Tayanch-harakat apparatining tuzilishi, fiziologiyasi, yosh xususiyatlari va gigienasi



Download 419 Kb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi419 Kb.
#251916
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tayanch-harakat apparatining tuzilishi, fiziologiyasi, yosh xusus

U z u n s u ya k l a r qo‘l-oyoqda bo‘ladi. Masalan, son, yelka, bilak, tirsak suyaklari va boshqalar. Bu suyaklarning ikki uchi va tanasi bo‘lib, uchlari epifiz, tanasi diafiz deb ataladi.

K a l t a s u ya k l a r har xil shakldagi mayda suyaklar bo‘lib, bularga kaft usti, tovon suyaklari va boshqalar kiradi.

Ya s s i s u ya k l a r serbar lentasimon va boshqa turli shakllarda bo‘lib, bularda suyaknnng g‘ovak qismi kam uchraydi. Yassi suyaklar ko‘krak qafasida va miya qutisida bo‘ladi.

A r a l a sh s u ya k l a r shaklsiz, har qaysi qismi har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Bularga chakka suyagi, umurtqalar misol bo‘ladi. Bulardan tashqari, skeletda bo‘shliqlarida havo saqlanadigan pnevmatik suyaklar uchraydi. Masalan, kalla suyagidagi yuqorigi jag‘, peshana suyagi va boshqalar ana shunday suyaklardir. Skeletda ba’zi mayda va erkin suyaklar bo‘lib, ular seysmik suyaklar deb ataladi. Masalan, tizza qopqog‘i suyaklari va boshqalar.

Suyaklarning birikishi. Skelet suyaklari o‘zaro hap xil usulda birikadi. Bu birikishni, asosan, 2 gruppaga: oraliqsiz – uzluksiz birikish, ya’ni sinartroz va oraliqli birikish, ya’ni diartrozga bo‘lish mumkin. Sinartroz birikish qo‘proq umurtqali hayvonlarda, diartroz birikish odamda, yuksak darajada tuzilgan hayvonlarda uchraydi. Harakatchan bo‘g‘imlar bilan suyaklarning birikishi tarixiy taraqqiyot natijasida kelib chiqqan. Suyaklarning bir-biri bilan suyak modda yordamida birikishi sinastoz, tog‘ay yordamida birikishi sinxondroz, biriktiruvchi to‘qima yordamida birikishi sindesmoz deyiladi. Suyaklar muskul yordamida birikishi ham mumkin. Suyakli birikish butunlay harakatsiz bo‘lib, bir suyak ikkinchi suyakka suyak modda yordamida birikadi. Masalan, chanoq va dumg‘aza suyaklari ana shunday birikkan. Skeletning ba’zi suyaklari, masalan, umurtqa pog‘onasidagi umurtqalar tanasi va qovurg‘alar to‘sh suyagiga uzluksiz tog‘ay yordamida birikadi. Bilak, tirsak suyaklari, katta va kichik boldir suyaklari o‘zaro biriktiruvchi parda yordamida birikadi. Kurak suyagi ko‘krak qafasi suyaklariga muskul yordamida birikadi.

Odam skeletidagi ko‘p suyaklar oraliq bo‘g‘imlar hosil qilib birikadi. Bo‘g‘imda asosiy hisoblangan bo‘g‘im xaltachasi, birikish yuzasi va bo‘shliq bo‘ladi. Bo‘g‘im yuzasi gialin tog‘ay bilan qo‘langan bo‘lib, bu tog‘ay nerv va qon tomirlari bilan ta’minlangan. Bo‘g‘im xaltachasi suyak usti pardasining bo‘g‘im atrofida kengayishidan hosil bo‘ladi. U 2 qavatdan: tashqi pishiq fibroz va ichki yumshoq sinoviy qavatdan tuzilgan bo‘ladi. Sinoviy qavatda oqsil, yog‘ tomchilari va turli tuzlarni o‘zida saqlagan sinoviy bo‘g‘im moyi ishlab chiqariladi. Bu suyuqlik harakat vaqtida bo‘g‘imlar yuzasini moylab, sirg‘anishni yengillashtiradi.

Bo‘g‘imlarning ichi bo‘sh bo‘lib, unda manfiy bosim saqlanadi, ya’ni havo bo‘lmaydi. Bu bosim bo‘g‘imlarning pishiqligini ta’minlovchi faktorlardan biridir. Ba’zi bo‘g‘imlar bo‘shlig‘ida pay (bog‘lag‘ich)lar, yaltiroq tog‘aylar va muskul paylari bo‘ladi. Bo‘g‘imlarning tashqi yuzasida ko‘p miqdorda pishiq bog‘lag‘ich, muskul va paylar bo‘lib, ular bo‘g‘imning mustahkamligini ta’minlaydi

Bo‘g‘imning turlari va ulardagi harakatlar. Bo‘g‘im yuzasining tuzilishiga qarab, bo‘g‘imlar sharsimon, ellipssimon, egarsimon, tsilindrsimon, g‘altaksimon bo‘ladi. Bo‘g‘imlar shakliga va funktsiyasiga ko‘ra, 1, 2, 3 o‘qli bo‘lishi mumkin.

Bir o‘qli bo‘g‘imlarga tsilindrsimon, g‘altaksimon bo‘g‘imlar kiradi. Tsilindrsimon bo‘g‘im bilak - tirsak suyaklarining ikki uchida bo‘lib, unda ichkariga va tashqariga burish harakati bo‘ladi. o‘altaksimon bo‘g‘im falangalar orasida, Yelka - tirsak suyaklari orasida bo‘lib, bu bug‘imlarda bukish-yozish harakatlari bo‘ladi.

Ikki o‘qli bo‘g‘imlarga ellipssimon (atlant - ensa, bilak, qo‘l panjasi bo‘g‘imlari), egarsimon (qo‘l panjasidagi bosh barmoqning kaft suyagi orasidagi) bo‘g‘imlar misol bo‘la oladi. Atlant - ensa bo‘g‘imida frontal o‘q, atrofida bukish-yozish, sagital o‘q atrofida chapga yoki ungga og‘ish harakatlari bo‘ladi. Bilak - qo‘l panjasi bo‘g‘imida bukish-yozish va uzoqlashtirish – yaqinlashtirish, qo‘l panjasidagi bosh barmoqni kaft suyagi orasidagi bo‘g‘imdan uzoqlashtirish-yaqinlashtirish va qarama-qarshi qo‘yish harakatlari bo‘ladi.

Uch o‘qli bo‘g‘imlarga sharsimon, Yelka bo‘g‘imi, yong‘oqsimon, tos-son bo‘g‘imi kiradi. Bu bo‘g‘imlarda frontal o‘q atrofida bukish-yozish, sagital o‘q atrofida uzoqlashtirish, vertikal o‘q atrofida ichkariga va tashqariga burish harakatlari bo‘ladi. Bularning yig‘indisidan aylanma harakat, masalan, Yelka bug‘imidagi harakatlar hosil bo‘ladi.

Tekis bo‘g‘imlarda siljish harakatlari juda kam, bularga tovon suyaklaridagi ba’zi birikishlar misol bo‘ladi (4-rasm). Bo‘g‘imlarning yuqorida aytilgandek, xilma-xil bo‘lib, turli harakatlar bajarishi bir necha ming yillar davomida odam mehnat qurollari bilan ishlashi tufayli kelib chiqqan. Bo‘g‘imning pishiqligi bo‘g‘im bo‘shlig‘idagi manfiy bosim, bo‘g‘im atrofidagi bo‘g‘im xaltachasi, bog‘lag‘ichlar va muskullarga bog‘liq bo‘ladi. Bo‘g‘imlarning chiqishi shu bo‘g‘imning tuzilishi va mustahkamligiga bog‘liq. Noto‘g‘ri harakatlar vaqtida tazyiq ostida shikastlanishda bo‘g‘im yuzalari bir-biridan uzoqlashadi, ya’ni bo‘g‘im chiqadi. Bo‘g‘im chiqqanda qattiq og‘riq seziladi. Harakatlar qiyinlashadi. Bunday vaqtda chiqqan joyni harakatsiz qilib bog‘lab, tezlik bilan vrachga murojaat etish kerak.

Odam skeleti asosan 3 gruppaga: gavda skeleti, qo‘l-oyoq, skeleti va kalla skeletiga bo‘lib o‘rganiladi.

Suyak shakllari: suyaklar 4 xil shaklda bo‘ladi.

Naysimon suyaklar. Bular o‘z navbatida ikki xil bo‘ladi. Uzun naysimon suyaklar ularga yelka, bilak, son, boldir suyaklari kiradi. Kaltanaysimon suyaklarga esa qo‘l va oyoqlarning kaft va barmoq suyaklari kiradi.

G‘ovak suyaklar. Bular ham ikki xil uzun g‘ovaksimon suyaklar bularga qovurg‘a, to‘sh, o‘mrov suyaklari, kalta g‘ovak suyaklarga esa umurtqa, qo‘l va oyoqlarning kaft, kaft usti suyaklari kiradi.

Yassi suyaklar. Bu suyaklarga bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va chanoq suyaklari kiradi.

G‘albirsimon suyaklar. Yuqori jag‘, peshona, bosh suyagining pastki asos qismidagi ponasimon va g‘albirsimon suyaklar kiradi.

Suyaklarning birikishi. Odam tanasidagi suyaklarning barchasi bir-biri bilan ikki xil:harakatsiz va harakatli birikadi.

Suyaklarning harakatsiz birikishiga bosh, umurtqa, chanoq suyaklarining bir-biri bilan tutashuvi misol bo‘ladi. Ular boylamlar, tog‘aylar, suyak choklari yordamida bir-biriga birikadi. Bosh suyagi peshona, tepa, chakka, ensa kabi alohida suyaklardan iborat bo‘lib, bola o‘sgan sari chok yordamida bir-biriga birikib, yaxlit bosh suyagini hosil qiladi. Bu suyaklar bir-biriga uzluksiz-zich birikkanligi uchun harakatsiz bo‘ladi.

Suyaklarning harakatli, ya'ni bo‘g‘im hosil qilib birikishiga qo‘l va oyoqlarning bo‘g‘imlari kiradi: yelka, tirsak, kaft usti, son-chanoq, tizza, boldir-tovon hamda qo‘l va oyoq panja suyaklarining bir-biri bilan bo‘g‘im hosil qilib birikishi misol bo‘ladi. Bo‘g‘im hosil qilib birikuvchi 2 ta suyakdan birining uchi qavariq, silliq, ikkinchisining uchi esa botiqroq bo‘ladi. Bo‘g‘im 3 qismdan: bo‘g‘im xaltachasi, suyaklarning birikish yuzasi va bo‘g‘im bo‘shlig‘idan iborat. Bo‘g‘im xaltachasi tashqi va ichki qavatdan tashkil topgan. Ichki qavatning pardasidan moysimon sinoviy suyuqlik (bo‘g‘im moyi) ishlab chiqariladi. Bu suyuqlik bo‘g‘im yuzasini moylab ishqalanishni kamaytiradi. Bo‘g‘im tashqi tomondan paylar bilan o‘ralib, uning mustahkamligini ta'minlaydi.




Download 419 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish