Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/118
Sana23.06.2022
Hajmi9,47 Mb.
#697157
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118
Bog'liq
Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) маш улотла

 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 


~ 134 ~ 
1.
Gazlama qoldiqlaridan unumli foydalanishning ahamiyati 
nimalarda ko`rinadi? 
2.
Oshxona anjomlari turlarini sanab bering. 
3.
Oshxona uchun komplekt anjomlarini tayyorlash jarayonini 
izohlab bering. 
4.
Choynak g`ilofini tikish bosqichlari haqida ma‘lumot bering. 
5.
Gazlama qoldiqlaridan turli shakldagi qozon yoki choynak 
ushlagichni qanday tayyorlash mumkin ? 
6.
Stullarga ko`rpacha va g`iloflarni tikish jarayoni haqida 
mа‘lumot bering. 
5-LABORATORIYA ISHI 
 
APPLIKATSIYA TEXNIKASI 
Ishning maqsadi:
Applikatsiya tikish texnikasini o`rganish. 
Kerakli jihozlar: 
mato, gardish, qaychi, ip, igna, mato 
bo`laklarining har xil turlari va hokazo.
 
 
Applikatsiya texnikasi haqida nazariy ma‟lumotlar 
1.
Gazlama qoldiqlaridan applikatsiya tayyorlash. 
2.
Applikatsiya 
tikishda 
foydalaniladigan 
chok 
turlari. 
Kiyimlarni applikatsiya bilan bezash. 
Applikatsiya - lotincha so`z bo`lib, yopishtirish degan ma‘noni 
anglatadi, ya

ni bir material turini ikkinchisining ustiga qo`yib tikish 
yoki yopishtirishdir. Bunda biror ko`rinishda (syujet, o`simliklar, 
hayvonlar, geometrik shakllar va hokazo) ishlatiladigan materiallar 
xususiyatidan kelib chiqib, uni asosiy materialda tikish yoki 
yopishtirish mumkin. 
Applikatsiya kuyimlarni, turli buyumlarni va xona jihozlarini 
bezashda, ko`rgazma materiallarni tayyorlashda qo`llaniladigan 
qadimiy amaliy san‘at turlaridan hisoblanadi. Applikatsiyada kiyim 
kechak va ro`zg`or buyumlarini bezash uchun gazlama, drap, charm, 
mo`yna parchalaridan foydalaniladi, ya‘ni ularni bezak bo`yicha 
asosiy gazlamaga qoplab, turli choklar: tekis chok, petlya chok, popop 
chok va hokazolar bilah chatib qo`yiladi. Gazlamalarning turli – 
tumanligi, ularning rangi fakturasi qiziqarli va antiqa pannolar 
yaratishga yordam beradi. Applikatsiya bilan tikilgan buyumlar 


~ 135 ~ 
alohida dekorativ xarakterda bo`lib, zamonaviy inter‘yerga juda mos 
tushadi. 
Applikatsiya ishlarini mashinada yoki qo`lda bajarish mumkin. 
Qo`lda applikatsiya ishlarini bajarish uchun juda oddiy asboblar kerak 
bo`ladi. Bular: igna, angishvona, qaychi, santimetr lentasi, gardish, 
bundan tashqari, millimetrlardan qog`oz, kalka, ko`chirish rangli 
qog`oz. 
Applikatsiyani bajarishda turli xil rangdagi va sifatdagi iplardan, 
ya`ni 40 va 50-raqamli g`altak iplardan tortib, jun va mulina 
iplarigacha foydalaniladi. Bunday ip turlaridan ko`p miqdorda to`plab 
qo`ygan ma`qul. Chunki bajarilayotgan bitta applikatsiya uchun bir 
necha xil rangdagi ipdan bir vaqtning o`zida kerak bo`lishi mumkin. 
Shuningdek, applikatsiyani tikish jarayonida 2-3 xil o`lchamdagi 
o`tkir qaychilar, yupqa gazlamalar va qiyqimlarni bichish uchun, og`ir 
qaychilar esa qalin va zich gazlamalarini bichish uchun kerak bo`ladi. 
Applikatsiyani yupqa chit, satin, shoyi va boshqa gazlamalardan 
tikishdan oldin gazlamalarni kraxmallab, yaxshilab dazmollanadi. 
Gazlamani kraxmallash quyidagicha bajariladi. 
Bir osh qoshiqdagi kraxmalni uncha ko`p bo`lmagan sovuq suvda 
eritiladi. Hosil qilingan massaga bir litr qaynagan suv asta-sekin 
qo`shiladi, bundan massa bir tekis bo`tqa (yelim) shakliga kelishi 
kerak. Olingan yelim tiniq, shaffof va yopishqoq bo`lishi kerak. 
Agarda yelim loyqa va yopishqoq bo`lsa, bo`tqа (yelim)ni 3 daqiqa 
davomida past olovda qaynatish zarur. 
Shundan so`ng yelimni oz miqdordagi sovuq suvga qo`shib 
aralashtiriladi va unga kraxmallanadigan hamda oldindan yulib 
olingan gazlama bo`lagi ham solinadi. Gazlama siqiladi va quritiladi. 
qurigan gazlamani bir oz namlab dazmollash kerak. Kraxmallangan 
gazlamalar baland bo`lmagan haroratda dazmollangani ma`qul. 
Applikatsiyaning alohida predmetli, butun bir mavzuli va 
dekorativ naqshli turlari bo`ladi. Predmetli applikatsiyada bironta 
hayvon, gul, qush, barg, uy, mashina va hokazo kabi narsalar 
tasvirlansa, mavzuli applikatsiyada ma`lum bir sharoit, ya`ni joy-
bayram ko`rinishi, tabiat manzarasi tasvirlanadi. Dekorativ naqshli 
applikatsiya xayoliy, noan`anaviy shakllardan iborat bo`ladi. 
Applikatsiyalar oddiy va murakkab turlarga bo`linadi. Shuningdek, 
applikatsiyani bajarishda bir xildagi necha turdagi gazlama 
bo`laklaridan foydalanish mumkin. 


~ 136 ~ 
Ko`chirish rangli qog`ozi yordamida butun bezak asosiy 
gazlamaga, uning detallari esa tayyorlangan gazlama parchasiga 
tushiriladi. Bezak detallarni qirqib olinib, detallarning chetki 
qirqimlari bo`ylab asosiy gazlamaga shu gazlama rangidagi mulina 
yoki oddiy ipda igna oldinlatilgan chok hamda mayda qaviq bilan 
ilintirib ko`klab chiqiladi. Bunda detallardagi gazlama ipining 
yo`nalishi asosiy gazlama ipining yo`nalishiga to`g`ri kelishiga 
ahamiyat beriladi. Keyin bu detallar chetini igna oldinlatilgan chok 
qaviqlarini yopib turadigan qilib, asosiy gazlamaga tekis chok 
qaviqlari petlya chok yoki popop chok bilan tikib chiqiladi. 
Gazlama parchalaridan kvadrat, to`g`ri to`rtburchak, doira, yarim 
doira shaklida qirqib olib, petlya choк bilan tikib, poyandoz bilan 
yostig`iga jild, yopinchiq, sumka va boshqa buyumlar yasash mumkin. 
Bu usulda kalta kelib qolgan yubka yoki ko`ylakni bezab uzaytirsa 
ham bo`ladi. Bunday buyumlarni tikish uchun eskirgan pal'to yoki 
kostyum gazlamalarini ishlatish ham mumkin. Applikatsiya ishlarini 
qo`lda yoki mashinada bajarish mumkin. Qo`lda bajarilganda bezak 
detallarni bichish jarayonida hech qanday chok haqlar qoldirilmaydi. 
Chunki bezak detalining chetki qirqimlari bo`ylab turli choklarda 
asosiy gazlamaga yopishtirib tikiladi. 
Gulli applikatsiya 


~ 137 ~ 
Bir dona gulning teng miqdordagi bo`lg`usi gulbarglarni yasash 
uchun siz matodan bir nechta doirachalarni kesib olishingiz kerak 
bo`ladi. 
Agar siz foydalanayotgan mato sochilib ketaversa yaxshisi uning 
chetlarini qayta ishlash kerak. 
Har bir aylanani 4 ga bo`lib yoy shakli hosil bo`lgach, igna va ip 
yordamida tikib chiqamiz. 
1-
gulbargni shu tarzda hosil qilib, ishni 2-gulbarg bilan davom 
ettiramiz. 
Ammo gulbarglarni hozircha ipga tizmay turing. 
Gulning o`rtasida yopish kerak bo`lgan teshik hosil bo`ladi. Bu 
yerga tugma katta munchoq, ortgan mato bilan o`ralgan karton, 
popukcha, feliting texnikasi asosida yoki paxta bo`lagi yordamida 
matoga o`rab tayyorlangan sharcha tikib qo`yish mumkin. 


~ 138 ~ 
Barglarni yashil matodan yasash maqsadga muvofiq bo`ladi. Shu 
bilan gulni o`rnatish kerak, xolos. Mana shu tarzda g`oya hayotda o`z 
aksini topadi. 
Siz gul yasash usulini tushunib olib, o`zingiz istaganingizcha 
matodan yasaladigan gullarni ixtiro qilishingiz mumkin. 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish