7. Mustaqil ish mavzularini bajarish tartibi.
Mustaqil ish mavzui va ish ob’ekti bo’lib, talabalar mavzuni zamonaviy ped-texnologiyalar asosida hamda o’quv-amaliyotini o’tadigan korxonalarning ishlab chiqarish natijalari asosida amalga oshirishi mumkin. Mustaqil ishi tegishli adabiyotlarda berilgan, chet el ilg’or korxonalarining batafsil keng ma’lumotlari asosida ham bajarilishi mumkin. Talabalar hamma mavzular bo’yicha bajargan ishlarini biriktirib, mustaqil ishi rahbari tomonidan imzolanadi (1-ilovaga qarang).
Agar talaba fandan mustaqil ishni referat shaklida bajarishni lozim topsa, uning bajarilish tartibi.
Mustaqil ishni bajarish bosqichlari quyidagilardan tashkil topadi:
mustaqil ish mavzusini tanlash va uni manbaini tayyorlash.
mavzu bo’yicha adabiyotlarni o’rganish va ish rejasini tuzish;
aniq ilovalarni ishlab chiqish;
berilgan takliflar bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik ko’rsatkichlarini hisobini tayyorlash;
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mustaqil ishni quyidagi bo’limlar bo’yicha tayyorlash taklif qilinadi:
Kirish
Asosiy qism (3-4 savolardan iborat).
Xulosa
Qo’llaniladigan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar.
Yuqorida ko’rsatilgan mustaqil ishi bo’limlari quyidagilarni o’z ichida qamrab olishi kerak:
A) Kirish. Bu qism xajmiga ko’ra uncha katta bo’lmagan, unda tanlangan mavzuni hozirgi zamon, bozor iqtisodiyotiga o’tish davridagi mohiyati va mavzuning asosi yoritilishi kerak bo’lgan masalalari haqida qisqacha bayonnomani o’z ichida mujassamlashtiradi.
B) Asosiy qism. Bu bo’limda tanlangan mavzuning asosiy mohiyati va mavzuning mag’zi yoritib beruvchi savollarga faqatgina nazariy nuqtai nazardan emas, balki korxonaning joriy holatini tahlili, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini, ilg’or korxonalar tajribasi va boshqalarni o’z ichiga qamrab olishi lozim.
V) Xulosa. Bu bo’limda yuqorida qayd etilgan B) bo’lim bo’yicha qilingan tahlil asosida xulosalar va kiritilgan tadbirlar bo’yicha olingan iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik ko’rsatkichlarini ham ko’rsatib o’tilishi lozim.
G) Qo’llanilgan adabiyotlar. Bu ro’yxat bibliografik talablar asosida keltirilishi kerak. Agarda, adabiyotdan olingan fikr yoki statistik ma’lumotlar biror bir manbadan olingan bo’lsa, tushuntirish haqida ro’yxatda keltirilgan ketma-ketlik raqami orqali ko’rsatib o’tilishi lozim.
D) Ilova. Mustaqil ishini bajarish uchun asos bo’lib xizmat qilgan me’yoriy statistik ma’lumotlar majsuasini ko’rsatib o’tish lozim.
Mustaqil ishida tahlil qilinayotgan ma’lumotlarni yanada ishonchliroq va mantiqiy ifodalash maqsadida turli xil diagramma, chizma, jadvallarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |