International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS
31
http://interonconf.com
Shunday ekan, yevroobligatsiyalarni jalb qilish va undan samarali foydalanish moliya
bozorining rivojlanishi uchun xizmat qiladi va biz bundan to’g’ri foydalanishimiz lozim.
Bizning oldimizda turgan asosiy muammo esa xalqimizda jamg’armalaridan samarali
foydalanishiga va qanday yo’naltirishi lozimligiga imkoniyatlar yaratishdir.
Hozirgi zamon iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga qarab, mamlakatiqtisodiyotning
"ahvoli" haqida fikr yuritish mumkin, chunki moliya bozoriga ta’sir ko’rsatib, jamiyatning
iqtisodiy faoliyatini boshqarish mumkin. Shuning uchun bozorini rivojlantirish bugungi kunda
iqtisodiyotimizdagi muhim vazifalardan biridir. Shuningdek, mamlakatimiz fond bozorini
yanada rivojlantirish va barqarorlashtirishda tijorat bank investitsiyalaridan foydalanish
maqsadga muofiqdir:
- fond bozorida banklar tomonidan qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan
operatsiyalar bo’yicha soliq mexanizmida birmuncha yengilliklar va imtiyozlar joriy etilishi
lozim;
- birja savdolarida sotiladigan moliyaviy instrumentlar sonini ko’paytirish, ya’ni
moliyaviy fyuchers, opsion, depozitar tilxatlar va ipoteka obligatsiyalarini joriy etish.
Bu holat qimmatli qog’ozlar bozorida banklarning faollashuviga va aylanmasining
oshishiga olib keladi;
- Respublika tijorat banklarining qimmatli qog’ozlarini xalqaro fond birjalarida sotishni
ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish lozim.
Yuqorida sanab o’tilgan chora-tadbirlarning o’z vaqtida amalga oshirilishi respublika
banklari raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilib, ularning nafaqat milliy fond bozorida
ivestitsion faolligi oshishiga, xalqaro kapital bozorida ham faol ishtirokchiga aylanishiga
imkon beradi, O’zbekistonda investitsiya muhitining yanada qulayroq bo’lishiga olib keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Shernayev A.A, Qalandarov Z.I. Strategik rivojlanish sharoitida mahalliy byudjetlar
daromadlarini takomillashtirish yo‘nalishlari. // «Студенческий
вестник»: научный журнал. – № 20(165). Часть 14. Москва, Изд. «Интернаука», 2021. –
с.74-76
2. Shernayev A.A, Qalandarov Z.I. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda mahalliy
byudjetlarning rolini oshirish masalalari // «Интернаука»: научный
журнал-№ 20(196). Часть 7. Москва, изд. «Интернаука», 2021. - с. 58-60
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasining ilk suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lardan
samarali foydalanish to‘g‘risida” PQ-4258-sonli Qarori.
4.
I.f.d.,
prof.
S.E.Elmirzayev,
M.N.Raxmedova,
H.Xoliqov
“Suveren
yevroobligatsiyalardan tushgan mablag‘larning qayta taqsimlanishi va ularning
samaradorligi” “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. № 3, iyun, 2020
Do'stlaringiz bilan baham: |