Buxoro. Abdulazizxon madrasasi
XVII asr. Buxorodagi Ulug'bek madrasasiga ro'para qilib bunyod etilgan oxirgi eng yirik madrasadir. An'anaviy uslubda qurilgan Abdulazizxon madrasasida xonaqoh, gumbaz, hujra va yo'laklarning joylashuvi Ulug'bek madrasasi kabi oddiy va qulay bo'lgan. Biroq binoni ganch va jilvirkorlik bilan bezashda iroqiy, shuningdek, sharqiy 7va hind uslublarining mujassamlashib ketgani uni rang-barang va o'z davri uchun o'ziga xos qilib turadi.
Buxorodagi o’rta asrlar me’morchiligining alohida xususiyati – ko’cha yoki maydon bilan bir-biridan ajralib turgan va old yuzasi, darvozalari bilan bir-biriga qarab turgan ikkita ulkan inshootdan iborat bo’lgan majmualarning barpo etilishi edi. Shu asosda shaharning markaziy me’morchilik majmuasi yaratilgan – Poi Kalon («Ulkan inshoot osti») maydoni. Uning minorasi gumbazli o’tish yo’li bilan benihoya ulkan juma masjidi – Masjidi Kalon bilan bog’langan. Uning qarshisida XVI asrning boshida hatto bizning davrimizda ham ishlayotgan Mir-Arab madrasasi barpo etilgan.
Chashma-Ayub mozorining barpo etilishi ham XII asrlarga oid, deb hisoblanadi. Afsonalarga qaraganda, Injildagi payg’ambarlardan biri – Ayub (Iov) Buxoroning bu suvsiz qismidan o’tayotganda hassasi bilan yerga urgan – natijada bu yerda top-toza, shifobaxsh suvli buloq paydo bo’lgan. XIV asrda Amir Temur o’zining yurishlaridan birida olib kelgan xorazmlik ustalar buloq va quduq ustidan bino barpo etganlar hamda quduqdagi baland tortish qurilmasi ustidagi konus shaklidagi gumbazga Xorazm uchun xos bo’lgan shakl berganlar. Ularga qaraganda mashhur Chor-Minor masjidi esa yangi qurilgan bino, deb atalishi mumkin – u XIX asrda qurilgan. Bu masjidda to’rtta uncha baland bo’lmagan minoralar hamda gumbazlar zangori rangda bo’lib, masjidga o’ziga xos qiyofa bag’ishlaydi.
Sharq me’morchiligi uchun sun’iy suv havzalari bo’lgan hovuzlardan nafaqat amaliy maqsadlarda, balki shaharni yanada har tomonlama bezatish uchun ham foydalanish odatdagi holdir. Buxoroda saksontadan ortiq bunday obodonlashtirilgan hovuzlar bo’lib, shaharni ta’minlab turar edi. Ulardan eng mashhur bo’lgan hovuz Labi-hovuzdir.
Yirik poytaxt-markaz bo’lgan Buxoro shahri nafaqat o’zining masjidu madrasalari, maqbarayu-mozorlari bilan, balki saroylari, hashamatli uylar, karvon-saroylar, hammomlari va ko’p gumbazli savdo majmualari bilan ham mashhur edi. Shaharda ko’chalarning kesishuvida – guzarlarda qurilgan Toqi-Zargaron («Zargarlarning gumbazi»), Telpak-Furushon («Telpaklar sotuvchilarining gumbazi») va Toqi-Sarrofon («Pul almashtiruvchi sarroflarning gumbazi») saklangan, ular hozirgacha savdo rastalari sifatida ishlatilmoqda. Ularning birinchi qurilishi va ishlatilishidan nomlari ham dalolat bermoqda.
O’rta asrlarda Buxoro Markaziy Osiyodagi barcha musulmonlarning muqaddas shahri bo’lgan edi, bunda nafaqat diniy hurmat-e’tibor, balki estetik tuyg’ular ham ifodalanar edi. Buxoro shon-sharaf mujassam bo’lgan shahar deb hisoblanar edi, u yerda eng mashhur kishilar yig’ilar edi. Islomda Qur’ondan keyin ikkinchi o’rinda turgan diniy kitob – eng haqqoniy hadislarning to’plami bo’lgan «Al-jami as-sahih» ning muallifi Imom Al-Buxoriy edi. Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) shaharga yaqin bo’lgan qishloqdan kelib chiqqan edi, u shaharda o’z faoliyatini boshlagan. Islomda eng muqaddas shaxslardan biri shayx Bahovaddin Naqshband, so’filar ta’limotining asoschisi, buxorolik misgar edi. Shayxning go’rini ziyorat qilish Makkaga borib bajarilgan haj marosimiga tenglashtirilar edi. Bahovaddin Naqshbandning maqbarasi hozir ham shaharning eng muqaddas joyi deb hisoblanadi.
Buxorodan dunyoga taniqli bo’lgan tarixchi olim Narshaxiy, yirik shoirlar Rudakiy va Daqiqiylar kelib chiqqan. Lekin ayni shu shaharda, odamlarning gap-so’zlariga qaraganda xalqning sevimli namoyandasi, o’tkir so’zli «tinchlikni buzuvchi» latifago’y Xo’ja Nasriddin Afandi ham yashagan. Hazilkash donishmand Afandining latifalari va teran fikrlari son-sanoqsizdir.
Musulmon allomalari, mutafakkirlarining, me’morlarning va shoirlarning ko’p asrlik ijodiyoti tufayli shahar «Islom cho’qqisi», «Buxoroi Sharif», «Muqaddas shahar» faxrli unvonlariga musharraf bo’lgan. O’ylaymizki, Buxoro shahri haqiqatan ham bu unvonlarning barchasiga loyiq.
Shu bilan birga shahar zamonaviy sanoat va madaniyat markazidir. Unda zamonaviy qurilgan aeroport, oliy o’quv yurtlari, kollejlar, litseylar. Teatrlar, sport-sog’lomlashtirish inshootlari va markazlari ham mavjud.
Bu davrda o'rta asr me'morchiligining noyob durdonasi Ismoil Somoniy maqbarasi (892-943) qurildi. Maqbara keng o'lchamli, serjilo, devorlari hamon yangi qurilgandek taasurot qoldiradi. Somoniylar inqirozga uchragach, Qoraxoniylar, keyinchalik G'arbiy Qoraxoniylar davrida Buxoro shahar hayotida (XI—XIII asr) yana yangidan ko'tarilish davri yuz berdi. Bu jarayon birinchi navbatda shahar atrofidagi chegaralarda yaqqol ko'zga tashlanadi [8].
G'arbiy Qoraxoniy hoqonlardan Tamg'achxon Ibrohim (Bo'ri tegin) (1043 yil hokimiyatga kelgan) va uning o'g'li Shams al Mulk (1068—1080) davrida Buxoroda shifoxona, madrasa, saroy, masjid va boshqa binolar qurilgan hamda obodonchilik ishlariga alohida ahamiyat berilgan [10]. Narshahiyning «Buxoro tarixi» asarida yozilishicha, Shams Mulk shaharning Ibrohim darvozasi oldidagi yerda qariyb yarim farsang keladigan joyda go'zal bog'lar va podsholikka xos otlar uchun o'tloq joy barpo etib, uni Qo'riq deb ataydi. Qo'riqni baland devor bilan o'rab ichiga bir qasr va bir kaptarxona quradi. Qo'riq ichida bug'i, kiyik, tulki, ayiq kabi yovvoyi hayvonlar saqlangan [11]. Demak, shaharda "hayvonot bog'i" faoliyati yo'lga qo'yilgan, shu orqali tabiatni asrash tadbirlari ham amalga oshirilgan. Qoraxoniylarning mashhur hukmdori Arslonxon Muhammad (1102-1130) davrida shahar atrofini va arkni o'rab turgan devorlar ta'mirlanadi. Uning farmoni bilan shaharning Darvoza mahallasi oldida podsholikka xos saroy va hammom, masjid, 1127 yili esa Minorai Kalon quriladi [10]. Demak, G'arbiy Qoraxoniylar davrida Buxoro shahrining me'morchiligi va obodonchiligiga katta ahamiyat berilgan.
Rempelning yozishicha, rabodning 849-850 yillarda qurilgan devori 1139 yilda Xorazmshoh Sulton Takash tomonidan, 1143 yilda g'uziylar tomonidan vayron qilingan. Ammo keyinchalik Arslonxon Muhammad va Tamg'ach Ma'sudxon davrida (1165) devor tezda qayta tiklangan [8]. Tamg'ach Ma'sudxon davrida ark qal'asining tagi va minoralaridagi pishiq g'ishtlar buzib olinib, shahar devorlariga ishlatilgan. Hisor (qal'a) bir yo'la vayron bo'lgan va u qasrdan hech bir imorat va nishon qolmagan [11]. 1208 yili Buxoroni bosib olgan Muhammad Xorazmshoh rabod devorlarini tiklatdi, ammo 1220 yili Chingizxon bosqini vaqtida yana vayron bo'ldi. Bosqinni o'sha davrda yashagan muallif shunday ta'riflagan: "Omadand va kundand va so'xtand va kushtand va burdand va raftand" ("keldilar va yemirdilar, yondirdilar va o'ldirdilar, taladilar va ketdilar").
Buxoro shahri o'rta asr shaharsozligi eng yaxshi saqlangan tarixiy shahardir. Shaharning tarixiy qiyofasi shakllanishida Somoniy va Qoraxoniy hukmdorlarning xizmatlari katta bo'lgan. Buxoroning tarixiy markazidagi eng ulug'vor bo'lgan inshoatlar, jumladan Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon shu davrda qurilgan.
Shahar va unga yondosh hududlarda bog'-ekinzorlar, sug'orish kanallari barpo etilgan. Hukmdor saroylarining atrof yashil o'simliklar, mevali daraxtlar bilan o'rab olingan. Shaharda noyob jonivorlarni muhofaza qilish va tomoshabog' maqsadida hayvonot bog'i tashkil etilgan. Xullas, IX-XII asrlarda shaharsozlik shahar ekotizimini muhofaza qilish ishlari bilan hamohang olib borilgan.
Minorai kalon (Katta minora), Arslonxon minorasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Muxandis va meʼmor Baqo loyihasi asosida Arslonxon qurdirgan (1127). Minorai kalon oʻrnida avval ham minora boʻlgan, u qulab tushgach, hozirgisi mustahkam qilib qayta qurilgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Yer sathidan 9 m chu-qur, bal. 50,0 m, kursisi qirrador, tanasi gʻoʻlasimon, tepasi gumbazli davra qafasa-koʻshk bilan bogʻlangan. Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 pilpoya aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi kalon tomonidan minoraga oʻtiladigan koʻprikcha boʻlgan. Minorai kalonning oʻzagi ham, bezagi ham chorsi gʻisht (27x27x4x5 sm) ganchxok lo-yida terilgan. Bezak gishti oʻrniga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan. Ustma-ust joylashgan turli xil handasiy shakldagi bejirim bezakli halqalari gʻishtin dandanalar bilan hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi kufiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasiy shaklda bezatilgan (keyinchalik toʻkilib ketgan). Minorai kalon shu turdagi qad. inshootlar orasida alohida oʻrin tutadi. Shakllarning oʻzaro monandligi va mutanosibligi. handasiy uygʻunlik, ajoyib koʻrk va ma-hobatlilik Minorai kalonga chinakam goʻzallik bagʻishlaydi.
Tanasi va muqarnaslari taʼmir etilgan (1924). Yer ostidagi asosi (kursisi) usta Ochil Bobomurodov tomonidan ochib taʼmirlangan (1960). Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan Minorai kalonda taʼmirlash ishlari olib borildi (1997). Minorai kalon Buxoro shahrining noyob va qoʻhna yodgorlikdari qatoridan markaziy oʻrin egallagan.8
Xulosa Muhtaram yurtboshimiz O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidayoq "Noѐb tarixiy ѐdgorliklarni saqlash va tamirlash, o‘zbek xalqi yaratgan va milliy boylik bo‘lgan sanat asarlarini izlab topish, ularni O‘zbekistonga qaytarish manaviyat dasturimizning muhim bo‘lagini tashkil etadi. Bu milliy boylik bizga ota-bobolardan meros bo‘lib qolgan. Binobarin biz ham uni ko‘z qorchig‘iday asrab-avaylashimiz va farzandlarimizga meros qilib qoldirishimiz kerak", deb aytgan so‘zlari biz uchun dasturi amal bo‘ldi. 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida"gi qonuni soha ishida jahon andozalari talablariga mos qonuniy asosni yaratdi.
Hozirgi kunda Respublikamizda 10 mingdan ortiq moddiy madaniy meros obyektlari mavjud bo‘lib, shundan 7570 tasi davlat himoyasiga olingan, ular tarkibida 2330 ta memorchilik, 3945 ta arxeologiya, 1138 ta haykaltaroshlik va monumental sanat asarlari va 157 ta diqqatga sazovor joylar hamda 700 mingdan ortiq ko‘chma moddiy madaniy meros obyektlarini ko‘rish mumkin.
Aynan Istiqlol sharofati bilan 1991 yilda Xivadagi "Ichon qala", 1993 yida Buxoro shahrining tarixiy markazi, 2000 yilda Shahrisabzning Amir Temur va Temuriylar davri memorchilik obidalari, 2001 yilda Samarqand shahrining tarixiy ѐdgorliklari YUNESKOning "Butunjahon madaniy meroslari ro‘yxati"ga kiritildi.
Shu nuqtai nazardan oladigan bo‘lsak, Buxoro shahrining 2500 yillik, Xiva shahrining 2500 yillik, Shahrisabz shahrining 2700 yillik, Qarshining 2700 yillik, Marg‘ilonning 2000 yillik, Samarqand shahrining 2750 yillik, Toshkent shahrining 2200 yillik yubileylarini nishonlash va o‘tkazish arafasida ham yuzlab tarixiy obidalar, osori atiqalarga qaytadan jon va jilo kiritildi.
XXV asrdan ziѐd tarixga ega Buxoro jahon tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan ko‘hna va navqiron shaharlarimizdan biri. Qadimdan ilmu marifat, madaniyat maskani bo‘lgan bu go‘sha tarifi yetti iqlimga yoyilgan.
Mustaqillik yillarida Buxoro viloyatida ham ulkan o‘zgarishlar yuz berdi. Tub maqsadi inson manfaatlari ustuvorligiga qaratilgan ijtimoiyiqtisodiy islohotlar natijasida viloyatning sanoat salohiyati yuksaldi, aholining turmush sharoiti yaxshilanib, shahar va qishloqlar tobora chiroy ochaѐtir.
Xulosa qilib aytganda , Buxoroda o’rta asrlar davrida barpo etilgan muhtasham saroylar, diniy inshootlar madrasayu masjidlar, fuqaro turar joylarining qurilish uslublari Buxoro me’morlarining bebaho merosini o‘rganish tarixchilar zimmasidagi asosiy vazifalardan biridir. Buxoroning boy tarixiy –me’morchilik merosi ana shu qadimiy shahar tashqi qiyofasining o‘ziga xos rang –barangligi va betakrorligi unga jahonning mashhur shaharlaridan biri bo‘lish huquqini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |