Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


II. FK-fanga oid kompetentsiyalar



Download 217 Kb.
bet16/24
Sana23.06.2021
Hajmi217 Kb.
#99375
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Abduxalilova Muqaddas malaka ishi

II. FK-fanga oid kompetentsiyalar

  1. FK1-tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi;

  2. FK2- geografik ob'ektlar, joy nomlarini to'g'ri qo'llay olish kompetentsiyasi;

  3. FK3-globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi;

  4. FK4-tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetentsiyasi.



II BOB. TABIATSHUNOSLIK O’QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY MUAMMOLAR

2.1. Tabiatshunoslik fanini o’qitishda integratsiya va pedagogik innovatsiyaning tashkil etilishidagi muammo

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini pedagogik ta’lim jarayonlariga joriy qilish o’quvchi shaxsining fikrlashi, optimal qaror qabul qilish malakasi, kommunikativ qobiliyatlari, estetik tarbiyasi, kasbiy malaka va ko’nikmalari, axborot olish madaniyati rivojlanishini ta’minlaydi. Hozirda ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida jihozlanishi pedagoglarning o’z mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuvlarni talab etadi. Ularning joriy etilishi pedagogni o’quv jarayonida ta’lim vositalari asosida faoliyat doirasining cheklanishiga emas, balki uning vazifalari va rolining o’zgarishi, pedagogik faoliyat mukammalashuviga olib keladi. Innovatsiya (inglizcha innovatio so’zidan olingan) – yangilik yaratish, yangilik demakdir. Demak, an’anaviy ta’limdagi kabi bir xil andazalar asosida emas, balki yangiliklar asosida ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shaklidan foydalanish innovatsiya demakdir. Ta’limda pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o’quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish ta’lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi.

Darhaqiqat, ta’lim muassasasida innovatsiya jarayonlarini tashkil etishning pedagogik shartlari sifatida quyidagilar sanab o’tiladi:

1. Innovatsion faoliyatning o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariy-pedagogik qoidalar majmuini ishlab chiqish.

2. Ta’lim muassasasining ilmiy tadqiqot salohiyatini shakllantirish.

3. Innovatsion faoliyatni tashkil etishni ta’minlashning asosiy shartlari, alohida boshqaruv jihatlari, ya’ni mazkur faoliyatni tashkil etishga yo’naltirilgan, yangilangan boshqaruv tizimini shakllantirish.

O’qituvchilarni ta’lim tizimidagi innovatsion jarayonlarga va innovatsion faoliyatga tayyorlash o’ziga xos pedagogik muammo bo’lib, uning asosida o’qituvchining o’z-o’zini kasbiy rivojlantirishga intilishi, innovatsion jarayonlarning ahamiyatini anglashi, o’zgarishlar va yangiliklarning mazmun-mohiyatini tushunishi va mantiqan zarurligini qabul qilishi kabi omillar yotadi. Rivojlangan pedagogik texnologiya o’qituvchiga o’zini pedagogik faoliyatda chuqurroq va yaqqolroq ko’rsatish, bolalar bilan muomala qilganda o’z shaxsiyatidagi kasbiy jihatdan barcha yaxshi ahamiyatli narsalarni ochib berishga yordamlashadi. Mukammal pedagogik texnologiya pedagogning vaqti va kuchini ijodiy ish uchun bo’shatib beradi.

Pedagogik o’zaro ta’sir ko’rsatish jarayonida bolalar bilan muomala qilishda zarur so’zni topish yoki muvaffaqiyatli chiqmagan gap ohangini tushuntirishga o’z fikrini chalg’itmaslik imkonini yaratadi1. Zamonaviy ta’limni amalga oshirishning yana bir zaruriy sharti o’quv fanlari bo’yicha axborot manbalari, shu jumladan, yangi axborot texnologiyalarining tez va qulay foydalanish imkonini beruvchi turlaridan har bir o’quvchi va o’qituvchi erkin foydalana oladigan sharoit yaratishdan iborat. Ya’ni hozirda sifatli ta’lim berish uchun an’anaviy ikki tomon – o’qituvchi o’quvchiga zarur axborotlarni etkazib turuvchi xizmatdan iborat faoliyatni tashkil qilish zarur. Bu yo’nalish axborot texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy qilish yo’nalishi deb nomlanadi. Shu axborotlarni o’quvchilar tushuna oladigan mantiqiy shakllarda ifodalash o’quvchi bilan o’qituvchining verbal muloqotini tashkil qiladi. Shuningdek, innovatsion jarayonlarning muhim xususiyati shundaki, ular ta’lim tizimidagi dolzarb vazifalarni samarali hal qilishga ko’maklashishi kerak3.

Innovatsion ta’lim va innovatsion jarayonlar quyidagi ikkita vazifani hal etishga qaratilgan:

1. Voqealarni oldindan ko’ra bilish, shaxsning o’zini real voqelikdagi va keyingi ijtimoiy kasbiy faoliyatidagi rolini anglab etish qobiliyatini tarkib toptirish; shaxsning ongli, oldindan anglab etilgan muqobillari, umumiy xulq-atvori, ishonch-e’tiqodi, axloqiy qadriyatlari, umuman dunyoqarashini shakllantirishga yo’naltirish.

2. Mahalliy tashkiliy-boshqaruv darajasidan tortib, global darajagacha, shaxsga ijtimoiy ahamiyatga hamda kasbiy qimmatga ega bo’lgan muhim qarorlarni qabul qilish jarayonida faol ishtirok etish imkonini beruvchi «qatnashish» tamoyilini ro’yobga chiqarish. Ta’limni tashkil etish va yo’lga qo’yish borasidagi o’zgarishlar innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan interfaol usullarni yuzaga keltirdi.

Interaktiv metod – o’zaro harakat, ya’ni hamkorlik asosida o’qitish demakdir. Interfaol usullar erkin fikrlaydigan, mustaqil izlanadigan o’quvchilarning ilmiy salohiyatini shakllantirishga yo’naltirilganligi bilan e’tiborga loyiqdir. Ta’lim berishning bu usulida o’qitish jarayonidagi asosiy ish o’quvchilar tomonidan amalga oshirilishi, ular ta’limning ob’ekti emas, balki sub’ekti, ya’ni xuddi o’qituvchi kabi ijrochisi bo’lishi ko’zda tutiladi. Interfaol usullar asosida o’qituvchi bilan o’quvchilarning birgalikdagi ishlashigina emas, balki ta’lim olayotgan o’quvchilarning o’zaro hamkorlikda didaktik faoliyat ko’rsatishi turadi. Demak, interfaol usullar ta’lim mazmunining to’liq o’zlashtirilishida o’quvchilarning o’zaro bir-birlari va o’qituvchilar bilan birgalikda faoliyat ko’rsatishlari ko’zda tutiladi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir o’quvchining faolligiga asoslanadi4. Bu usullardan foydalanilganda bilim olish o’quvchi uchun qiziqarli hayotiy faoliyatga aylanadi. Interfaol usullar qo’llanilganda o’quvchilar o’qitilmaydi, balki ularning o’zlari o’qituvchi bilan birgalikda muayyan yo’nalish va miqdordagi bilimlarni mustaqil o’zlashtirishadi. Bu hol ayniqsa boshlang’ich sinf o’quvchilarida erkin fikrlash, mustaqil izlanishga rag’bat paydo qiladi. Bu shaklda uyushtirilgan ta’lim jarayoni qatnashchilari o’zaro bemalol tortishadilar, o’quv materialini buyurilganiday emas, balki o’zlari xohlaganday yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtiradilar. Ta’lim jarayoni qatnashchilari kichik guruhlarga bo’lingan holda ishlaydilar. O’quv topshiriqlari alohida bir o’quvchiga emas, balki kichik guruhning barcha a’zolariga beriladi. O’quvchilarda jamoa tuyg’usini shakllantiradi va ularning tashabbuskorligini orttiradi.



Interfaol usullar o’z-o’zidan tasodifan paydo bo’lib qolgan emas. U XX asrning so’nggi choragida yuzaga keldi. Ta’limni interfaol usulda tashkil etish uchun insoniyat tafakkuri muayyan yuksaklikka ko’tarilishi, ilmu fanning taraqqiyoti o’zining avj nuqtasiga yuksalishi lozim edi. Eng muhimi, insonning tafakkur tarzida interfaol ta’limga ehtiyoji paydo bo’lishi lozim edi.

Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini mukkamal loyihalashtirish, aniq masalalar qo’yish, rejalashtirilgan natijalarni amalga oshiruvchi uzviy bog’langan majmua hisoblanadi. Shunday ekan, ta’lim-tarbiyaga e’tibor bermasdan turib, kelajagimiz bo’lgan navqiron va sog’lom avlodni, bilimli, savodli yoshlarni tasavvur qilib bo’lmaydi. Innovatsiya muhim ahamiyatga ega, u tizimli yangiliklardan iborat bo’lib, ular turli tashabbus va yangilanish asosida yuzaga keladi hamda ta’limning tadrijiy ravishda tashkil topishi uchun istiqbolli hisoblanadi, shuningdek, ta’lim muhitining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 5. Pedagogik innovatsion faoliyat o’qitish tizimini bir holatdan ikkinchi holatga o’tkazishga olib keluvchi yangilikni tarqatish jarayonidan iborat. Innovatsion ta’lim eng samarali shakl, vosita, metodlar, usullarni izlash yangi g’oyalarni yaratish natijasida yuzaga keladi. Shuning uchun innovatsiya ta’lim evolyutsiyasining muhim elementi hisoblanadi. Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni o’qitishni innovatsion metodlardan foydalanib tashkil etish uchun avvalo darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi lozim. O’qituvchi o’zining ish shakllari va o’quvchilarning ko’nikmalar egallash jarayonidagi ishlar doirasini aniq belgilab olishi lozim. Shuningdek, u qanday o’qitish metodlaridan foydalanishi ham muhim ahamiyatga ega. Metod tanlashda ko’proq interaktiv metodlarga e’tibor qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi1. Interaktiv mashg’ulotning asosiy metodlari: interaktiv seminar, trening, aqliy hujum, ishchanlik o’yini, rolli o’yin, muhokama, bahs, munozara, tanqidiy fikrlash, bumerang, press, intervyu, zanjir, sinkveyn, pinbord, insert, suratli diktant, muzyorar va boshqalar. Ta’kidlash joizki, interaktiv mashg’ulotlarda shakl va metodlar birgalikda mavjud bo’lib, ularni shartli ravishdagina ajratish mumkin. Interaktiv mashg’ulotlar aniq rejalashtirilgan holda dars maqsadini belgilab, dars loyihasi va algoritmi ishlab chiqilganidan keyingina amalga oshiriladi. Interaktiv metodlarning barchasida ham o’qituvchi va o’quvchi faoliyati o’rtasidagi hamkorlik, o’qituvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati ko’zda tutiladi. 6Masalan, biror-bir mavzuni o’rgatishda uni modellashtirish qismida o’qituvchi o’quvchilarga modelni namoyish qilish oldidan «Aqliy hujum» metodidan foydalanishi mumkin. Ya’ni o’quvchilar qo’yilgan muammoni qanday tushunishlari va ko’nikmani qanday egallashlari mumkinligi ulardan so’ralib, ularning fikrlari umumlashtiriladi. Bunda o’quvchilar fikri mutlaqo tanqid qilinmaydi. Amaliy qismda o’qituvchi «Hamrohingga o’rgat» metodidan foydalanishi mumkin. Bu metod darsni optimal tashkil etishga imkoniyat yaratib, o’quvchilarni o’z faoliyatini tanqidiy nazorat qilish va xatolarni bartaraf etishga o’rgatadi. Uni qo’llash quyidagicha bo’ladi. Sinf birinchi va ikkinchi hamkor qismlarga bo’linadi. Darsni o’tish modelidan foydalanib birinchi hamkor ikkalasiga, ikkinchi hamkor esa birinchisiga modeldagi qismlarni o’rgatadi. O’qituvchi o’quvchilarga ta’lim metodlari vositasida model qismlarini avval tushuntiradi, keyin ko’rsatadi. O’quvchilar o’qituvchi aytgan va ko’rsatganlarini takrorlaydilar va bajaradilar. O’qituvchi sinfni nazorat qilish uchun o’ziga ikki nafar hamkorni tanlaydi. O’qituvchi o’z hamkorlariga modelni bosqichma-bosqich bajartirib ko’radi, tushunmaganlarini tushuntirib, o’rganishiga yordam beradi. O’qituvchi sinfdagi hamkorlariga birinchi qismni birbirlariga o’rgatishlari va bajarishlarini aytadi. Ularning ishlarini nazorat qilib, kamchiliklarini bartaraf etishga yordamlashadi. Bu ish usuli modelning boshqa qismlarini ham bajarishda davom etadi. Bu o’quvchilarni bir-biriga va o’ziga talabchan bo’lishiga, xatolarni o’z vaqtida bartaraf etish, ishni tanqidiy baholashga o’rgatadi. Tushunchalarni tekshirishda o’qituvchi turli interaktiv metodlar: «Bumerang», «Charxpalak», «Aqliy hujum» va boshqalardan foydalanishi mumkin. Jumladan, «Charxpalak metodi»da o’quvchilar guruhlarga bo’linib, ularga topshiriqlar yozilgan varaqa tarqatiladi. Masalan, «Gulli o’simliklar haqida ma’lumot bering». O’quvchilar topshiriqni bajarganlaridan keyin ularning ishlari guruhdagi boshqa o’quvchilarga tarqatiladi. 7Ular tegishli o’zgartirishlar kiritganlaridan keyin yana boshqa o’quvchilarga beriladi va shu tarzda o’quvchilarning har birining ishi guruhdagi barcha o’quvchilar qo’lidan o’tadi va oxiri o’ziga qaytadi, har birlari o’z nuqtai nazaridan ishga o’zgartirishlar kiritishlari mumkin. Keyin o’qituvchi to’g’ri javobni ko’rsatadi. Bu usulda o’quvchilar ijodiy fikrlash, o’z fikrlarini erkin bayon etish va o’z kamchiliklarini bilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Biz integratsiyaning moxiyatini aniqlash jarayonida uning filosofik, pedagogik — psixologik va metodik asoslarini aniqlab oldik.

Ma‘lumki, o'qitish va tarbiya jarayoni bir —biri bilan uzviy bog'liq, lekin inson shaxsining shakllanishida tarbiya ustivor axamiyat kasb etadi. Chunki, tarbiya ta‘lim jarayonining barcha majmuini o'z ichiga oladi. Zamonaviy intelektual insonni tarbiyalashda integrativ ta‘limning barcha jihatlari(aqliy, axloqiy, iqtisodiy, mexnat, estetik, gigienik, xuquqiy, jismoniy tarbiya)ni kamrab oladi va ularning o'zaro bog'likligini ta‘minlaydi. Integrativ ta‘lim jarayonida o'quvchi, olamning yaxlitligini, koinot, tabiat konunlarini, tabiat, jamiyat va insonlarning o'zaro munosabatlari haqida xar tomonlama bilimlarga ega bo'lib kamol topadi. Tabiat go'zalligini xis qila olish, undan zavqlanish, e‘zozlash ko'nikmalariga ega bo'ladi.

Ta‘limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qo'llash ayni zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoyiliga tayanish ta‘lim muassasalari o'quv jarayoni uchun tatbiqiy tus olishi lozim. Fanlararo uzviylik tamoyili turdosh o'quv predmetlararo munosabatlarning murakkab jihatlarini to'liq o'zlashtirilishini ta‘minlab, bilimlarning ichki mohiyatiga kirib borishini ta‘minlaydi, natijada turli tizimlar ichki aloqadorlik, integirativ yaxlitlik vujudga keladi. O'quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta‘lim sifatiga kuchli ta‘sir ko'rsatib: - ta‘limni modernizatsiyalash, innovatsion o'qitish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.

Fanlararo aloqadorlik ta‘minlangan holda, darsni tashkil qila olgan o'qituvchi o'quvchilarda o'zining faniga bo'lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni o'zlashtirishga yordam beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida o'quv tarbiya jarayonining aloqadorligi sezilarli darajada ortadi.

Maktabning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarda dunyoga yaxlit, o'zaro aloqador bo'lgan birlik sifatida qarashni, uning global muammolari hamda bu muammolar yechimini ko'ra va tushuna bilishni shakllantirishdan iborat.

Ta‘lim mazmunida inson va uning dunyoga bo'lgan munosabati: ―inson va tabiat, ―inson va jamiyat, ―inson va inson, ―inson va texnika, ―tabiat-inson ,texnika-atrof-muhit muammosi tobora markaziy o'rin egallamoqda. Tabiatni o'rganuvchi fanlarni bir sinfda bir marta o'rganib bo'lmaydi. Uni bog'cha, maktab, tizimida uzluksiz va uzviylik asosida o'rganmoq zarur.

Tabiiy fanlar ta‘limi mazmuni inson va tabiat aloqadorligi atrofidagi muammolarni o'rganuvchi turli o'quv fanlariga oid bilimlar uzviyligi va integratsiyasini aks ettirmog'i lozim, bu esa tabiiy fanlarga oid bilimlarni sifat jihatdan yangi o'zgarishlarga olib keladi. Bu bilimlar o'ziga xos sintez, tabiiy fanlarga oid bilimlar va insonparvar yo'nalishlar majmui sifatida namoyon bo'ladi. Ularning tafakkurning tizimli va ehtimolli uslubi sifatida tavsiflanishi tabiiy bilimlarning ajralib turadigan xususiyatlari sirasiga kiradi. Aynan uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya biosferani ilmiy bilish, inson faoliyatini o'rganish, tinchlik uchun kurash bo'yicha global masalalarning yechimini topishda tabiiy fanlarning o'rnini samarali tarzda belgilab berish mumkin. Pirovard natijada, bu barcha maktab o'quv fanlaridagi maxsus bilimlar bilan umumiy-madaniy bilimlar o'rtasidagi o'zaro nisbatning uzviylik asosida o'zgarishiga (keyingilarining foydasiga) olib keladi. Shu tariqa, uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya tabiiy fanlar ta‘limi mazmunini insonparvarlashtirishning asosiy mexanizmi sifatida namoyon bo'ladi.

Kuzatishlarimiz tabiatshunoslik obyektlarini «tabiat – fan – texnika – jamiyat – inson» uzviylik tizimida o'rganish tabiiy fanlar ta‘limi mazmunini insonparvarlashtirishning yagona metodologik asosi bo'lib hisoblanishini ko'rsatib berdi.


Download 217 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish