1. Kirish Iqtisodiyotni yuksaltiruvchi asosiy kuchlardan biri kimyo sanoati ekanligi hozirda barchaga ayon bo’lgan. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasida ham asosan kimyo sanoatiga katta e’tibor berilib, yangidan yangi ishlab chiqarish korxonalarini bunyod etish, yangi ishchi o‘rinlarini yaratish, import hajmini kamaytirib, eksport hajmini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylantirilgan.
Shu sababli O‘zbekiston iqtisodiyotini bir tomonlama xom ashyoviy yonalishga qaratishga qat’iy barham berish respublika ichki siyosatining eng muhim strategyasi xisoblanadi. Prizidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov shunday takidlaydilar: “Ilg‘or texnologiyalarga, ishlab chiqarishning zamonaviy tuzilmalariga qati’y o‘tish, mineral resurslarni kompleks qayta ishlash va ko‘p bilim talab qiladigan tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha tarmoqlar tizimini shakllantirishni talab qiladi”. Kimyo va kimyo korxonalarini jadal suratlarda o‘sib rivojlanib borish mamlakatimizning hozirgi kundagi molyaviy inqirozni oldini olishga katta xissa qo‘shmoqda. Shuning uchun Prizdentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabusi bilan bunday korxonalarni yangi texnologiyalar asosida qurish va qayta rekonstruksiya qilish yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu o‘rinda Prezidentimizning: “Bosib o‘tgan yo‘limizni va mamlakatimizning dunyoda sodir bo‘layotgan tub o‘zgarishlar jarayonida tutgan o‘rnini holis va tanqidiy baholar ekanmiz, biz erishgan yutuqlarimizga mahliyo bo‘lib qolmasligimiz, ortiqcha havolanish va xotirjamlik tuyg‘usiga berilmasligimiz zarur. Bugun biz yashayotgan globallashuv va tobora kuchayib borayotgan raqobat asrida faqat chuqur islohotlar va modernizatsiya yo‘lidan tinimsiz va qat’iyat bilan rivojlanib borish natijasida o‘z oldimizga qo‘ygan istiqbolli maqsadlarga – taraqqiy topgan, farovon yashayotgan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun munosib hayot darajasini ta’minlashga erisha olamiz.” - degan nutqlari mamlakatimizda ishlab chiqarishga, modernizatsiya qilishga talabning qanchalik yuqori ekanligini isboti desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mustaqil mamlakatimizning iqtisodiy va sotsial rivojlantirish rejalarida kimyo qurilish materiallari va noorganik moddalar ishlab chiqarish sanoatlari ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar miqdorini oshirish jahon andozalari darajasiga etkazish ularning eksport saloxiyatini kuchaytirishga alohida etibor berilmoqda.
Hozirgi kunda respublikamizda jami 36 ta kimyo va neft kimyosi korxonalari, 3 ta qora metallurgiya sanoati korxonasi, 9 ta chinni va shisha buyumlari sanoati korxonalari, 13 ta yoqilg‘i sanoati korxonalari ishlab turibdi.
Shulardan neftni qayta ishlash korxonalariga to’xtalib o’tamiz. Bulаr: “O’znеftni qаytа ishlаsh” dаvlаt sаnаоаt birlаshmаsi, “O’zbеknеftmаhsulоt” аksiyadоrlik birlаshmаsi tаrkibigа kirgan Fаrg’оnа, Оlti Аriq vа Buхоrоdаgi nеftni qаytа ishlаsh zаvоdlaridir. Fаrg’оnа shаhridаgi nеftni qаytа ishlаsh zаvоdi 1959 yildа ishgа tushirilgаn. Zаvоd yoqilg’i mоy yo’nаlishidа ishlаydi. Yеngil frаksiyalаr аjrаtib оlingаndаn so’ng, оg’ir qоldiq mаzut vаkuum shаrоitidа ishlаydigаn qurilmаlаrdа hаr xil frаksiyalаrgа аjrаtilаdi. Hаr qаysi frаksiya аlоhidа-аlоhidа tоzаlаnib, ulаrdаn turli xil mоylаr оlinаdi. Hоzirgi zаvоddа 30 dаn оrtik tехnоlоgik qurilmаlаr ishlаb turipti.