Malaka talablari:
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;
O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.
Klassifikator bo‘yicha:
№
|
Lavozim nomi
|
MMSK bo‘yicha kod
|
Xodimlar toifasi
|
Ma’lumotining eng past darajasi
|
O‘MKTMTYKM va OTYMK bo‘yicha kodi
|
1262
|
Tarmoq
administratori
|
2132
|
M
|
Oliy
|
5330100
|
AXBOROT - RESURS MARKAZI DIREKTOR LAVOZIM VAZIFALARI:
Markazning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
OTMsi, viloyat va Oliy va va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda markaziy ARMlar bilan bog‘lanib, doimiy ravishda ARM kutubxona fondini oshirib borish;
Barcha bibliografik ishlarning bajarilishini nazorat qilish;
ARM uchun gazeta va jurnallar obunasini tashkil etish;
OTM ARM va boshqa ARMlar bilan aloqani olib borish;
Axborot resurs markazida kitob yarmarkalarini tashkil etish;
Istiqbolli va joriy ish rejalarini ishlab chiqish;
Kutubxona (Axborot-resurs markazi) fondining shakllanishini, uning tartibiga solinishi va saqlanishini tashkil etish;
Kutubxona (Axborot-resurs markazi)ni zarur uskunalar bilan, shuningdek uni kompyuterlashtirishni ta’minlash;
Kutubxona (Axborot-resurs markazi)ni malakali xodimlar bilan ta’minlash, xodimlarning bilimlari, tajribasidan to‘g‘ri foydalanish, topshirilgan ish uchun mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini nazorat qilish;
Ishlov berish va butlash bo‘limining ishiga mutasaddilik qilish: nashriyotlarning rejalarini ishlab chiqish va tekshirishda qatnashish, bibkollektorda va kitob do‘konlarida adabiyotlarining jamlanishi bilan shug‘ullanadi, kutubxona (axborot-resurs markazi) fondlarini to‘liq butlash uchun tarmoq OTMsi va pochta orqali kitob jo‘natadigan do‘konlar bilan aloqani yo‘lga qo‘yish, kutubxona (axborot-resurs markazi)dagi adabiyotlarni hisobdan chiqarishga va yo‘qolganlari o‘rniga boshqa kitoblarni qabul qilib olishga bevosita rahbarlik qilish, hisob-kitob hujjatlarini tekshirish.
Bilishi kerak:
Markaz faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMsi rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTMsi yillik va istiqbolli rejalarini bilishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |