Mavzu: gap semantikasining propozitiv aspekti



Download 46 Kb.
Sana23.05.2022
Hajmi46 Kb.
#606894
Bog'liq
GAP SEMANTIKASINING PROPOZITIV ASPEKTI


MAVZU: GAP SEMANTIKASINING PROPOZITIV ASPEKTI
REJA

  1. Gap semantikasi haqida.

  2. Gap semantikasining propozitiv aspekti

3. propozitiv aspekti haqida

Ayrim tilshunoslar esa, gap mazmunida tilda tashqaridagi ekstralingvistik omilni rad etmagan holdada til ifodasining ob’ektiv birlik, vaziyat bilan bevosita bog’liq emas, balki inson ongida mavjud bo’lgan “ob’ektiv bog’liq obrazlari” orqali bog’lanishiga asoslanib, “vaziyat” terminini ruhiy makon va ruhiy zamonda joylashgan ruuhiy vaziyatga nisbatan qo’llaydilar. Bunga muvofiq, “gap” termini ostida ayrim vaziyatlarni kodlashtiradigantovush obrazlarining zanjiri tushuniladi. A. Vejbiyuskayaning fikricha, semantikapredmenyi real borliq emas, balki shu real borliqning ongidagi aksi bo’lishi kerak. Chunki til ob’ektiv borliqni faqat ong orqali ifodalaydi. Xozirgi sintaktik semantikada denotativ (peferensional) aspekt o’rin olmoqda. Bunga ko’ra aktuallashgan, ya’ni nutqiy elementlarning vaziyat elementlariga munosabati e’tiborga olinadi. Ammo tilshunoslar o’rtasida vaziyat elementlari masalasiham bir xil emas. I. P. Raspopov takidlaydiki semantik sturktura bilan shug’ullangan hamma tilshunoslar gapning semantik siturkturasi (nomiiativ spek jihatidan) o’zi ifodalagan ob’ektiv reallik strukturasi bilan bir xildir, degan asosga tayanadilar. “Gapning semantik strukturasini tildan tashqaridagi vaziyatlardan topishga urinish ma’lum qiyinchiliklarga olib keladi, - deydi. G. A. Zolotova.- ekstralingvistik plan strukturasi, bo’linishi va umumlashish darajasi tavsif erkinligiga yo’l beradi. Izomoriflik haqida qo’rqmasdan shuning uchun gapirish mumkinki, vaziyat strukturasini, uning bo’linishini biz til ko’nikmamizda qanday aks etirsak, shunday tassavur etamiz”


Semantik struktura (Sems) nazariyasining shakllanishida alohida o’rin egallagan. Ch. Fillmor Semsni ichki struktura (GS)deb nomlaydi va uning asosi sifatida bevosita ishtirokchilar (NS) gramatikasidan emas, balki ramziy mantiqiy predikat – argument prinsipidan foydalanadi, GS ni u s=m+p formulasi bilan ko’rsatadi. Bu erda s – gap, m – modalik ifodalovchisi p – propozitsiya. Propozitsiya P – o + S +...+Sp tarzida kengayishi mumkin deydi. (Bu o’rinda o – fe’l, s – argumentning predikatga bo’lgan munosabatni ifodalovchi ichki kelishiklar).
Fillmorning ichki tuzilish nazariyasi ayrim kamchiliklariga qaramay, gap mazmunini bir xil aks etirishga ancha yaqinlashadi. Fillmorning ichki – kelishik konsepsiyasiga V. G. Gakning konsepsiyasi uzviy ravishda bog’lanadi. Gak ham GS terminidan foydalanib, uni vaziyat bilan bir xil bo’lgan leksik - sintaktik tuzilishidir, deb hisoblaydi. GS vaziyatning to’g’iridan-to’giri nomi: PS (tashqi struktura) esa vositali nomi sifatida talqin qilinadi.
GS predikat bilan birga quydagi etti aktni o’z ichiga oladi, deydi: 1) sub’ekt, 2)ob’ekt, 3) adresat, 4)jarayonning yuzaga chiqishi uchun yordam beradigan yoki to’sqinlik qiladigan subistansiya (inisiator qurol, sabab). 5)fazoviy konkrentlashtiruvchi (harakatning yuzaga chiqishi, yoki tugash o’rni) qarashi yoki bir qismi sub’ekt yoki ob’ektni tashkil qilgan substansiya.
I.P.Susov tomonidan ilgari surildi. Uning qarashicha, real haqiqat bir necha vaziyatlardan tashkil topadi. Inson ongi konkret vaziyatlarni aks etiradi, umumlashtiradi va ularni sinflarga birlashtiradi. Inson ongi umumlashgan vaziyatga yoki uning sinfiga ichki til shakllari mos qo’yiladi. Uni hosil qilishuch bosqichda bo’ladi, umumlashgan vaziyatga muvofiq bo’lgan tuzilishni hosil qiluvchi relyasion bosqich: relyasion strukturaga sub’ekt – predikat munosabatini qo’shadigan predikatsion bosqich, predikatsion strukturaga temparollik moddalik personallik va boshqaqo’shimcha ma’nolarni yuklaydigan modifikatsion bosqich.
Realsion sitruktura. Fillmorning Semisini eslatgan holda, relyatemalardan tashkil topadi. Sakkiz relyatema farqlanadi: agentiv, agentiv bo’lmagan pasientiv, akraktiv, lokativ, ablativ va instrumental.
Ko’rinib turibdiki. Sems maqomi haqida hozirgi kunda tilshunoslar o’rtasida bir xillik yo’q. Bu narsa. Sems realligini inkor qilish yoki uydirmaligini tasdiqlash natijasida emas, balki uning favqulodda murakkab tuzilma ekanligi natijasidir.
Har qamday lisnoniy belgi shakl va ma’no birligidan iborat. Lekin an’anavi sintaktik nazariyalarda, asosan gapning shakliy tuzilishi o’rganib kelindi. Faqat ayrim o’rinlardagi (gapning komunikativ maqsadiga ko’ra turlarini belgilashda, ikkinchi darajali bo’laklarning ichki tasnifida, masalan, holning o’rin, payt, maqsad va boshqa turlarga bo’linishida aniqlovchilarning sifatlovchi qaratuvchi izohlovchilarga ajratilishida va boshqa) semantikaga murojaat qilinadi. Gapning ma’no xususiyati va uning tarkibi ham, gapning mazmuniy tiplari ham, sub’ekt pretikatlarning mazmuniy tiplari ham, gapning shakliy va mazmuniy tuzilishlarning o’zara munosabatlari ham, yaqin yillargacha maxsus o’rganish sub’ektibo’may keldi.
N. D. Arutyunovning ta’biri bilan aytganda. 60-yillarning o’rtalariga kelib, gap semantikasiga “shturm” boshlandi. Gap semantikasiga qiziqishining uyg’onishiga lingvistik nazariya rivojiga ta’sir etgan bir qator omillar: lingvistikaning gap mazmuni – propozitsiyasiga alohida diqqat qiluvchi mantiq bilan munosabatning yangi pog’onaga ko’tarilishi, til va nutqning ma’no tomoniga umumiy burilishi, nutq faoliyatining pragmatik komponentiga e’tinorning kuchayishi, gapga o’zining maxsus ma’nosi bo’lgan til belgisi sifatida qarashning vujudga kelishi hamda gaplarning mazmuniy ekvivalentligi tushunchasiga tayanadigan sintaktik tranformatsiya nazariyasining vujudga kelishi singari omillar turtki bo’ladi.
O. Espersenham tilshunoslikda shaklini mazmundan ajratishga harakat qilgan. G. Suit va boshqa tilshunoslarni tanqid qilar ekan, shakl va mazmun o’zaro uzviy bog’liq ekanligini, lisoniy hodisaning bu ikki tomoniga etibor berish har qanday tilshunosning asosiy vazifasi ekanligini uqtiradi. Uning fikrichahar bir tilshunos hodisani ikki tomonlama – shakldan ma’noga yoki ma’noda shaklga qarab tekshirishi mumkin. Birinchisi semasiologik, ikkinchisi onomasiologik o’rganish ob’ekti bo’ladi.
Hozirgi kunda semantika deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e’tirof etilsa ham, ammo sintaktik semantika maqomi masalasida bir xillik yo’q.
N. Y. Shvedovning fikricha, sintaktik semantikaning asosiy vazifasi shakliy- sintaktik modellarning xususiy ma’nolarini aniqlashdan iborat bo’lishi kerak. Bunga ko’ra, gap tuzilishi sxemasining umumlashtirilgan ma’nosi va ularning o’rtasidagi munosabat gap sintaktik tuzilishining asosi bo’lib xizmat qiladi. N. Y. Shvedovaning konsefsiyasiga muvofiq, gapning mazmuniy tuzilishi deganda, tipiklantirilgan ma’no elementlarning mavhimlashgan holda til sistemasida aks etgan mazmuni tushuniladi. U gap mazmuni ekstralistik omillarsiz sof til materiallariga tayangan holda o’rganishga harakat qiladi. Tilning har qanday sath birliklari, jumladan, gapning tuzilish sxemalari ham undagi kategoriya konkret ma’nolar munosabatidan xosil bo’lgan mazmuniy o’ziga xoslikka ega bo’ladi.
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari asosan normativ minimumi uzvlarining leksik ma’nolariga sasoslanadilar. Bunga muvofiq gapning mazmuniy tuzilishi, tuzilish sxemalar chegarasida emas, balki undan tashqarida ajratiladi. Tuzilish sxema va mazmuniy tuzilishlar bir-birini kesishmaydigan paralel qatorlarga teriladi. Bunday qarash. O. I. Maskalskaya ishlarida namoyon bo’ladi.
Shunday qilib har qanday gapning mazmuniy tuzilishi murakkab, ko’p qirrali harakterga ega bo’lib, unda eng kamida uch uzv: 1)propozitiv, 2)modal, 3)komunikativ uzvlar ishtirok etadi. Gapning mazmuniy tuzilishini tashkil etgan yuqoridagi uzvlardan eng asosiy ob’ektiv birlikdagi ayrim vaziyat yoki voqealarni aks etiruvchi propozitiv tuzilishidir.
Sintaktik birliklar uchta: so’z birikmasi, gap (sodda gap) va qo’shma gap. Har bir sintaktik birlik o’ziga hususiyatlarga egadir. Shu bilan birga, ularning o’zaro yaqin, o’xshash, aloqador tomonlari ham bor.
So’z birikmasi va gap. Vatanimiz tilshunosligidagi eng daslabki gramatik adabiyotlarda (masalan, M. V. Lomonosov, A. X. Vostonov va boshqalarning asarlarida) so’zlarning o’zaro bog’lanish qonun-qoidolari berilgan bo’lib, bu qonun-qoidalar asosida so’zlarning sintaktik butunliklar hosil etishi ko’rsatilgan. Demak, sintaksisga oid daslabki ilmiy ishlarda so’z birikmasini o’rganishga e’tibor berilgan. Lekin bu o’rganish izchillik bilan olib borilmagan: u tarqoq va tasodifiy harakterda bo’lgan. Bu asarlarda so’z birikmasi alohida sintaktik birlik sifatida ajratilmagan va uning boshqa sintaktik birliklar orasida tutgan muayyan o’rni belgilab berilmagan.
Gramatika fanida logik, keyinroq esa psixologik yo’nalishning rivojlanishi bilan sintaksisning vazifasini tushunish ham o’zgardi. Bu yo’nalishning tarafdorlari gapni logik yoki psixologik xukumning ifodasi deb tushuna, sintaksisda gap to’g’irisidagi ta’limni birinchi o’ringa qo’ydilar. Shunday qilib, gap sin taksisining asosiy predmeti bo’lib qoladi va so’zlarning o’zaro aloqasini o’rganish gapning bo’laklari haqidagi talimot asosiga qurildi.
Bunday tarzdagi tadqiqot, tabiiy, so’z birikmasi tushunchasi kerak bo’lmas edi. XIX asrning o’rtalaridagi eng yirik tadqiqotlarda (masalan F. I. Buslaev, A. A. Potebniya va boshqalarning asarlarida) so’z birikmasi to’g’irisidagi ta’limot, umuman yo’q.
So’z birikmasi nazariyasini ishlab chiqishda F. F. Fortunatovning tadqiqotiari yangi bosqichni tashkil etadi. U so’z birikmasini bir so’zning boshqa so’z nilan birikuvidan tashkil topgan ma’noviy butunlik deb ataydi. F. F. Fortunatov so’z birikmasini asosiy sintaktik birlik deb ataydi. Uningcha, gap so’z birikmasining faqat bir turi, xususiy ko’rinishidir, aniqrog’i gap “tugallangan so’z birikmasidir”
F. F. Fortunatovning qarashlari undan keyingi olimlarning bir qator ishlarida yanada rivojlantirildi. M. N. Peterson sintaksisni so’z birikmasi to’irisidagi ta’limot, deb talqin etdi va gap nazariyasini bu ta’limotga kiritmadi. Uningcha, so’z birikmasi so’zlarning har qanday qo’shilishidir, shu jumladan turli hajmdagi sodda gaplar ham so’z birikmasidir. M. N. Petrson qo’shma gaplarni “So’z birikmalarining qo’shilishi” tarzida izohlaydi.
A. M. Peshkoviskiy ham sintaksisni so’z birikmasi haqidagi ta’limot sifatida ta’riflaydi. Biroq u gap nazariyasidan butunlay voz kechish mumkun emasligini tushunadi va gap tushunchasini so’z birikmasi tushunchasidan keltirib chiqaradi. Bu narsa uni bir so’zdan tashkil topadigan so’z birikmasi ham bo’lishi mumkun degan xulosaga olib keladi. U turli-tuman bir so’zdan tashkil topgan gaplarni (Zima, Pojar! Morozit. Skuchno) shunday “so’z birikmalari” qatoriga kiritadi.
Anglashiladiki, F. F. Fortunatov va uning shogirdlari tobe aloqaga kirishgan so’zlar qo’shilmasini, shu jumladan ega bilan kesimning o’zaro aloqasi asosida hosil bo’lgan konstruksiyani ham, teng aloqaga kirishgan so’zlar qo’shilmasini ham so’z birikmasi sanaydilar.

  1. A. Shahmatov so’z birikmasini faqat bir so’zning boshqasiga tobelanib birikuvi asosida hosil bo’lgan grammatik butunlik sifatida ta’riflaydi. Shuning uchun u ikki yoki undan ortiq so’zdan tashkil topgan gaplarni ham tugallangan fikr birligiga muvofiq keladigan “Tugallangan so’z birikmasi” deb biladi. Biroq, A.A.Shaxmatovning fikricha, gap faqat so’z birikmasining oddiy bir turi, xususiy ko’rinishi emas; gap alohida sintaktik birlikdir; u so’z birikmasi tarzidagi emas, balki bir so’z formasi tarzida ham namoyon bo’lishi mumkin. Demak, A.A.Shaxmatov so’z birikmasi bilan gapni ma’lum darajada o’zaro aloqador bo’lgan alohida ikkita sintaktik birlik sifatida ajratadi hamda ularni o’zining mashhur “Sintaksis russkogo yazika” nomli asarida “Gap haqidagi ta’limot” va “So’z birikmalari haqidagi ta’limot” degan maxsus sarlavha ostida tadqiq etadi.

So’z birikmasini prinsipialboshqacha tushunishni V.V.Vinogradov asarlarida uchratamiz uning bu sohadagi konsevsiyasiga A.A.Shaxmatovning so’z birikmasi to’g’irisidagi ta’limotining o’ziga xos nazariy yo’nalishi bevosita asos bo’ladi. Bunda V.V.Vinogradov tilda ikkita sintaktik birlikning - so’z birikmasi va gapning mavjudligi haqidagi A.A.Shaxmatova tomonidan oldinga surilgan tezisdan kelib chiqdi.
N. Y. Shvedovaning fikricha, so’z birikmasi so’z bilan uni kengaytiruvchi so’z formasining har qanday gramatik to’g’iri birikuvchi emas, balki faqat kengaytiruvchi so’z bilan “sistemaviy na’noviy aloqa”da bo’lgan birikuvidir. Demak, N. .Shvedova so’z birikmasini belgilashda ikki tomonni – sof gramatik tomonni (sintaktik aloqaning muayyan turini) va leksik tomoni (sistemaviy ma’noviy aloqani) hisobga oladi.
Shunday qilib, V.V.Vinogradov va N.Y.Shivedovaning sintaktik ta’limoti asosida so’z birikmasini va gapni ikkita alohida sintaktik birlik deb e’tirof etish g’oyasi yotadi. Bu g’oya, bir to,omdan, bir so’zli
Sintaktik ta’limotning rus tilshunosligida zikr etilganday taraqqiyot yo’li turkiyshunoslikda, shu jumladan o’zbek tilshunosligida ham o’z aksini topadi. Chunki turkiy tillarnig, shu jumladan o’zbek tilining sintaktik ta’limoti boy rus tilshunosligi fsni tasirida, unga suyangan holda paydo bo’ldi va rivpjlandi. Turkiyshunoslikda 60 – yillarga qadar maydonga kelgan ko’pgina ilmiy- sintaktik adabiyotlarda. Fortunatov maktabining yirik vakili A.M.Peshkoviskiy va A.A.Shaxmatovning tasiri kuchli bo’ldi. Masalan, o’zbek tilshunosi A.G’.G’ulomovning 1948-1955-yillarda nashir etilgan sodda gapga doir ilmiy ishida bu tasirni yaqol ko’rish mumkin. A.G’.G’ulomov bu ishida A.M.Peshkoviskiy izidan borib, mustaqil so’zlarning har qanday o’zaro aloqasi asosida hosil bo’lgan butunlikni ham, teng aloqa asosida hosil bo’lgan butunlikni ham, teng aloqa asosida hosil bo’lgan birikuvlarni – tobe aloqa asosida hosil bo’lgan butunlikni ham, pretikatuv konstruksiyani ham, nopredikatov konstruksiasi ham, so’z irikmasi deb talqin etadi. Biroq A.G’.G’ulomov keyingi ishida.
Nutqda qo’llangan har bir gap muayyan moda zamon ma’nosiga egadir: gap u yoki bu zamonga oid real fakt (nutqiy akt –“nutq momenti” bilan aloqador fakt) ma’nosini yoki noreallik ma’nosini (istak yoki buyruq ma’nosini) ifodalaydi. Modal ma’nolar ham, nutqiy akt bilan aloqador. Biroq bu aloqadorlik, zamon ma’nolari kabi bevosita emas. Modal ma’nolar nutqiy akt bilan “nutqiy momenti” orqali emas, balki so’zlovchining pozissiyasi orqali bog’lanadi. Ular so’zlovchi nuqtai nazaridan gap mundarijasining voqeylikka munosabatini aks etiradi. V.V.Vinogradov nutqiy akt bilan bog’liq bo’lgan gramatik ma’nolar kompleksini gapning asosiy belgisi deb hisoblaydi. U nutqiy aktga tayanuvchi va nutqiy aktni aks etiruvchi gramatik ma’nolar kompleksining domo muayyan formal ifodalovchi bo’lishini ko’rsatadi vauni predikativlik deb ataydi.
So’z birikmasi bilan gap orasidagi farq nopredikativ va predikativ sintaktik birliklar orasidagi farq tarzida izohlanishi mumkin. Bu eng asosiy o’zak farqdir. Boshqa farqlar shunga asoslanadi yoki u,umiy xarakter kasb etmaydi. Chunonchi predikativlik – nopredikativlik belgisi asosida gap so’z birikmasining funksiyalari farq qilinadi. Gap kommunikativ birlik funksiyasini bajaradi, chunki u predikativlik belgisiga egadir:so’z birikmasi kommunikativ birlik funksiyasini bajarmaydi, chunki u predikativlik belgisiga ega emas.
So’z birikmasi tashqi tomondan gapga mos kelishi ham mumkin. Misol uchun oydin kecha so’z birikmasi bilan quydagi konteksdagi shu leksik-gramatik sosdavdan tashkil topgan gapni qiyoslaylik: 1944-yilning bahori. Oydin kecha. Osmon to’la yulduz. Oydinda va lampa yorug’ida gullagan o’riklar ko’rinadi.(Uyg’un).
Ega bilan kesimdan tashkil topgan ikki komponentli gaplarda komponentlar orasidagi ikki tomonlama tobelik munosabatini bunday gaplar bilan so’z birikmasini farqlovchi belgi sifatida ajratish mumkin. Bunda ega kesimning o’ziga mos keladigan shaxs sonda qo’llanishini taqoza etadi: Ular keldilar. Biz o’qidik kabi. Shu bilan birga, kesim eganing bosh kelishik formasida qo’llanishini talab qiladi. Ega bilan kesim aloqasida ega kesimni o’ziga muvofiq keladigan shaklga kirishini talab qilsa ham, gaplikni ko’rsatishda, predikativlikni ifodalashda kesim muhim ro’l o’ynaydi. Ega faqat predmetni atab ko’rsatadi, mavzuni bildiradi, uhaqda nima deyilishini kesim ko’rsatadi, ya’ni kesim eganing predikativ belgisini, u haqdagi hukumni, bayonni anglatadi.
Demak “ega+kesim” tipidagi komponentlar munosabati gapga xosdir. Bunday munosabat so’z birikmasiga mutlaqo xos emas. Bunga sabab “ega+kesim” tipidagi munosanatda predikativlikning ifodalanishidir. Bunda kesim predikativlikni ifodalovchi vosita hisoblanadi. Bu hol gapning asosiy konstruktiv bo’lagi ekanligidan kelib chiqadi.
Qo’shma gap. Mavjud gramatik adabiyotning ko’pchiligida gaplar tuzilishi jihatidan daslab ikki turga ajraladi: sodda gaplar va qo’shma gaplar. Bularda sodda gapning materiali so’z yoki so’z birikmasi ekanliga, qo’shma gaplarning materiali esa sodda gaplar ekanligi ko’rsatiladi.
O’zbek tilshunosligida gaplarning tuzilish jihatidan boshqacha tasnifi ham oldinga surilmoqda. Masalan, prof. G’.A.Abdirahmonov gaplarning tuzilishiga ko’ra, quydagi to’rt turga bo’lib izohlaydi: sodda gap, murakkab gap, qo’shma gap va period. Olim sodda gap bosh bo’laklardan yoki bosh va ikkinchi darajali bo’laklaridan tashqari, ajratilgan bo’laklari, undalma yoki kirish so’zlari bo’lgan gap konstruksiyasi ekanini, qo’shma gap faqat ikki sodda gapdan tuzilishini, period esa ikkidan ortiq gaplarning birikuvudan hosil bo’lishini aytadi.
Tilshunoslikda birinchi tasnif, ya’ni gaplarni struktura jihatdan sodda gap va qo’shma gap deb ikki turga ajratish keng tarqalgan va mustahkam o’rin olgan. Bu klasifikasiya asli tilda faqat ikkita sintaktik birlik – so’z birikmasi va gap bor deb qarashdan kelib chiqan. Nazarimizda, uchta sintaktik birlik – so’z birikmasi, gap va qoshma gap borligini tan olish kerak.
Biz gap deganda tradision gramatikadagi sodda gapni nazarda tutamiz va uni so’z birikmasiga qarama-qarshi qilib qo’yamiz. Ana shunday oppozisiya asli ularning (ham gapning, ham so’z birikmasining) o’ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Buni yuqorida ko’rdik. Qo’shma gap deganda esa gapning tuzilish jihatidan sodda gapga zid bo’lgan hususiy bir ko’rinishi, bir turi emas , balki bir qancha o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan alohida mustaqil sintaktik birlik tushuniladi. Bu jihatdan u boshqa sintaktik birliklardan va so’z birikmasiga qarama-qarshi qo’yiladi.
Qo’shma gapda gap (traditsion terminalogiya bilan aytsak, sodda gapga) xos xususiyatlar ham, so’z bilan birga, qo’shma gapda o’ziga xos jihatlar ham anchagina. Bu hol qo’shma gapni gapdan (sodda gapdan) ham, so’z birikmasidan ham farqlanib turadigan uchinchi bir sintaktik birlik deb hisoblashga imkon beradi.
Qo’shma gapga nisbatan esa bu mezondi qo’yib bo’lmaydi. Qo’shma gap bitta gap emas. U bir necha gapning birikuvidan hosil bo’lgan sintaktik konstruksiadir. Qo’shma gapning komponentlar orasidagi ma’lum sintaktik-sematik aloqa mavjud. Shunga ko’ra, bu konustruksiyani “qo’shma gap” deb emas A.A.Shaxmatov aytganidek, “gaplar birikmasi” deb atash to’g’iriroq bo’lar edi. Biroq tilshunoslikda qo’shma gap termini ko’pdan buyon qo’llanib keladi va juda o’zlashib ketgan. Shuninguchun ehtimol bugungi kunda uni o’zlashtirishga hojat ham yo’qdir. Lekin qo’shma gapni “bir necha gapdan hosil bo’lgan bitta gap” degan ma’noda emas balki “gaplar birikmasi” degan ma’noda tushunish kerak. Ushbu ishda biz “qo’shma gap” termini shu ma’noda qo’llaymiz.
Murakkab qo’shma gap oddiy qo’shma gap asisida uning kengayishidan hosil bo’ladi. Murakkab qo’shma gap komponentlarininbg o’zara sintaktik aloqa usuli va vositasi oddiy qo’shma gapnikidan farq qilmaydi. Masalan: U toshsa, uning mavjidanna shohning qasri, na darveshning kulbasi qolur – oddiy qo’shma gap. zero xalq shunday bir daryoyu azimki, u tishsa, uning mavjidan na shohning qasri, na darveshning kulbasi qolur (Oybek)-murakkab qo’shma gap. siz kuyib-pishib gapirib turganingizda, sigiri ma’rob qoldi – oddiy qo’shma gap. Siz kuyib-pishib gapirib turganingizda, sigiri ma’rob qolsa, sizga emas, sigirga qaraydigan odamga gap ta’sir qiladimi! (A.Qahhor) – murakkab qo’shma gap.
Misollar tahlili ko’rsatadiki, qo’shma gap bilan so’zbirikmasining, ularni tashkil etuvchi komponentlarning miqdoriga ko’ra, oddiy va murakkab deb ikki turga ajratilishi o’z mantiqiy asosiga ega.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

  1. R.Sayfullaeva va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabit tili. Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2009.

  2. H.Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabit tili. Toshkent: “Talqin”, 2005.

  3. M.Irisqulov. Tilshunoslikka kirish. Toshkent: “O’qituvchi”, 1992.

  4. S.Usmonov. Umumiy tilshunoslik. Toshkent: “O’qituvchi”, 1972.

  5. M.Mirtojiev. O’zbek tili semasiologiyasi. Toshkent: “MUMTOZSO’Z” 2010

Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish