1. Ijtimoiy mediadan ta’lim jarayonida foydalanish
I jtimoiy tarmoqlar (misol uchun, bloglar Twitter Utube va ijtimoiy tarmoqlar) ta’lim oluvchilar uchun o‘qish va o‘rganishga qulay imokniyatlarni yaratadi.
Mazkur tarmoqlarning qulayliklari va afzalliklari bilan birga ular tomonidan yuzaga keladigan yoki ular vositasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan
xavfli vaziyatlar ta’lim muassasalari misolida tadqiqotlar olib borilmagan. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlarning potensiali ta’lim oluvchilarning hohishlari va jismoniy imkoniyatlariga asoslangan bo‘ladi, lekin mazkur masala tanqidiy nuqtai nazardan to‘liq tadqiq etilmagan. Shu bilan birga ushbu texnologiyalar kasbiy faoliyat doirasida, ommaviy axborot va ijtimoiy sohalarda axborot xavfsizligi borasida muammolarni yuzaga keltiradi. Xususan tarmoqdan foydalanuvchilarga nisbatan tazyiq o‘tkazish va noto‘g‘ri axborot taqdim etish xavflarini yuzaga keltiradi.
Mazkur tarmoqlardan pedagogik faoliyatda foydalanilganda, mualliflik huquqlarining buzilishi, kasbiy etikaga rioya etmaslik va shu kabi huquqiy muammolarning yuzaga kelish xavfi ham mavjud.
Mazkur bobda (a) ijtimoiy media va ijtimoiy tarmoqlar tasnifi, (b) tarmoqlarning potensial imkoniyatlari zamirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli holatlarni tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rish, (s) ijtimoiy media tarmoqlardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish uchun qo‘yiladigan talablar, (g) ijtimoiy media tarmoqlarni sinfga olib kirishdan oldin va keyin qarab chiqiladigan qator masalalarni belgilab olish haqida suhbat yuritiladi.
Tanqidiy savollar: Ta’lim sifatini oshirish uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish zarurmi? Pedagoglarda ijtimoiy media tarmoqlar imkoniyatlaridan dars jarayonida foydalanish uchun me’yoriyhuquqiy asos bormi? Mazkur tarmoqlarni ta’lim jarayoniga tadbiq etishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar boshqariladimi?
Ijtimoiy media va ijtimoiy tarmoqlar tasnifi. Aslini olganda ijtimoiy mediani tavsiflovchi umumiy ta’rif mavjud emas. Mazkur holat texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasi desa ham bo‘ladi. Mazkur atamaga aniqlik yoki tavsif berishda ijtimoiy media atamasini, Web 2.0, ijtimoiy tarmoqlar, ijtimoiy dasturiy ta’minotlar va internet kabi atamalar bilan o‘zaro almashtirish mumkin. Shunga qaramasdan bu atamalar sinonim hisoblanmaydi va har bir atama alohida o‘ziga xos ahamiyatga ega. Mazkur bob mazmunini to‘liqroq yoritish uchun, ijtimoiy media atamasi foydalanuvchilar tomonidan internet sarhadida yaratiladigan va o‘zaro foydalanish imkoniyatlarini beradigan kontent shakllantiruvchi dasturiy ta’minot sifatida qaraladi. Mazkur dasturiy ta’minotlar o‘z ichiga ijtimoiy tarmoqlar (masalan, Facebook), bloglar (masalan, Blogspot), mikrobloglar (masalan, Twitter), viki (masalan, wiktionary.org), forumlar (masalan, minecraftforum.net), video almashuv (masalan, YouTube), tasvirlardan hamkorlikda foydalanish (masalan, Flickr), virtual muhit (masalan, SecondLife) va bir qanqa ko‘pfoydalanuvchili o‘yinlar (masalan, World Of Warcraft)ni qamrab oladi.
Mazkur ijtimoiy tarmoqlar va dasturiy ta’minotlar foydalanuvchilarga o‘zaro hamkorlikda va bir vaqtning o‘zida ishlashlari uchun imkoniyat yaratadi va shu sohadagi jamoaviy hamkorlikni rivojlantiradi. (Anderson, 2007, 14bet).
Ijtimoiy tarmoq servislari (masalan, Facebook servisi) ijtimoiy medianing bir qismi hisoblanadi. Ular, asosan tarmoq a’zolari o‘rtasida axborot almashinuvi va hamkorlikdagi harakatlarni amalga oshirishga mo‘ljalangan.
Mazkur ijtimoiy tarmoq servislari (SNS) tarmoq ishtirokchilari o‘rtasidagi bog‘lanish turi va jamoaviy (masalan, “Do‘stlashuv”) tarmoq yaratish uslubiga bog‘liq holda axborot almashinuvi yoki hamkorlikdagi foydalanish imkoniyatlarini beradi. Tarmoqda ma’lum xizmat turlarini taklif etgan dasturiy ta’minotlar vaqt o‘tishi bilan imkoniyatlarini kengaytirdi va bugungi kunda ularni dasturiy ta’minot yoki tarmoq deb atash juda mushkul. Masalan, YouTube tarmog‘i birinchi marta ishga tushgan vaqtlarida faqatgina video fayllarni yuklash imkoniyati bo‘lgan, bugungi kunda esa ushbu tarmoqda foydalanuvchilar o‘zining profilini yaratishi va o‘z a’zolariga ega bo‘lishi va shu profil doirasida qisqa axborotlar almashish imokniyatlariga ega bo‘lishi mumkin. Bu holat texnologiya evolyutsiyasining yorqin misoli bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |