Oligopoliya – bu … - Oligopoliya — tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopoliya - bozorni tashkil etish shakllaridan biri. Guruh monopoliyasi, oz sonli yirik korxona (firma)larning bozorda yoki bironbir xoʻjalik soxasida hukmronligi. Oligopoliya uchun bozorda bir necha sotuvchining boʻlishi xos, ammo umumiy bozor savdosi hajmida ulardan har birining hissasi juda katta boʻlganidan, har bir sotuvchi oʻzi taklif etadigan mahsulotlar miqdorini oʻzgartirishi bilan narxlarda ham oʻzgarishlar yuz beradi.
O’zbekistonda Oligopoliya - Oʻzbekistondagi oligopol korxonalarga sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), koʻmir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Shargʻun) va Boysun (Toʻda) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopsoniya haqida - Monopsoniya — tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda koʻp boʻlib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona isteʼmolchisi yoki xaridori mavjud boʻlgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga Asakadagi avtomobil zavodi yaqqol misol boʻla oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur boʻlgan koʻplab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega.
Monopsoniyada bir nechta sotuvchilar va bir yirik haridor ishtirok etadi. Bozorda haridor oʻz hukmini oʻtkazib, yetakchi mavqeni egallaydi, harid hajmini kamaytirib, ishlab chiqaruvchilarni narxni pasaytirishga majbur etadi. Aksariyat resurslar bozorida paydo boʻladi (ishlab chiqaruvchi yutugʻi haridor-isteʼmolchiga oʻtadi). Resurslarni davlat qatʼiy narxlarda harid etganda, davlat buyurtmalarida ham Monopsoniya vujudga keladi. Masalan, davlat avianosets, kosmikraketa obʼyektlari kabi qimmat va murakkab qurol-aslahalar haridori boʻladi. Bu holda oldi-sotdi bitishuvchi tomonlar uchun kelishuvning narxini ham oʻz ichiga oladigan, oʻzaro majburiyatlarini nazarda tutadigan kontraktlar — bitimlar boʻyicha amalga oshiriladi. Keng maʼnoda — narxlar shakllanishiga haridorlar, tovar va xizmatlar isteʼmolchilari hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan barcha bozorlarga nisbatan qoʻllanadi. - Monopsoniyada bir nechta sotuvchilar va bir yirik haridor ishtirok etadi. Bozorda haridor oʻz hukmini oʻtkazib, yetakchi mavqeni egallaydi, harid hajmini kamaytirib, ishlab chiqaruvchilarni narxni pasaytirishga majbur etadi. Aksariyat resurslar bozorida paydo boʻladi (ishlab chiqaruvchi yutugʻi haridor-isteʼmolchiga oʻtadi). Resurslarni davlat qatʼiy narxlarda harid etganda, davlat buyurtmalarida ham Monopsoniya vujudga keladi. Masalan, davlat avianosets, kosmikraketa obʼyektlari kabi qimmat va murakkab qurol-aslahalar haridori boʻladi. Bu holda oldi-sotdi bitishuvchi tomonlar uchun kelishuvning narxini ham oʻz ichiga oladigan, oʻzaro majburiyatlarini nazarda tutadigan kontraktlar — bitimlar boʻyicha amalga oshiriladi. Keng maʼnoda — narxlar shakllanishiga haridorlar, tovar va xizmatlar isteʼmolchilari hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan barcha bozorlarga nisbatan qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |