
A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5#
7. Hans Kristian Andersenning qaysi ertaklarida talqin jonli inson muhitiga yaqinlikda beriladi?
1) «Duymchaxon»; 2) «Bronza to‘ng‘iz»; 3) «Bulbul»;
4) «Suv parisi»; 5) «Qor malikasi»; 6) «Kumush tangacha».
A) 1, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5 C) 1, 3, 4, 5# D) 1, 2, 3, 6
8. Hans Kristian Andersenning qaysi ertaklarida jonsiz ashyolar harakatga kelib, odamlarday so‘zlaydilar?
1) «Duymchaxon»; 2) «Bronza to‘ng‘iz»; 3) «Bulbul»;
4) «Suv parisi»; 5) «Qor malikasi»; 6) «Kumush tangacha».
A) 1, 6 B) 2, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 6 #
9. Hans Kristian Andersenning ertaklarini toping.
1) «Bronza to‘ng‘iz»; 2) «Improvizator»; 3) «Bulbul»;
4) «Suv parisi»; 5) «Qor malikasi»; 6) «Kumush to‘ng‘iz»;
7) «Duymchaxon»; 8) «Kumush tangacha»; 9) «Bronza qo‘ng‘iz».
A) 1, 3, 4, 5, 7, 8# B) 3, 4, 5, 7, 8, 9
C) 1, 2, 5, 6 D) 1, 3, 4, 5, 7, 8, 9
10. «Qor malikasi» ertagida g‘alati ko‘zguni butun dunyo bo‘ylab olib yurib, juda katta kashfiyot qilinganini, endi dunyo butunlay yangicha ko‘rinadigan bo‘lishini jar solib yurgan kim?
A) jodugar B) jodugarning shogirdlari#
C) jodugarning qo‘riqchilari D) yovuzlikning qora sharpalari
11. «Qor malikasi» ertagida jodugar yasagan g‘alati ko‘zguning siri nimada edi?
A) ko‘zguda barcha yaxshi, go‘zal narsalar yomon, xunuk bo‘lib ko‘rinishida
B) ko‘zguda barcha yaramas, xunuk narsalar chiroyli, go‘zal bo‘lib ko‘rinishida
C) ko‘zguda barcha sirli narsalarning siri ochilishida
D) A va B#
12. «Bulbul» ertagida kapelmeyster kim?
A) soqchilar boshlig‘i B) bosh oshpaz
C) xor rahbari # D) bosh vazir
13. «Qor malikasi» ertagida ko‘zguning kichik bir zarrasi kimning ko‘zi-yu yuragiga tushsa, unda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
1) Loqayd, atrofdagilarga befarq bo‘lib qoladi.
2) Sovuqqon bo‘lib qoladi.
3) Ko‘ziga barcha go‘zal, yaxshi narsalar xunuk, yomon ko‘rina boshlaydi.
4) Yolg‘izlikni yoqtiradigan bo‘lib qoladi.
A) 1 B) 1, 3 C) 1, 2, 3 # D) 1, 2, 3, 4
14. «Qor malikasi» ertagida ko‘zguning kichik bir zarrasi insonning qaysi a’zosiga tushsa, shu kishi loqayd, sovuqqon, atrofdagilarga befarq bo‘lib qoladi?
A) ko‘ziga B) yuragiga C) ongiga D) A va B#
15. «Qor malikasi» ertagida qor malikasi Kayni qayerdagi saroyiga olib ketadi?
A) janubdagi B) shimoldagi# C) g‘arbdagi D) sharqdagi
16. Andersen «Qor malikasi» ertagida yovuz, tuban, sovuqqon kuchlarga qarama-qarshi qo‘ygan narsa nima?
A) ezgulikni ulug‘lovchi ertaklar va kitoblar
B) ezgulikni ulug‘lovchi qadriyat, an’ana va urf-odatlar
C) mehr-muhabbat, tirishqoqlik, ezgu maqsad yo‘lida har qanday mashaqqatlarga dosh berish kabi yuksak tuyg‘ular#
D) ezgulikning sodiq posbonlari
17. «Qor malikasi» ertagida Gerda Kayga bo‘lgan mehri, uni izlab topishga bo‘lgan intilishi sabab qanday xavflarni yengib o‘tadi?
1) sehr-jodu; 2) to‘kin-sochin hayot; 3) o‘lim dahshati;
4) qor lashkarlari; 5) qaroqchilar to‘dasi; 6) yoz malikasi;
7) kuz malikasi; 8) asov to‘lqinlar.
A) 1, 2, 5, 7 B) 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5, 8# D) 1, 2, 3, 4, 5, 7
18. «Qor malikasi» ertagida Kay va Gerda o‘z uylariga qaytishda qanday xavf-xatarga duch keladilar?
A) qudratli qor lashkarlariga
B) yoz malikasi ularni o‘zi bilan umrbod olib qolmoqchi bo‘ladi
C) har qanday yovuzlikdan qaytmaydigan qaroqchilar to‘dasiga
D) hech qanday xavf-xatarga duch kelmaydilar#
19. «Qor malikasi» ertagida Gerda Kayni izlab daryoda suzib borayotganida asov to‘lqinlar uning hayotiga qanchalik xavf-xatar solsa, qirg‘oqdagi nimalar qizga shunchalik taskin-tasalli berib, uni jasoratga chorlagandek tuyuladi?
A) dov-daraxtlar B) qushchalar
C) oppoq bulutchalar D) A va B#
20. Hans Kristian Andersen ertaklarini ona tilimizga o‘girgan ijodkorni toping.
A) Usmon Azim B) Azim Suyun
C) Usmon Nosir D) Usmon Qo‘chqor#
21. «Bulbul» ertagida amaldorlarga bulbulni topishda kim yordam beradi?
A) kambag‘al baliqchi B) oshpaz qizcha#
C) cho‘pon yigit D) bog‘bon yigit
22. «Bulbul» ertagida kapelmeyster sun’iy bulbul haqida necha jildlik kitob yozadi?
A) 20 jildlik B) 22 jildlik C) 25 jildlik# D) 28 jildlik
23. «Bulbul» ertagida har gal bulbul sayrog‘ini eshitib: «Yo Parvardigor, hayot naqadar yaxshi!», – deb yuboradigan obraz qaysi?
A) dehqon B) bog‘bon C) baliqchi# D) oshpaz qiz
24. «Bulbul» ertagida imperator o‘z yurtidagi bulbul haqida qaysi mamlakat hukmdori yuborgan kitobdan bilib oladi?
A) Koreya B) Hindiston C) Yaponiya# D) Xitoy
25. «Bulbul» ertagida imperator aytilgan fursatda bulbul saroyga keltirilmasa, hamma saroy a’yonlarini qanday jazo kutishini aytadi?
A) boshini tanasidan judo qilish B) chohga tashlash
C) qorniga urish# D) tovoniga urish
26. «Bulbul» ertagida o‘rmonda maysalar ustida o‘tirib, mazza qilib bulbul xonishini eshitib, ko‘zlaridan duv-duv yosh oqadigan obrazni toping.
A) dehqon B) bog‘bon C) baliqchi D) oshpaz qiz#
27. «Bulbul» ertagida bosh vazir bulbulning qayerdaligini ko‘rsatishi evaziga qizchaga nimani va’da qiladi?
1) saroy oshxonasidagi bosh oshpazlik mansabiga o‘rnashtirib qo‘yishni;
2) imperatorning qanday taom yeyishini tomosha qilishi uchun ruxsat olib berishni;
3) saroy oshxonasidagi yaxshigina mansablardan biriga o‘rnash-tirib qo‘yishni.
A) 1, 2 B) 2, 3# C) 2 D) 1
28. Sun’iy bulbulning bo‘yniga bog‘langan lentada qanday yozuv bor edi?
A) «Sun’iy bulbul oldida haqiqiy bulbul ip esholmaydi».
B) «Haqiqiy bulbul oldida sun’iy bulbul ip esholmaydi».
C) «Xitoy imperatorining bulbuli oldida Yaponiya imperatorining bulbuli ip esholmaydi».#
D) «Yaponiya imperatorining bulbuli oldida Xitoy imperatorining bulbuli ip esholmaydi».
29. «Bulbul» ertagida sun’iy bulbul bir qo‘shiqni necha marta aytsa ham charchamadi?
A) o‘ttiz marta B) o‘ttiz uch marta#
C) o‘ttiz to‘rt marta D) o‘ttiz to‘qqiz marta
30. «Bulbul» ertagida sun’iy qo‘shig‘i barcha saroy amaldorlariga va xalqqa yoqqanda ham kimlar undan hayratlanishmadi?
A) kambag‘al podachilar B) kambag‘al dehqonlar
C) kambag‘al baliqchilar# D) A va C
31. «Bulbul» ertagida Azroil imperatorning nimalarini olib qo‘yadi?
1) toj; 2) oltin qilich; 3) bayroq; 4) taxt; 5) muhr.
A) 1, 2, 5 B) 1, 2, 3 # C) 3, 4, 5 D) 2, 3, 4
32. «Bulbul» ertagida azroil qanday qilib g‘oyib bo‘ladi?
A) Kiprik qoqquncha shamolga aylanib uchib ketadi.
B) Dovulday oynadan uchib chiqib ketadi.
C) Qora va sovuq tumanga aylanib oynadan uchib chiqib ketadi.
D) Oppoq va sovuq tumanga aylanib oynadan uchib chiqib ketadi. #
33. «Bulbul» ertagida keltirilishicha, kuychining ko‘nglini ko‘taradi-gan oliy mukofot nima?
A) e’tibor va samimiy so‘zlar B) hurmat va e’tibor
C) hayajonli dil so‘zlar D) hayajonli ko‘z yoshlar#
34. «Qor malikasi» ertagida nimani osmonga ham olib chiqib, ilohiylashtirmoqchi bo‘ladilar?
A) jodugarni B) yovuz kuchlarni
C) ko‘zguni# D) yovuzlik kitobini
35. «Qor malikasi» ertagida ko‘zguning kichik bir zarrasi kimning ko‘zi-yu yuragiga tushsa, shu kishi loqayd, sovuqqon, atrofdagilarga befarq bo‘lib qolishi xalqimizdagi qaysi naqlni eslatadi?
A) Guruch kurmaksiz bo‘lmas.
B) Mehr – ko‘zda.
C) Bir chimdim tuz bir xum asalni buzar. #
D) Sog‘lik – tuman boylik.
36. «Qor malikasi» ertagida oliyjanob fazilatlarga ega bo‘lgan obraz?
A) shahzoda va malika B) qor lashkarlari
C) Gerda # D) Kay
37. «Qor malikasi» ertagida Kay muz bo‘laklaridan qaysi so‘zni yozishi kerak edi?
A) ezgulik B) mangulik #
C) hukmronlik D) yovuzlik
38. «Bulbul» ertagida qaysi obraz «Imperatorning tungi dasturxoni paytidagi birinchi chap qo‘l kuychisi» degan sharafli unvon egasi?
A) kapelmeyster B) oshpaz qizcha
C) haqiqiy bulbul D) sun’iy bulbul#
39. «Bulbul» ertagida kim podshohga qarata «Hukmdorlik toji qandaydir muqaddaslik nuriga yo‘g‘rilgan! Uni pok saqla!», – deydi?
A) Yaponiya imperatori B) bulbul#
C) bosh vazir D) kambag‘al baliqchi
Do'stlaringiz bilan baham: |