Tekislikda to`G`ri burchakli koordinatalar sistemasi



Download 180 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi180 Kb.
#820495
Bog'liq
Tekislikda-togri-burchakli-koordinatalar-sistemasi


TEKISLIKDA TO`G`RI BURCHAKLI koordinatalar sistemasi
Tekislikda ikkita o`zaro perpendikular to`g`ri chiziq o`tkazamiz: biri — gorizontal, ikkinchisi — vertikal (1- rasm).

1 -rasm.
Ularning kesishish nuqtasini O harfi bilan belgilaymiz. Shu to`g`ri chiziqlarda yo`nalishlar tanlaymiz: gorizontal to`g`ri chiziqda chapdan o`ngga, vertikal to`g`ri chiziqda pastdan yuqoriga. Har bir to`g`ri chiziqda bir xil uzunlik birligini ajratamiz.

Bilib oling
Gorizontal to`g`ri chiziq Ox bilan belgilanadi va abssissalar o`qi deyiladi; vertikal to`g`ri chiziq Oy bilan belgilanadi va ordinatalar o`qi deyiladi. Abssissalar o`qini va ordinatalar o`qini koordinata o`qlari, ularning kesishish nuqtasini koordinatalar boshi deyiladi. Koordinatalar boshi har bir o`qdagi nol sonini tasvirlaydi.

Abssissalar o`qida musbat sonlar O  nuqtadan o`ngda joylashgan nuqtalar bilan, manfiy sonlar esa O  nuqtadan chapda joylashgan nuqtalar bilan tasvirlanadi. Ordinatalar o`qida musbat sonlar O nuqtadan yuqorida joylashgan nuqtalar bilan, manfiy sonlar esa O  nuqtadan pastda joylashgan nuqtalar bilan tasvirlanadi.
Bilib oling
Yo`nalishlar va uzunlik birligi tanlangan ikkita o`zaro perpendikular to`g`ri chiziq tekislikda to`g`ri burchakli koordinatalar sistemasini hosil qiladi. Koordinatalar sistemasi tanlangan tekislik koordinata tekisligi deyiladi. Koordinata o`qlari tashkil qilgan to`g`ri burchaklar koordinata burchaklari (kvadrantlar) deyiladi va 1- rasmda ko`rsatilgan tartibda raqamlanadi.

Aytaylik, M — koordinata tekisligining ixtiyoriy nuqtasi bo`lsin (2- rasm). 

2- rasm.
M nuqtadan abssissalar o`qiga perpendikular tushiramiz. 


XVII asrning taniqli matematigi 
Rene Dekart (1596—1650). 
Tekislikda to`g`ri burchakli koordinatalar sistemasidan 
foydalanish uning nomi bilan bog`liq. 

Shu perpendikularning asosi M nuqtaning abssissasi deb ataladigan biror x sonni tasvirlaydi. 


M nuqtadan ordinatalar o`qiga perpendikular tushiramiz. Shu perpendikularning asosi M nuqtaning ordinatasi deb ataladigan biror y sonni tasvirlaydi. 
M nuqtaning abssissasi va ordinatasi M nuqtaning koordinatalari deyiladi. M(x;y) yozuvi M nuqta x abssissaga va y ordinataga ega ekanini bildiradi. Bu holda M nuqta (x; y) koordinatalarga ega deb ham aytiladi. Masalan, M(3; 5) yozuvida 3 soni — abssissa, 5 soni — ordinata. 

Nuqtalarning koordinatalarini yozishda, sonlarning tartibi muhim ahamiyatga ega. Masalan, M1 (1; 2) va M2 (2; 1) nuqtalar tekislikdagi har xil nuqtalardir (3- rasm).

3-rasm.
Xususiy hollarni qaraymiz
Bilib oling
1. Agar nuqta abssissalar o`qida yotsa, u holda uning ordinatasi nolga teng bo`ladi. Masalan, A nuqta (4- rasm) (2; 0) koordinatalarga ega.
2. Agar nuqta ordinatalar o`qida yotsa, u holda uning abssissasi nolga teng bo`ladi. Masalan, B nuqta (4- rasm) (0; -2) koordinatalarga ega.
3. Koordinatalar boshining abssissasi va ordinatasi nolga teng: O (0; 0).


4-rasm.
Bilib oling
Koordinata tekisligining har bir M nuqtasiga (x; y) sonlar jufti — uning koordinatalari mos keladi va har bir (x; y) sonlar juftiga koordinata tekisligining koordinatalari (x; y) bo`lgan birgina M nuqtasi mos keladi.

Masala. M (-3; 2) nuqtani yasang. 
 Abssissalar o`qida -3 koordinatali nuqtani belgilaymiz va bu nuqta orqali shu o`qqa perpendikular o`tkazamiz. Ordinatalar o`qida koordinatasi 2 bo`lgan nuqtani belgilaymiz va u orqali ordinatalar o`qiga perpendikular o`tkazamiz. Shu perpendikularning kesishish nuqtasi izlanayotgan M nuqta bo`ladi (5- rasm).

5- rasm.





Download 180 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish