5.
Yorug’likni sochilishi.
Bir jinsli muhitda ikkilamchi to‟lqinlar birlamchi to‟lqinlarning tarqalishi
yo‟nalishidan boshqa hamma yo‟nalishda bir-birini butunlay so‟ndiradi. Shuning uchun
yorug‟likning yo‟nalishlari bo‟yicha qayta taqsimlanishi , ya‟ni yorug‟likning
sochilishi yuzaga kelmaydi. Birlamchi nurning yo‟nalishda ikkilamchi to‟lqinlar
bilan interferensiyalanib, fazoviy tezligidan farq qiladigan natijaviy to‟lqinni
yuzaga keltiradi. Yorug‟likning sinishi va dispersiyasi yuqoridagi hol bilan
tushintiriladi. Yorug‟lik to‟lqinlari muhitning bir jinslimasliklarida difraksiyalanib,
intensivligining hamma yo‟nalishi bo‟yicha bir xil taqsimlanganligi bilan
xarakterlanuvchi difraksion manzarani hosil qiladi.
Optikaviy birjinslimasliklari aniq ifodalangan muhit nomlari loyqa muhit nomi bilan
yuritiladi. Bularga: 1) tutun, ya‟ni gazlardagi muallaq holda yurgan maydon zarralar;
2) tuman – gazlarda – muallaq holda yurgan suyuqlikning mayda tomchilar; 3)
suyuqlikda muallaq suzib yuruvchi qattiq zarrachalardan hosil bo‟lgan
suspenziyalar; 4) bir suyuqlikning mayda zarralarining, boshqa birinchisini
eritmaydigan suyuqlikda muallaq yurishlaridan hosil bo‟lgan emul‟siyalar; 5)
sadaf, opal, sutdek oppoq shisha kabi qattiq jismlar kiradi.
Yorug‟likning yon tomonlariga sochilishi tufayli intensivlikning tarqalish yo‟nalishi
bo‟yicha kamaya borishi faqat birgina yutilish bo‟layotgan nisbatan tezroq yuz beradi.
Shu sababli loyqa muhit uchun (17) ifoda haqiqiy x yutilishi koeffisenti ham tushirishi
kerak, ya‟ni J = J0 e-(x=x') e X kattalik ekstinksiya
koeffisenti deyiladi. Agar bir
jisnslimaslar o‟lchovi yorug‟lik to‟lqin uzunligidan kichik ( -0,1λ atrofida) bo‟lsa,
sochilgan yorug‟lik intensivligi J yorug‟lik chastotasining to‟rtinchi darajasiga to‟g‟ri
proporsional yoki to‟lqin uzunligining to‟rtinchi darajasiga teskari proporsional:
J~ w
4
~1/ λ
4
Bu bog‟lanish Reley qonuni nomi bilan yuritilgan. Yorug‟lik to‟lqini ta‟siridagi
elektronning harakati garonik r = rm coswt qonun bo‟yicha sodir bo‟ladi. bu
holda tezlanish w2 ga proporsional. Demak nurlanish intensivligi w4 ga
proporsional qonuniyatining namoyon bo‟lishini loyqa suyuqlik solingan
idishdan oq yorug‟lik dastasini o‟tkazib kuzatish onson. Yorug‟likning sochilishi
tufayli dastaning suyuqlikdagi izi idishning yon tomonidah yaxshi ko‟rinadi,
yorug‟likning qisqa to‟lqinlari uzunlariga qaraganda kuchlik sochilganligi sababli
bu iz havo rang bo‟lib ko‟rinadi. Suyuqlikdan o‟tgan dasta katta uzun to‟lqinli
nurlanish bilan boyib, E ekranda, oq rangning o‟rniga qizg‟ish sariq dog‟ hosil
qiladi. Dastaning idishda kirish oldiga polyarizator qo‟yib, birlamchi dasta
yo‟nalishiga perpendikulyar bo‟lgan turli yo‟nalishlarda. Sochilgan yorug‟lik
intensivligining bir xil bo‟lmaganini sezamiz. Dipol‟ nurlanishning
yo‟nalishga ega bo‟lishi birlamchi dastaning tebranish tekisligi bilan
mos tushgan yo‟nalishlarda sochilgan yorug‟lik intensivligining amalda nolga
teng bo‟lishiga tebranish tekisligiga tik yo‟nalishda maksimal bo‟lishiga olib
keladi. Optikaviy bir jinslimaslik namoyon bo‟lish sababini zichlik
fluktuasiyasidan deb topdilar. Bu fluktuasiyalar modda molekulalarining
tartibli harakati tufayli yuzaga keladi: shuning uchun molekulalar sababchi
bo‟lgan yorug‟likning bu tur sochilishi deb atalgan. Zichlik fluktuasiyasining
ortishi uchun ayniqsa modda kritik holatining
yaqinida qulay sharoit yuzaga
keladi. Bu fluktuasiyalar yorug’likning shunday intensiv sochilishiga olib keladiki,
yorug’lik yo’lidagi modda solingan ampula butunlay qora bo’lib ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |