Otasi:Onasi, shoshma, onasi.(ortidan chiqib ketadi)
Boshlovchi:Onasi Toshkentga kelib o`g`lini rosa izladi va bir ahvolda uchratdi.
Onasi:O`g`lim, Azamatjon.
Azamat:Oyijon(quchoqlashishadi)
Onasi:Yaxshimisan bolam, o`qishlaring yaxshimi, bu nima ahvol, nimalarni kiyib olding,soqollaring nega o`sgan?
Azamat:Siz ham boshlamang oyi.Kecha dadam kelib boshimni qotirib ketdi.
Onasi:Boshingni qotirdi?Qachondan beri otang haqida bunday gapiradigan bo`lib qolding?O`qishga ham bormayotgan emishsan?
Azamat:O`qib olim bo`larmidim, pulim bo`lsa bor.Meni yaxshi bir guruh odamlari pul bilan ta`minlab turishibdi.Hozir hamma narsani pul hal qiladi oyi, menga pul bo`lsa bas.Boshqa hech narsa kerak emas.Siz ham oyi boshqa yonimga kelmang, men yaqinda o`sha guruh odamlari bilan chet elga xizmat safariga ketishim kerak.U yerda qora terga botib mehnat qilishga hojat yo`q.Arzimagan ish evaziga mo`maygina pul berishadi.
Onasi:Seni taniyolmay qoldim bolam.Qanaqa guruh haqida gapirayapsan?Hech bir zamonda mehnat qilmay rohat ko`rilmagan bolam, aldanib qolibsanku, jon o`g`lim.Axir sening orzularing soch-soqolini o`stirib, allambalolarni kiyib olib, o`z ota-onasini, Vatanini sotish emasdiku bolam.Axir,orzularing bir jahon ediku bolam, seni nima jin urdi?Men va otangni samolyotga mindirmoqchi edingku jon bolam?(yig`laydi)
Azamat:Bas qiling yig`i-sig`ini.U vaqtda yosh bo`lganman oyi.Endi bildim hayot nimaligini.Samolyotmish, yosh bola bo`lmang oyi!
(mayin musiqa sadosi yangraydi.Onani bu so`zlar butunlay ezib qo`yadi.U o`ychan yurib o`tgan umrini sar-hisob qiladi, o`liga nafrat ila boqib, asta-sekin uning yoniga boradi va qalbidagi gaplarini unga she`riy tarzda ifoda etadi.)
“Qayt o`g`lon” (Ilhom Hamroyev)
Oilasin bag`rida shodon o`sgan ey, o`g`lon,
Tinch-ozod yurt qo`ynida kamol topgan bek o`g`lon.
Dunyoga kelganingda dunyolarga sig`magan,
Padaring g`ururini yerlarga urma o`g`lon.
Jonu jismi taniga to`qqiz oy olib yurib,
So`ng dunyoga keltirib ko`ksidan oq sut berib.
Hatto ilk so`z aytganda tilingga bollar surib,
Ulg`aytirgan volidang dilin xun qilma o`g`lon.
Seni suyib yayratib, ilmu hunar o`rgatib,
Adashma bolajon deb, to`g`ri yo`lni ko`rsatib.
Parvozga shay bo`lganda samolarga yuzlatib,
Qanot bo`lgan elingni ko`ksini tilma o`g`lon.
Yerdagi bu jannatning bog`idan gullar terib,
Har zarra giyohidan dardingga darmon olib.
Musaffo osmonining toza havosin tuyib,
Nafas olgan shu yurtning bag`rini o`yma o`g`lon.
Kim uchun, nima uchun jon olib, jon beryapsan,
Begunoh go`daklarning jonin zavol qilyapsan.
Qancha mushtiparlarning uvoliga qolyapsan,
Jaholat olamidan saodatga qayt o`g`lon.
Sen adashgan yo`llarda nurafshonlik, ziyo yo`q,
Ular yurgan cho`llarda yavshon yo bir giyoh yo`q,
Dillarida iymoni osmonida Xudo yo`q,
Oxirating kuymasdan bu yo`lingdan qayt o`g`lon.
Unutma Ilhom Hamro, bobolar xo`p aytadir,
Kimga yomonlik qilsang, bir kun senga qaytadir.
Shunday Vatandan kechsang seni nima kutadir?
Tuban bo`lma dunyoda, yurtga qalqon bo`l o`g`lon!
Azamat:Oyijon, jon oyijon, meni kechiring.Menga yordam bering oyijon.Meni bog`lab qo`ying, meni qamab qo`ying jon oyijon.Davolating meni, oyijon!Men xato qildim, kechirilmas xato, oyijon.Meni aslimga qaytaring oyijon.Endi meni otam kechirarmikin, xalqim meni kechirarmikin, oyijon.
Onasi:Qo`rqma o`g`lim, men yoningdaman.Sabrli, irodali bo`l! Hammasi yaxshi bo`ladi.Seni otang ham, Vatanimiz ham kechiradi.Yuraqol bolam, yuraqol.Senga hammamiz yordam beramiz. Ey xudoyim, o`zingga shukur, insof berganingga shukur. (quchoqlashib chiqib ketishadi)
Do'stlaringiz bilan baham: |