1944 yilda bo‘lib o‘tgan Bretton-Vuds (AQSh) xalqaro konferensiyasida bu tizim huquqiy maqomni oldi. Bretton-Vuds kelishuvi xalqaro valyuta tizimining rivojlanishini eng muhim bosqichi hisoblanadi. Birinchi marta xalqaro valyuta tizimi hukumatlararo kelishuvlarga asoslana boshladi. Oltin-dollar standarti tizimini mustahkamlagan Bretton-Vuds tizimi xalqaro savdo oborotining kengayishda, sanoati rivojlangan davlatlar ishlab chiqarishining o‘sishida ham muhim rol o‘ynadi.
1976 yilda Kingstonda (Yamayka) bo‘lib o‘tgan XVFning navbatdagi majlisida dunyoda xalqaro valyuta tizimining asoslari aniqlandi.
7.3. Xalqaro rezerv valyuta birliklari 90-yillarning boshiga kelib suzuvchi kurslar faktorini amalga oshirilishi munosabati bilan quyidagi elementlar asosida yetarli darajada murakkab bo‘lgan xalqaro valyuta tizimini tashkil qilish sxemasi vujudga keldi:
1. Asosiy ustun birliklar tanlanadi. Bu bilan ular milliy valyutalar munosabatlarini, aniqrog‘i o‘z valyuta kurslarini saqlab qoldilar;
2. Valyuta kurslarinig o‘zgarish darajasi bir xil bo‘lmasdan, diapazoni keng edi. Bunda ma’lum diapazon doirasida faqat ayrim valyutalarga nisbatan valyuta kursi saqlanadi, boshqa valyutalarga nisbatan kurs erkin o‘zgarib turadi.
Yevropa valyuta tizimida (EVT) YeI har bir a’zosi valyutasining EKYuda hisoblangan asosiy kursi belgilangan. Mana shu asosiy kurs negizida valyutalarning o‘zaro kursi hisoblanadi. Bu kursdan kurslar amalda 2,25% dan ortiq farq qilishi mumkin emas. YeVTga qo‘shilgan ispan peseti uchun imtiyozli rejim va Italiya lirasi uchun 1993 yil avgustidan 15% gacha o‘zgarishlar chegarasi o‘rnatilgan.
EKYu yaratishdan maqsad - ayrim YeIga a’zo davlatlarni valyuta kurslarining barqarorligiga erishish edi. EKYuni yaratishning undagi muhim tomonlaridan biri AQSh dollarining oltinni o‘rnini bosish uchun yetarli darajada ishonchli emasligidir.
7.4. Yevropa valyuta tizimi Yevropa iqtisodiy hamjamiyatining tuzilishi yagona Yevropa valyutasini yaratishni ko‘zda tutmagan edi. Ammo 70-yillarning o‘rtalariga kelib yagona valyuta ittifoqini tuzish yo‘llarini qidirish faollashdi. Yevropa hamjamiyati liderlari nafaqat AQSh dollariga muqobil valyuta birligini yaratish, balki valyuta intervensiyasini amalga oshirish, valyuta o‘zgarishlarini davlat tomonidan nazorat qilishni amalga oshirishga harakat qildilar.Murakkab muzoqaralar natijasida YeI doirasida 1979 yilning martida Yevropa valyuta tizimi (EVT) tashkil topdi. YeVT - umumiy iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiluvchi, iqtisodiy integratsiya doirasida milliy valyutalarning ishlashi bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro (mintaqaviy) valyuta tizimidir. YeVT - jahon valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi.1990 yilda Yevropa valyuta tizimi kengaydi. Unga Angliya, Ispaniya, Portugaliya kirdi. 1991 yilda yagona Yevropa hududini tashkil qilish haqidagi Maastrixt shartnomasi imzolandi. Bu shartnomaga muvofiq YeI a’zolarining hukumat boshliqlari valyuta ittifoqini tuzish haqida kelishib oladilar.