Mulk va mulkchilik jamiyatda butun ijtimoiy munosabatlarning asosidir, poydevoridir. Mulkchilik asosida ayrim shaxslar, guruhlar, sinf va qatlamlarning jamiyatda egallab turgan mavqei, ishlab chiqarish omillaridan foydalanish imkoniyati darajasi belgilab beriladi.
1.2. Mulk ob’ektlari va sub’ektlari. Mulk shakllari.
Mulkchilik munosabatlari, uning ob’ektlari va sub’ektlari bo‘lishini shart qilib qo‘yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir.
Mulk ob’ekti bo‘lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati – ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo‘g‘in – bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo‘lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo‘ladi.
Amaliy hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub’ektlari vujudga keladi.
Mulk sub’ekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bo‘lgan, mulk ob’ektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo‘lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo‘ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik sub’ekti bo‘lib chiqadi.
Mulkning tuzilishi va shakli xilma-xilligi sababli, bu mulkni o‘zlashtiruvchi sub’ektlar ham turli darajada bo‘ladi. Masalan, davlat mulkining bevosita sub’ektlari respublika hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari va muassasalari hamda ularning mehnat jamoalari a’zolari bo‘lishi mumkin.
Aralash mulk, sub’ektlari sifatida qo‘shma korxonalar, xorijiy fuqarolar, xorijiy tashkilotlar va xorijiy davlatlar chiqadi.
Shunday qilib, mulk sub’ektlari ko‘p darajali bo‘lib, shulardan birontasi o‘zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tus oladi.
Mulk sub’ektlar tizimida ishlab chiqarish vositalari mulkdorda markaziy o‘rinni egallaydi. Chunki u o‘ziga tegishli vasitalar yordamida yaratilgan mahsulotning ham mulkdori hisoblanadi. Ko‘pincha mulkdor yaratuvchanlik faoliyati bilan shug‘ullanmaydi, balki o‘z mulkidan foydalanish imkoniyatini boshqa shaxslarga ma’lum shartlar asosida beradi. Bunga ijara va konsessiya xizmat qilib, ular qisman o‘zlashtirish munosabatlarini ifodalaydi.
Ijara mulkning ma’lum to‘lovlar hisobiga vaqtincha foydalanishga berilishini, konsessiya esa davlat yoki munitsitspalitetga tegishli qazilma boyliklar, yer uchastkalari korxona va boshqa ob’ektivlarni ma’lum shartlarda foydalanishga topshirilishini anglatadi.
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida bu mulk o‘z ichiga davlat mulkidan tashqari, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo‘jaligi va shaxsiy tomorqa xo‘jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy mulkni, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi.
Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida turli-tuman mulklar quyidagi shakllarga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk (2-rasm).
Mulk davlatga tegishli bo‘lganda unga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘ladi. Davlat mulki asosan ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi:
– Xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‘liga olish.
– Davlat mablag‘lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Mulk shakllari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Davlat mulki
|
|
Jamoa Mulki
|
|
Xususiy mulk
|
|
Shaxsiy mulk
|
|
Aralash mulk
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |