Malaka talablari:
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish;
O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;
O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.
Klassifikator bo‘yicha:
T/r
|
Lavozim nomi
|
MMSK bo‘yicha kod
|
Xodimlar toifasi
|
Ma’lumotining eng past darajasi
|
O‘MKTMTYKM va OTYMK bo‘yicha kodi
|
108
|
Kutubxonachi
|
4141
|
M
|
O‘/M
|
3350600
|
TEXNIK – FOYDALANISh VA XO‘JALIK BO‘LIMI BOShLIG’INING LAVOZIM VAZIFALARI:
Bo‘lim faoliyatini va xodimlar mexnatini tashkil etish;
Ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
Filial bino-inshootlari, xududlari, yer maydonlari, gulzorlar, daraxtzorlar, ariqlarni obodonlashtirish va ko‘klamzorlashtirish ishlarini bajarish;
Binolarni joriy va kapital ta’mirlash ishlarini bajarishda tegishli xodimlarni mexnatini tashkil qilish;
O‘quv, laboratoriya va talabalar turar joylari binolarini o‘quv va yumshoq mebel bilan jixozlarini ta’mirlash ishlarini bajarish;
Binolardagi va kafedralardagi yumshoq va qattiq jixozlarni sozligini va talab darajada saqlanishini nazorat qilish;
Jixozlarni inventarizasiyadan o‘tkazishda qatnashish;
Xo‘jalik ishlariga ajratilgan qurilish, ta’mirlash materiallari va xo‘jalik ashyolarini tejamli va maqsadli sarflanishini nazorat qilish;
Tegishli xududdagi ekologiya, atrof-muxit tozaligi, daraxtlar va gullarni parvarishlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish;
Tegishli xududdagi elektr tarmoqlari, yoritgichlarni sozligini va doimiy ishlashini ta’minlash;
Xo‘jalik sohasida hizmat qiluvchi texnik xodimlar-farrosh, qorovul, elektrik, santexnik, bog’bon, ishchi va boshqa texnik xodimlarning faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish;
Axborot kommunikasiya texnologiyalarni puxta bilish;
Filial ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.
Bilishi kerak:
Xo‘jalikni yuritishga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy xujjatlarni filiali ichki- tartib qoidalarini bilishi.
Malaka talablari:
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga – intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat xissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy xarakat qilish, mustaqil qaror qabul qilish xususiyatlariga ega bo‘lishi;
Oliy ma’motga ega bo‘lishi;
O‘z soxasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |