1-jadval3.Hamkorlikda o‘qitish uchun ijtimoiy mediadan samarali foydalanish
(adapted from Henderson, Snyder & Beale, 2013)
Yangi imkoniyatlarni beruvchi o‘qitishni tashkil etish ijtimoiy mediadan foydalanish zarurmi?
Ta’lim jarayonida ijtimoiy medianing unikal imkoniyatlaridan foydalanish ta’lim oluvchilarga qulayliklar beruvchi yangi bosqichga olib chiqadi.
Yangi imkoniyatlar o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: - tashqi ekspertlar bilan aloqa qilish imkoniyatlari
ota-ona yoki jamoa kabi o‘qituvchilar auditoriyasi
ta’lim muassasasidan tashqarida shu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ta’lim oluvchilar va pedagoglar bilan aloqa qilish imkoniyatlari - guruhda boshqalar bilan hamkorlikda ish yuritish
yo‘llari
nafaqat faol balki barcha ta’lim oluvchilarni qatnashishini ta’minlash
usullari
pedagog va ta’lim
oluvchilarning o‘z vaqtida teskari aloqa o‘rnatish
imkoniyatlari
Tinglovchi va
ta’lim oluvchilar ijtimoiy media tarmoqda hamkorlikda
ishlash uchun tayyormi?
Hamkorlikda ishlashda muvaffaqiyatga erishish uchun puxta tayyorgarlik kerak.
Puxta tayyorgarlik o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
- barcha ta’lim oluvchilar
va tinglovchilarga hamkorlikda ishlash maqsadi va uning imkoniyatlari haqida tushuntirish
- ta’lim oluvchi va
tinglovchilar hamkorlikda
ishlashlari uchun ishlab
chiqilgan jarayonlar
kichik guruhlarda o‘zaro hamkorlikda ishlashni
mustahkamlash
o‘zaro aloqani o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinishi hamkorlikni xavf xatarsiz tashkil etilishini
ta’minlaydi
Ijtimoiy tarmoq orqali yoritiladigan mavzular ta’lim maqsadiga mosmi?
Ijtimoiy mediadan ta’limda foydalanish faoliyatni mukammal loyihalashni talab etadi.
Ijtimoiy mediadan samarali foydalanish uchun:
o‘quv rejalar bilan aniq bog‘lash va baholash haqida aniq ko‘rsatmalarni qayd etish
ta’lim maqsadiga
erishish uchun samarali va
to‘g‘ri texnologiyalarni tanlash
hamkorlikda ishlash
imkoniyatlarining mavjudligi
ta’lim oluvchilar tomonidan bajarilgan ishlarni saqlash
pedagoglar uchun doimiy tarzda teskari aloqani
o‘rnatish imkoniyati
faoliyatni uzaytirish
Xulosa qilib aytganda:
Ijtimoiy medialar ijtimoiy hamkorlikni qo‘llab quvvatlashda, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda foydali;
Ijtimoiy media vositalari yordamida o‘rganiladigan mavzu yuzasidan yangi auditoriyani jalb etish, yangi muammolarni hal etish, hamkorlikda ishlashning yangi usullaridan bahramand bo‘lish mumkin;
Ijtimoiy media vositalaridan ta’lim jarayonida foydalanishda, jarayon ishtirokchilari bilim, ko‘nikma va malakalari yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash;
Ijtimoiy media ijtimoiy bilim bermaydi;
Ijtimoiy media vositalari yordamida taqdim etiladigan o‘quvuslubiy materiallar ta’lim olvuchilarga ishlov berilmagan tarzda emas, balki o‘quv maqsadiga erishi yo‘lida puxta ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak;
Ijtimoiy media tarmoqlardan pedagogik faoliyatda foydalanilganda, mualliflik huquqlarining buzilishi, kasbiy etikaga rioya qilmaslik va shu kabi huquqiy muammolarning yuzaga kelish xavfining oldini olish kerak;
Mazkur xulosalarga rioya qilish ta’lim jarayoni ishtirokchilarini nafaqat uzluksiz ta’limga tayyorlash, balki ommaviy axborot vositalarida duch keladigan yopiq xavflarning oldini olish va kasbiy faoliyat doirasida etik prinsiplarga rioya qilish imkoniyatini beradi.