VI. Darsni yakunlash. Topshiriqlar bo’yicha guruhlar yiqqan ballar umumlashtiriladi va g’olib guruh aniqlanadi. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
VII. Uyga vazifa berish. Mavzuni uyda o’qib, tayyorlanish va mavzu bo’yicha savollarga javob berish.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Malaka ishimiz yakunida xulosa sifatida quyidagi fikrlarni taqdietmoqchimiz: boshlang’ich sinf «Tabiatshunoslik» darslarini yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish muammosini tadqiq etishga yo’naltirilgan tadqiqotlarning mavjud holatini o’rganish va tadqiqot doirasida amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatning mohiyatini oydinlashtirish, o’quvchilarning nazariy bilimi, amaliy ko’nikma va malakalarini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich ta’lim «Tabiatshunoslik» o’quv fanlari mazmunida darslarni noan’anaviy shaklda tashkil etish, o’quvchilarning nazariy bilish va amaliy ko’nikmalarini shakllantirishga imkon beruvchi topshiriqlarning o’z aksini topishini ta’minlash zarur; boshlang’ich sinf o’quvchilarda tabiatni bilishga bo’lgan qiziqishni shakllantirishga oid interfaol metodlardan foydalanishga oid metodik tavsiyalarning chop etilishiga erishish maqsadga muvofiq.
Innovatsion texnologiyalar bilan bir vaqtda ta'lim integratsiyasining darslarda keng yo'lga qo'yilishi ham muhim ahamaiyat kasb etadi. Chunki, ta'lim samaradorligini oshirish , avvalo, o'quvchining faqat bir soha yo'nalishida emas, barcha fanlar sohasida ma'lum bir bilimlar bilan qurollanganligiga bog'liq. Bu vazifani amalga oshirishimizda, albatta, bizga integratsiya ya'ni fanlararo aloqa yoradm beradi. Hozirgi kunda afsuski, bu jarayonga ko'p ham e'tibor berilmayapti. Ayniqsa, tabiatshunoslik, odobnoma, tasviriy san'at darslarida. Ushbu darslarida o'quvchilar faqat shu fan yuzasidan mashg'ulot bajarishi hollari kuzatilmoqda. Agar biz o'qituvchilar dars jarayonida, masalan, tabiat darslaridagi keskursiya darslarida bolalarga rasm chizdirsak, ertak o'qib bersak yoki ma'lum bir narsalarning hisobini topishni vazifa qilib bersak. Biz birgina ekskursiya orqali o'quvchilarda ham tabiatshunoslik, ham matematika, ham o'qish va tasviriy san'at fanlaridan bilimlarini mustahkamlagan bo'lamiz. Bu masala ham bugungi kundagi dolzarb muammolardan biridir. O'qituvchi ijodkor, uzoqni ko'ra oladigan qobiliyat egasi bo'lsagina, shu qobiliyatlarni o'zida rivojlantirsagina fanlararo integratsiyani to'g'ri va samarali tashkil qila oladi.
Zamonaviy tabiatshunoslik sohasidagi eng asosiy hal qilinishi juda ham muhim bo'lgan muammolardan biri - bu moddiy baza yetishmasligi, ta'minoti masalasi.
Har bir yuzasidan o'quvchilarda boy tasavvur hosil bo'lishi uchun dars mashg'ulotlari boy ko'rgazmalar va predmaetlarga ega bo'lmog'i lozim. Ayniqsa, bu xusisiyatga egalik ,,Tabiatshunoslik" va ,,Atrofimizdagi olam" fanlari uchun zarur. Lekin afsuski, barcha maktablarda ham moddiy baza bilan ta'minlanganligi darajasi a'lo darjada emas. Bunday jarayondan o'quvchilarning tasavvur boyligini, mavzu yuzasidan to'liq tushunchasini shakllantirish mushkul. Chunki boshlang'ich sinf yoshidagi o'quvchilar ,asosan, ko'rgazmalilik, ko'rib idrok etish orqali dars haqida chuqur bilimga ega bo'ladilar. Mazkur muammo hal etish uchun bizning fikrimizcha, har bir boshlang'ich sinf o'qituvchilar, maktab direktorlari, xalq ta'lim bo'lim muassalari xodimlari e'tiborli yondashuv asosida ish olib borishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |