International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS
127
http://interonconf.com
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING O’RNI
Xatamov Firdavs Zafar o’g’li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
Annotatsiya:
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va ishlab chiqarishda
innovatsiyalarni joriy etish hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida makroiqtisodiy barqarorlik va
iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlashda investisiyalar, shu jumladan, xorijiy
investisiyalar muhim o‘rin tutadi. Investisiyalarga e’tiborning kuchayishi bugungi kunga kelib,
mamlakatimizdagi investision faoliyat rivojlantirilishiga olib keldi.
Kalit so‘zlar:
Davlat dasturi, xorijiy investisiyalar, milliy iqtisodiyot, innovatsiyalar,
samaradorlik, byudjet, moliya, investorlar.
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy
iqtisodiyotni rivojlantirishning o’ziga xos yo’nalishini belgilab oldi. U iqtisodiyotning
rivojlanishi va barqarorligida investitsiyalarning beqiyos o’rin tutishini o’z vaqtida to’g’ri
anglab yetganligining natijasida investitsiyalarga, xususan, chet el investitsiyalariga bo’lgan
e’tiborning
kuchayishi yuz berdiki, bu esa bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi
investitsiya faoliyatining rivojlantirilishiga olib keldi. Bugungi kunda rivojlangan
ivestitsion faoliyatning yo’lga qo’yilishini hukumatimizning yuritayotgan oqilona
investitsiya siyosatining mahsuli ekanligini ta’kidlash lozim.
Xorijiy
investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el
investitsiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga
oshirish
va uni modernizatsiya qilish, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta
jihozlash hamda raqobatdosh mahsulotni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin
emas.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi uning iqtisodiy
imkoniyatlarining
kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat va
rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiya, eksportbop tovarlarni o’zlashtirish,
ularni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta’minlashda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Investision faoliyatda erishilgan aniq yutuq va muvaffaqiyatlarning
keng va atroflicha
tahlili, shu asosdagi muhim amaliy xulosalar, kelgusida e’tibor qaratishimiz lozim bo‘lgan eng
dolzarb masalalar orasida mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari va rivojlanish
dasturlarini belgilashda, albatta, asosiy e’tibor xorijiy investisiyalarga qaratilayotganligini
ta’kidlash kerak. Investision jozibadorlikni oshirish orqali quyidagilarga erishish mumkin: