Buxoro. Chor Bakr me'moriy majmuasi
XVI- XX asrlar. Nufuzli Xojagon urug'ining boshlig'i Xoja Ismoil tomonidan Buxoroning tashqarisidagi Sumitxon qishlog'ida "Chor Bakr " (to'rt Bakr) nomi bilan mashhur bo'lgan qabristonga asos solindi. Unda asosan (Imom Bakri Sa'd, Imom Bakri Tarxon, Imom Bakri Homid va Imom Bakri Ishoq) oilaviy qabrlarning ihotalari va ularning ortida dafn etilganlarning sag'analari mavjud. 1560-1563 yillari umumiy uyg'unlikdagi uchta imoratdan iborat majmua qurilgan. Xonaqoh va masjidning old tomonlari deyarli bir xil peshtoqlar bilan ajralib turadi. Lekin ularning rejasi va hajmdor qurilishi bir-biridan farq qiladi. Chor bakr meʼmoriy majmuasi Buxoroning Sumitan mavzeidagi meʼmoriy yodgorlik (16-19-a.lar). Shu yerda yashab oʻtgan mashhur toʻrt shayx (q. Chor Bakr) nomi bilan bogʻliq. Shayxlar qabristoni oldiga Abdullaxon II tomonidan xonaqoh, masjid, Madrasa va katta bogʻdan iborat meʼmoriy majmua barpo etilgan (1559), keyingi asrlarda yana qoʻshimcha binolar qurilib, atrofi bogʻlarga aylantirilgan. Xonaqoh gumbazli xona va peshtokdan iborat. Peshtoq bezagida koshinkori naqshlar va yirik kufiy yozuvlar, 2 yon kanotida guldastalar bor. Ichki bezagida ganchkorlik va qirma namunalari uchraydi. Madrasa peshtogʻi kengroq, dahanasi uch ravoqqa boʻlingan. Kitobasi arabiy yozuvdan iborat.
Darsxona toʻrtburchak tarxli, gumbazli, burchaklari hujralarga tutash. Yon tarzlari qoʻshqavat ravoklar qatorini takrorlaydi. Yozlik masjid maydon sahnining toʻrida Madrasa va xonaqoh orasida joylashgan. Peshtogʻining 2 qanoti qoʻsh qavatli hujralardan iborat. Peshtoq oldidagi supa sahnidan namozgoh sifatida foydalanilgan. Moʻʼjaz minora meʼmoriy majmua markazida joylashgan.
Buxoro. Xo'ja Zayniddin masjidi XVI asr. Qadimiy Buxoroning durdonalaridan bo'lgan Xo'ja Zayniddin masjidi eski mahalla ichida joylashgan. Masjid Xo'ja Zayniddin hazratlarining tashabbuslari bilan Imom al-Buxoriy hazratlari sharafiga Buxorodagi eng qadimiy hovuz bo'yiga, usta Mir Dustumbiy tomonidan qurilgan. Xo'ja Zayniddin 1465-1480 yillari Buxoroda qozi kalon lavozimida ishlagan. Masjid Abdulaziz ibn Ubaydullaxon davrida ta'mirlangan. Keyingi ta'mirlash ishlari 1904 yilda Ahadxon ibn Muzaffarxon (1885-1910 y.) buyrug'i bilan amalga oshirilgan. Qadimiy Buxoroning durdonalaridan bo’lgan Xo’ja Zayniddin jome’ masjidi eski mahallaning Xo’ja Zayniddin ko’chasida joylashgan. Xo’ja Zayniddin jome’ masjidi XVI asrdan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu jome’ masjidi Xo’ja Zayniddin deb nomlanishining sababi Xo’ja Zayniddin hazratlarining qabri o’sha yerda bo’lganligi uchun shu nom berilgan. Masjid Xo’ja Zayniddin hazratlarining tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy hazratlari sharafiga Buxorodagi eng qadimiy hovuz bo’yiga, usta Mirdo’stimbiy tomonidan qurilgan. Hozirda Xo’ja Zayniddin jome’ masjidi namozxonlar uchun qulay shart-sharoitlarga ega bo’lib, barcha namozxonlarimiz ibodatlarini ado etib kelmoqdalar.