2. Mobil ta’lim va uning boshqa ta’lim turlaridan farqli jihatlari
Bugungi kunda yer kurrasida shaxsiy va portativ kompyuterlarga nisbatan mobil texnologiyalar orqali internetga ulanish bir necha barobar oshib ketdi (The Economist, 2012). Jumladan mobil internet trafigi (Meeker, 2014) butun dunyo internet trafigining 25 % tashkil etmoqda. Rivojlangan mamlakatlardagi statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu qurilmalar aksariyat holatlarda intellektual tizim tashkil etuvchisi hisoblanmish smartfon yoki planshetlardir. Mobil qurilmalar imkoniyati nafaqat qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar almashish uchun balki undan kengroq vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. Bugungi kunda bu qurilmalar ko‘pgina foydalanuvchilar uchun axborot olish, bilimlarni shakllantirish, fikr almashish imkoniyatlarini taqdim etmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda biz mobil ta’lim yoki m-learning haqida ko‘p va juda ko‘p marotaba eshitmoqdamiz. Nima uchun aynan m-learning? Uning qanday imkoniyatlari bor? U qanday amalga oshiriladi? Uning qanday kamchiliklari bor? Ushbu bobda mana shu savollarga javob berishga harakat qilamiz.
Tanqidiy savollar: Mobil ta’lim nima va uning boshqa ta’lim turlaridan farqi nimada? Mobil ta’limning potensial imkoniyati va foydalari nimada? Mobil ta’lim sinfda va sinfdan tashqarida qay tarzda amalga oshiriladi? Mobil ta’limning qanday nuqsonlari bor va ularni qay jihatlarini ko‘rib chiqish zarur?
Portativ qurilma va mobil qurilmalarning farqli jihatlari shundan iboratki, portativ qurilmalarda qoidaga ko‘ra qurilmaning quvvati A nuqtada tugasa yoki u o‘chirilsa uni faqat B nuqtaga ko‘chirganda ishga tushirish mumkin. Mobil qurilmalarda esa A va B nuqtalarning orasida istalgan nuqtada qurilmadan foydalanish imkoniyati mavjud (Puentedura, 2012).
Mobil telefonlar - oddiy mobil telefondan tortib to smartfongacha mobil operatsion tizimlar asosida ishlaydi va mobil qurilmalar tarkibiga kiritiladi, noutbuklar esa bundan mustasno.
Mobil qurilmalar tarkibiga bugungi kunda yo‘qolib borayotgan (cho‘ntak shaxsiy kompyuteri) va MP3 pleer kabi eski qurilmalar hamda fitnes-grupp, smartwatches i smart-ko‘zoynaklar kabi yangi qurilmalar kiradi.
Rivojlangan davlatlarda mobil qurilma va telefon egalarining soni jadal tarzda ortib bormoqda. Ko‘pgina ta’lim muassasalari ta’limning BYOD (Bring Your Own Device-O‘z qurilmangni olib kel) uslubiga o‘tmoqda. Mazkur uslub ta’lim muassasini kompyuter qurilmalari bilan jihozlash xarajatlarini kamaytirishga sabab bo‘ladi, chunki mobil qurilma egalari o‘z qurilmalarini, muassasa kompyuter jihozlarini yangilashiga nisbatan tezroq yangi modelga almashtiradi.
M-learning shunday ta’lim turiki ushbu ta’lim mobil qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Bu birinchi navbatda mobillik prinsipiga asoslangan bo‘lib, boshqa ta’lim turlari va e-learning ga nisbatan m-learning aniq qayd etilgan joyda amalga oshirilmaydi.
Lekin bugungi kunda mobillik prinsipi uchta darajada qo‘llaniladi va ta’limning har bir yangi darajasida ahamiyati oshib bormoqda.
Birinchi darajada faqat qurilmalar mobil hisoblanadi, (aslida ular joyidan qo‘zg‘ala oladigan qurilmalar xolos) va bu jarayon ishtirokchilar, ta’lim oluvchilar va ta’lim mazmuni statik hisoblanadi.
Misol uchun, maktab yoki ta’lim muassasasi bitta sinfga mo‘ljallangan noutbuklarni sotib oldi, mazkur qurilmalar sinfdan sinfga ko‘cha oladi, lekin ta’lim beruvchi pedagog ularni xuddi statsionar kompyuter oldida o‘tirgan o‘quvchiday qayd etadigan tizim orqali boshqaradi. Mobil qurilmalarni bu tarzda ishlatilishi ma’lumotni uzatishning ierarxik prinsipiga asoslanadi. Lekin bunday ish prinsipini ba’zi aloqa operatorlari qo‘llab quvvatlamaydi.
Ikkinchi darajada esa, qurilma va ishtirokchilar mobil. Lekin ta’lim mazmuni statik hisoblanadi. Masalan o‘qituvchi, jarayon ishtirokchilaridan web brauzer yordamida Internetdan ma’lumot qidirishni iltimos qildi, ular ma’lum axborotni topishganidan keyin xona bo‘ylab harakatlanib topilgan axborotni jarayonning boshqa ishtirokchilari bilan fikr almashadi. Mobillikning mazkur turi hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi, lekin ta’lim mazmuni mobil tarzda emas, shu holat istalgan tizimda yoki istalgan muhitda xuddi shu trazda kechishi mumkin va bunda hech bir element o‘zgarmas bo‘ladi.
Uchinchi darajada qurilma, ta’lim jarayoni ishtirokchilari va ta’lim mazmuni mobil hisoblanadi. Masalan, o‘qituvchi ishtirokchilardan xonani tark etib yaqin atrofda joylashgan tarixiy obidalarni aniqlash va ularni tasvirga olish, ular haqida ma’lumot to‘plash va internet orqali fikr almashish, ma’lumotlar bilan bo‘lishishga topshiriq beradi. Bu holatda ta’lim mazmuni mobil hisoblanadi.
Shunday qilib mobil ta’limning birinchi darajasi odatda ma’lumot uzatish yoki ierarxik uslubga bo‘ysunadi, ikkinchi daraja esa birinchi darajani to‘ldiradi va qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Uchinchi daraja esa ikkinchi darajani to‘liq qoplaydi va pedagogik faoliyatda ta’lim maqsadiga eriishishning eng muhim va mukammal uslublaridan biriga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |