Sxemalar va uning turlari hamda unga oid grafik vazufalar.
Umumiy ma’lumotlar. O’zDSt 2.701:2003 barcha sanoat tarmoqlari bo’yicha sxema turlari va ko‘rinishlarini chizish uchun tasdiqlangan.
Sxemalar buyumning tarkibiy elementlari hamda ularning o’zaro bog’lanishlariga qarab quyidagi harflar bilan belgilanadi: K - kinematik, El - elektr, G - gidravlik, P - pnevmatik, L - optik, V - vakumlik, X - gazli, R - energetikali, E - buyumning tarkibiy qismlariga bo’luvchi, S - kombinatsiyalashtirilgan sxema. Shuningdek, sxemalarning vazifasiga ko’ra turlarini quyidagi raqamlar bilan belgilash qabul qilingan: 1 - strukturalari, 2 - funktsional, 3 - printsipial (elektr sxemalar uchun to’liq), 4 - birlashtirish (elektr sxemalar uchun montaj), 5 - ulash, 6 - umumiy, 7 - joylashtirish, 0 - yig’ish.
Sxemaning nomi uning turi va ko’rinishiga qarab aniqlanadi. Masalan, prinsipial elektr sxemasi, prinsipial gidravlik sxema va boshqalar.
Strukturali sxema. Buyum qismining asosiy xizmatini, o’zaro bog’lanishi va vazifasini aniqlaydi. Funksional qismlari to’g’ri to’rtburchak ko’rinishida tasvirlanadi. Ba’zi elementlarni shartli grafik belgilarda tasvirlashga yo’l qo’yiladi. Agar sxema elementlari to’g’ri to’rtburchaklar ko’rinishida chizilgan bo’lsa, ularning ichiga elementlarning nomeri, belgi turi yozib qo’yiladi.
Funksional sxema. Buyum funksional qismlarining ayrimlari yoki barchasida ro’y beradigan jarayonlar tasvirlanadi. Undan buyumning ish jarayonini o’rganishda va buyumni sozlashda, nazorat qilishda va ta’mirlashda foydalaniladi.
Prinsipial sxema. Buyumning tarkibiy elementlari hamda ular orasidagi bog’lanishlarning barchasi prinsipial sxemada ko’rsatiladi. Shunga ko’ra sxemaning bu turi buyumning ishlash jarayoni to’g’risida to’liq ma’lumot beradi.
Biriktirish (montaj) sxemasi. Buyum qismlari orasidagi o’zaro birikishlar ko’rsatilishi sababli, unda ana shu birikmalarni amalga oshirish vositasi bo’lgan o’tkazgich, kabel, truboprovod kabilar aks ettiriladi.
Ulash sxemasi. Buyumning tashqi tomoni bilan boshqa buyumga birikish (ulash) joyi ko’rsatiladi.
Umumiy sxema. Kompleksning tarkibiy qismlari tasvirlanib, foydalanish joyida ularni qanday montaj qilish haqida ma’lumot beriladi. Buyum elementlarining o’zaro joylashishi sxemada taxminan to‘g‘ri tasvirlanadi.
Joylashtirish sxemasi. Buyum tarkibiy qismlarining bir-biriga nisbatan qanday joylashtirilganligi joylashtirish sxemasida ko’rsatiladi.
Birlashtirilgan sxema. Biror maqsadni ko’zlab ikki, uch xil sxemalar turi birlashtirilib tasvirlanishi mumkin. Masalan, prinsipial va montaj (birlashtirish), birlashtirish va ulash sxemasi. Bunday birlashtirishlar sxema turi va ko‘rinishi hujjat bilan aniqlanishi lozim. Masalan, elektr printsipial sxemasi va ulash sxemasi.
Kombinatsiyalashtirilgan sxema. Buyum tarkibiga turli elementlar ko‘rinishlari kiritilishi munosabati bilan, buyum uchun bir turdagi sxemalarning bir nechtasini tuzish talab qilinadi. Bunday sxemalarni bitta kombinatsiyalashtirilgan sxema bilan almashtirish lozim bo’ladi, masalan, elektrogidravlik prinsipial sxema.
Turli ko‘rmish va turlar sxemalari. Bunday sxemalar tarmoq standartlari tomonidan joriy etilgan kod, tur va ko‘rinishlarda bajariladi.
Sxemalarning shifri standartga muvofiq uning turini ko’rsatuvchi harf va turini belgilovchi raqamdan tashkil topadi.Masalan, pnevmatik strukturali sxema - P1, kinematik funksional sxema - K2 va hokazo.
Sxemalarda tasvirlanayotgan buyum elementlari ustma-ust tushmasligi va o’qish oson bo’lishi uchun mazkur elementlar qulay vaziyatda joylashtiriladi.Bundan tashqarigrafikbelgilarni bog’lovchi chiziqlar imkoni borichakam sinadigan va kamk esishadigan bo’lishi hamda parallel bog’lovchi chiziqlar oraisdagi masofa 3 mm dan kam bo’lmasligi lozim.
Elektr sxemalardaqo’llaniladigan shartligrafik belgilarning o’lchamlari standartda berilgani holda, boshqa turdagi sxemalar elementlarining o’lchamlari nisbati ularning haqiqiy o’lchamlari nisbatiga taxminan mos kelishi lozim.
Sxemalarda buyumning tarkibiy elementlari raqamlar bilan belgilanadi, ya’ni ularning vaziyat belgilari qo’yiladi. Har bir elementning tartib nomeri harakat boshlanadigan joydan boshlab chiqarish chizig’i tokchasiga qo’yiladi. Tokcha ostiga esa, kerak bo’lganda, element to‘g‘risida tushintirish ma’lumoti yoziladi. Sxemalarni harakatga keltiradigan joydan boshlab o’qiladi. O’qish paytida har bir elementning shartli tasvirlanishi, o’qish qiyin bo’lsa, ularni shartli belgilar bilan taqqoslab o’qiladi.
Sxema elementlarining shartli grafik belgilari bog’lanish chiziqlarining yo‘g‘onligi 0,2...1,0 mm atrofida olinadi. Bitta sxemada barcha chiziqlar (buyum elementlari va bog’lanish chiziqlari) bir xil tanlangan yo’gonlikda chiziladi. Sxemada barcha shartli grafik belgilar standart tomonidan qanday qabul qilingan bo’lsa, o’shanday vaziyatda chizilishi kerak, lekin ba’zi maqsadlarni ko’zlab, ularni 90° ga burilib yoki 180° ga ag’darib tasvirlash mumkin. Raqamli yoki harfli-raqamli belgilari bor sxema elementining shartli grafik belgisini 90° yoki 45° ga burib tasvirlashga yo’l qo’yiladi.
Sanoat va qurilmaning barcha tarmoqlaridagi buyumlar uchun qo’lda yoki avtomatlashtirilgan usulda bajariladigan sxemalarning shartli grafik belgilari standart tomonidan umumiy tatbiq qilinishiga mo’ljallangan. (10.1,10.2-jadvallar).
10.1-jadval.
O’tkazuvchi quvur armaturalarining shartli grafik belgilanishi
10.2-jadval.
Kinematik sxemalar (O‘zDSt 2.702:2003). Kinematik sxemalar asosiy vazifasiga ko’ra prinsipial, strukturali va funksional turlarga bo’linadi.
Prinsipial sxemada barcha kinematk elementlarning yo’nalishi va ulaning bog’lanishi, boshqarilishi, sozlanishi va harakatlarining nazorat qilinishi ko’rsatiladi. Sxemada mexanik va mexanik bo’lmagan juftlar, zanjirlar, guruhlar orasidagi bog’lanishlar ko’rsatiladi.
Sxemada vallar, o’qlar, sterjenlar, shatun kabilar s yo‘g‘onlikdagi asosiy yo’g’on tutash chiziq bilan chiziladi. Sxema elementlari s/2 yo‘g‘onlikdagi ingichka tutash chiziq bilan, buyum konturi ichiga chizilgan sxema s/3 yo‘g‘onlikdagi ingichka tutash chiziq bilan chiziladi. Tutash zvenolarning orasidagi kinematik bog’lanishlar s/l yo‘g‘onlikdagi shtrix chiziqlarda, elementlar orasidagi yoki ularning harakat manbayi bilan mexanik bo’lmagan (energetikali) kinematik bog’lanishlari s/l yo‘g‘onlikda ikki qatorli o’zaro parallel shtrix chiziqda, elementlar orasidagi hisob-kitob bog’lanishlari s/l yo‘g‘onlikdagi uch qatorli o’zaro parallel shtrix chiziqlarda chiziladi.
Sxemada mashina va mexanizmlarning zvenolari orasidagi harakatlarning o’zaro bog’liqligini ko’rsatish bilan birga vallarning aylanma harakat soni, shkiv diametrlari, tishli g’ildiraklar tishlarning soni, moduli, dvigatelining quvvati va boshqa texnik ko’rsatkichlar beriladi.
Sxemada kinematik guruhlar va elementlar vazifasini chiqarilgan chiziq tokchasi ostiga yozib qo’yish mumkin. Vallar rim raqami bilan, qolgan elementlari arab raqamlar bilan nomerlanadi.
Eng ko’p tarqalgan sxema elementlariga harfiy belgilar qo’yiladi. Standartga muvofiq umumiy mexanizmlar - A, vallar - B, Kulochokli mexanizm elementlari (kulachok, itargich) - C, turli elementlar - E, bukiladigan mexanizm elementlari (tasma, zanjir) - K, xrapovikli mexanizm elementlari - P, tishli va friksion mexanizm elementlari - T, harakat manbayi (motor) - M, muftalar, tormozlar - X, U harflari bilan ko’rsatiladi.
Strukturali sxemada asosiy funktsional qismlar (elementlar, moslama) va ular orasidagi o’zaro bog’lanishlar tasvirlanadi.
Funksianal sxemada funksianal qismlarni oddiy geometrik shakl tarzida va ular orasidagi funktsional bog’lanishlar ko’rsatiladi. Barcha tasvirlangan funksional qismlarning nomlari ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
Kinematik sxemalar standart tomonidan tasdiqlangan shartli grafik belgilar bilan tasvirlanadi (10.3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |