12-§. MIRKARIM OSIM
«ZULMAT ICHRA NUR»
«ZULMAT ICHRA NUR» QISSASI HAQIDA
(Darslikda 146–160 betlar)
1. Mirkarim Osim necha oy davom etgan tergov azoblaridan so‘ng «sovetlarga qarshi targ‘ibot qilgan»likda ayblanib, qancha muddatga ozodlikdan mahrum etiladi?
A) 9 oy, 10 yil B) 10 oy, 10 yil#C) 11 oy, 12 yil D) 11 oy, 15 yil
2. Mirkarim Osimning tarixga oid dastlabki yirik asari?
A) «Astrobod»# B) «Shiroq»
C) «To‘maris» D) «Alisher Navoiy va Darvishali»
3. Mirkarim Osimning tarixga oid dastlabki yirik asari qaysi janrda yozilgan va kimning hayotiga bag‘ishlangan?
A) qissa, Alisher Navoiy# B) qissa, To‘maris
C) hikoya, Shiroq D) hikoya, Iskandar
4. Mirkarim Osimning 1937–1940-yillar ichida yaratgan qissa va hikoyalarini toping.
1) «Alisher Navoiy va Darvishali»; 2) «Badarg‘a»;
3) «Karvon yo‘llarida»; 4) «Ulug‘bek va Navoiy»;
5) «Navoiyning xislatlari»; 6) «Husayn va Navoiy».
A) 1, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 5#
C) 1, 2, 5, 6 D) Faqat 3 va 4
5. Mirkarim Osimning Navoiyga bag‘ishlangan asarlarini toping?
1) «Ulug‘bek va Navoiy»; 2) «Badarg‘a»;
3) «Navoiyning yoshligi»; 4) «Alisher Navoiy va Darvishali»;
5) «Navoiyning xislatlari»; 6) «Husayn va Navoiy»;
7) «Astrobod»; 8) «Zulmat ichra nur».
A) 1, 2, 4, 5, 7, 8# B) 1, 2, 3, 4
C) 4, 5, 6, 7, 8 D) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8
6. Mirkarim Osimning tarixiy mavzudagi asarlarini toping?
1) «To‘maris»; 2) «Shiroq»;
3) «Iskandar va Spitamen»; 4) «Aljabrning tug‘ilishi»;
5) «Ibn Sino»; 6) «Jayhun ustida bulutlar»;
7) «O‘tror»; 8) «Temur Malik qissasi»;
9) «Mahmud Tarobiy»; 10) «Karvon yo‘llarida»;
11) «Singan setor»; 12) «Mohlaroyim va Xonposhsha».
A) 1, 2, 4, 6, 8, 9, 10, 11, 12 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 11
C) 1, 2, 3, 4, 6, 7, 9, 10, 11, 12# D) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 10
7. «Karvon yo‘llarida», «Mohlaroyim va Xonposhsha» asarlari qanday mavzuda?
A) ishqiy mavzuda B) ma’naviy-ma’rifiy mavzuda
C) ijtimoiy-siyosiy mavzuda D) tarixiy mavzuda#
8. Mirkarim Osimning o‘tgan asrning 60-yillarida, Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida yaratilgan asari qaysi?
A) «Zulmat ichra nur»# B) «Astrobod»
C) «Alisher Navoiy va Darvishali» D) «Navoiyning xislatlari»
9. «Zulmat ichra nur» qissasining «Yoshlik ayyomining ilk bahori» qismida Alisher necha yoshda edi?
A) uch yoshda B) to‘rt yoshda#
C) besh yoshda D) olti yoshda
10. «Zulmat ichra nur» qissasida o‘qimishli yigitlar bo‘lib, forsiy va turkiy tilda she’rlar yozadigan Alisherning tog‘alarini ko‘rsating.
A) Muhammad Ali Kobuliy va Mirsayid Samarqandiy
B) Mirmuhsin Kobuliy va Muhammad G‘aribiy
C) Mirsayid Kobuliy va Muhammad Ali G‘aribiy#
D) Mirzohid Kobuliy va Muhammad Ali Andijoniy
11. «Zulmat ichra nur» qissasida «jiddiy, kamgap, sipo odam edi», – deya ta’riflangan kim?
A) Sharafiddin Ali Yazdiy B) G‘iyosiddin
C) Muhammad Ali D) Mirsayid#
12. «Zulmat ichra nur» qissasida «xushchaqchaq, gapdon yigit bo‘lib, tor va tanburni yaxshi chalar, o‘z suhbati bilan majlisga jon kirgizar edi», – deya ta’riflangan kim?
A) Sharafiddin Ali Yazdiy B) G‘iyosiddin
C) Muhammad Ali# D) Mirsayid
13. «Zulmat ichra nur» qissasidan olingan quyidagi bayt muallifi kim?
Biz go‘yoki beparvo oshiqlar-u yirtiq chopon, o‘t nafas,
Jahon g‘ami sening g‘amingga arzimas.
A) Qosim Anvor # B) Alisher Navoiy
C) Farididdin Attor D) Mirsayyid Kobuliy
14. «Zulmat ichra nur» qissasidan olingan quyidagi bayt muallifi kim?
«Rindemu oshiqemu jahonso‘zu joma chok,
Do'stlaringiz bilan baham: |