Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/118
Sana23.06.2022
Hajmi9,47 Mb.
#697157
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   118
Bog'liq
Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) маш улотла

 
 


~ 141 ~ 
Gazlamani bichish 
Andoza gazlamaning teskari tomoniga joylashtiriladi va bo`r 
(sovun, qalam) da ehtiyotkorlik bilan nechta bichish lozim bo`lsa, 
shuncha chizib chiqiladi. Juft detallar doimo «ko`zgu» qoidasi 
bo`yicha 
bichilishini 
unutmaslik 
kerak. 
Tukli, 
mo`ynali 
gazlamalarning tuk yo`nalishi andozada ko`rsatilgan strelka yo`nalishi 
bilan bir xil bo`lishiga alohida e‘tibor beriladi. Mo`ynadan tikiladigan 
o`yinchoq detallari, asosan, mo`yna qoldiqlaridan va laxtak 
bo`laklaridan bichiladi. Andoza detallarini bichishda eng avval katta 
detallar joylashtiriladi. Mo`yna bo`lagining bittasiga andoza sig`masa, 
ularni tolaviy tarkibi, tuzilishi, rangi va tuklari yo`nalishi bo`yicha 
to`g`rilab, ikki-uch bo`lagini birlashtirib tikib olinadi. 
Bichishda gazlama qalin-yupqaligiga qarab chok haqi tashlanadi. 
Drap, sukno, velyur kabi gazlamalarda chok haqi 0,5 sm gacha, yupqa 
gazlamadan (chit, satin) tikish uchun esa 0,5-1,0 sm chok haqi 
qoldiriladi. Barcha detallar chizib olinib, andozalardagi belgi chiziqlar 
tushirib olingach, yana bir tekshirib chiqiladi. Barcha jarayonlar 
to`g`ri bajarilgan bo`lsa, detallarni ehtiyotkorlik bilan qirqib olinadi. 
Eslatma: Mo`ynani kichik manikur qaychisida faqatgina gazlama 
asosidan, tukiga zarar yetkazmasdan bichish qulay; chok haqi 
ko`pincha 0,3-0,5 sm qoldiriladi. 
 
O`yinchoq tikishda ishlatiladigan chok turlari 
O`yinchoqning tashqi ko`rinishi, asosan, tikiladigan chok sifatiga 
bog`liq. Yumshoq o`yinchoq tayyorlashda gazlama turiga qarab qo`l 
va mashina choklaridan foydalanish mumkin. O`yinchoqlar tikishda 
to`g`ri chok, igna oldinlatilgan chok, yo`rma chok, qaviq chok, bosma 
chok, sirtmoqsimon choklardan foydalaniladi. 
2.18-chizma 


~ 142 ~ 
Bichiq detallarining ichki choklarini birlashtirish uchun igna 
oldinlatilgan chok turidan foydalaniladi (2.18-chizma, a). Chokni 
tortib, pishiq va mayda qaviq bilan tikiladi. Tikilgan bo`laklar 
chokning pishiqligini tekshirish uchun ularni har tomonga tortib 
ko`riladi; ular orasida teshiklar bo`lmasligi kerak. 
Sitiluvchan gazlamalarni birlashtirishda bezak choklari sifatida 
yo`rma qaviqdan foydalanish mumkin (2.18-chizma, b). Mo`ynali 
bo`laklarni birlashtirishda chekkalaridan aylantirib tikiladi (2.18-
chizma, d). 
Tikib tayyorlangan, o`ngiga ag`darilgan, ichi to`ldirilgan 
o`yinchoq bo`laklarini birlashtirishda ko`rinmas chok turidan 
foydalaniladi (2.19-chizma). 
O`yinchoqlar ichini to`ldirish uchun paxta, porolon, sintepon, 
sintepux kabi hajmli materiallardan foydalanish mumkin. Ushbu 
materiallarning ayrimlarida kamchiliklar bor. Porolon bir qancha vaqt 
o`tgach, bo`laklarga bo`linib ketib, zaharli moddalar chiqaradi. 
2.19-chizma
Paxta o`zining ekologik tozaligiga qaramay, vaqt o`tishi bilan 
yopishib qoladi va o`yinchoq tashqi ko`rinishini buzadi. Sintepux juda 
qulay-ku, ammo topilishi qiyinroq. Shuning uchun o`yinchoqlar ichini 
sintepon bilan to`ldirish tavsiya etiladi, ular qancha uzun va ingichka 
bo`lsa, shuncha yaxshi bo`ladi. O`yinchoq ichiga don-dun, plastmassa 
qirqimlari qoldiqlari kabi sochiluvchan materiallardan foydalanib 
to`ldirilsa, quvnoq va kulgili o`yinchoqlar hosil bo`ladi. 
Tayyor bo`lgan detalni o`ngiga ag`darib, qalam yoki tayoqcha 
yordamida, juda ham zichlamasdan, ammo bir tekis va do`mboqlarsiz 
to`ldiruvchi material bilan to`ldiriladi. Agar qo`l, oyoq kabi detallar 


~ 143 ~ 
ichida simlar bo`lsa, to`ldiruvchi material bilan to`ldirish vaqtida ular 
o`rtada qolib ketishi va detal yuziga chiqib qolmasligi kerak. 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish