Kimyoviy tolalar
Fan va texnikaning rivojlana borishi bilan
imkoniyat paydo boidi va turli qulayliklarga ega boigan kimyoviy
tolalar olishga erishildi. Kimyoviy tolalar ikki turga boiinadi:
sun’iy va sintetik.
235
Sun’iy
tolalar
tabiatdagi polimerlardan ya’ni paxta, yog‘och va
boshqa sellyuloza, o‘simliklardan oqsillarga turli kimyoviy birik-
malar qo‘shish bilan olinadi, masalan: azot, sirka, sulfat kislotalar,
ammiak aralashmasi, mis oksidi va ishqorli natriy. Nitrohelok, misli
ammiak va viskozalar shunday tolalar turkumiga kiradi.
Nitroshyolklar ishlab chiqarishda, asosan mato o‘zagi vazifasini
bajaradi. Ammiakli misdan esa hech qanday qo‘shimchalarsiz
tolalar olinadi.
Sintetik tolalar
turli narsalami kimyoviy ishlovdan o‘tkazish
natijasida olinadi: qishloq xo‘jalik chiqindilari, neft, ko‘mir, tabiiy
gaz va boshqalardir. Bundan tashqari, qog‘oz-sellyuloza sanoati
chiqindilaridan ham foydalaniladi. Sintetik tolalardan bizga
toshxlorvinil, neylon, kapron, lavsan nitron tanishdir.
Aralash tolalar
Hozirgi paytda aralash tolalardan foydalanish
boy assortimentga ega bo‘lgan tolalar va matolar yaratishda
imkoniyat darajasi yo‘lini ochib beradi. Tabiiy tolalar bilan (paxta
va jun, paxta va tabiiy ipak, paxta va zig‘ir) yoki tabiiy, sun’iy va
sintetik qo‘shilmalarida (paxta va viskoza, zig‘ir va kapron, jun va
neylon). Yarim jun va yarim ipak matolami olishda, to‘qish jarayoni
davomida asos etib bir tola va bir ip olinadi.
To‘quv sanoatlarida tolalar ishlab chiqishda turli to‘qish
jarayonlaridan foydalaniladi. To‘qish jarayoni 4 guruhga bo‘linadi.
1. Oddiy va silliq.
2. Mayda naqshli.
3. Murakkab naqshli.
4. Yirik naqshli.
Oddiy va silliq guruhga to‘qishning eng keng tarqalgan to‘rtta
turi kiradi: atlasli, satinli, sarjali, matoli to‘qish eng oddiysi hisob-
lanadi. Bunday to‘qilgan mato silliq o‘ralgan bo‘ladi. Matoning o‘zi
juda chidamli bo‘ladi: chit, bo‘z, batist, polotno, porusina, ba’zi jun
va ipakli matolar, shtapel matolari bunga misol bo‘la oladi. To‘-
quvning qay darajasida ekanligi, dokada ayniqsa, aniq ko‘rinadi.
Saijelik matolar to‘quvi boshqa matolar to‘quvidan tashqi
ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Ulardan chapdan o‘ngga to‘qilgan
qiyshiq yo‘llari yaqqol ko‘rinib turadi. Boston diagonal, kaverkot,
matolari shunday to‘quvga egadir.
236
Satin va atlas matolari tashqi ko‘rinishi bilan oldingi ikkita
matolar to‘qilishidan keskin farq qiladi, chunki ulaming oldi tomoni
silliq va yaltiroq tusga ega bo‘ladi. Bunday to‘quv yo‘li orqali
paxtali (satin), ipakli (atlas, astarli) matolar ishlab chiqariladi.
Mayda naqshli to‘quv: Mayda to‘quvda matoning ustki qismida
doimo to‘g‘ri va mayda naqshlar bir xilda takrorlanib turadi.
Naqshlari aniq ajralib turmaydi. Matoda zigzag4lar, yo‘Ilar va
to‘Iqinli chiziqlar ko‘rinib turadi.
Yirik naqshli to‘quv turli oddiy iplar to‘quvi asosida olib
boriladi.
Murakkab to‘quv.
To‘quv sanoatida tukli va ko‘p qatli matolar ishlab chiqariladi.
Bulami iplami to‘qish ancha murakkab bo‘lgan yo‘llar bilan olish
mumkin. Matoni bunday yo‘1 bilan to‘qish kashtachilikni eslatadi.
To‘quv stanoklarida iste’molga tayyor bo‘lmagan dag‘al
matolar ishlab chiqariladi. Bu matolar keyingi ishlovdan o‘tishlari
kerak: ulami oqartirilib dazmol qiladilar, matolar turli qayta
ishlovlardan so‘ng silliq va yaltiroq holga keladi.
Turli matolarga ishlov berish ma’lum xususiyatga egadir shun-
day yo‘llardan biri, ishlovning bir turi hisoblangan «appreti-
rovka»da matoga maxsus tarkibli suyuqlik yupqa qilib suriladi. Bu
esa matoni yanada go'zallashtiriladi yumshatadi yoki dag‘al-
lashtiradi, tarangligini va sifatini yaxshilaydi Matoga turli app-
retorlar bilan ishlov berish natijasida mato kam kirishuvchan va
shunga o‘xshash kerakli sifatlarga ega bo‘ladi. Matolaming yanada
ko‘rkamligini oshirish maqsadida «appret» ga boshqa tarkiblar
qo‘shiladi.
Matolar kraxmal va dekstrin tarkiblari bilan shimdiriladi. Bu esa
ulami yanada chidamli, qattiq va silliq bo‘lishini ta’minlaydi. Suvga
va olovga chidamli maxsus matolar esa maxsus tarkibiy suyuqliklar
bilan shimdiriladi. So‘ngra matolar bo‘yaladi, quritiladi, dazmol
qilinadi va tortiladi. Matolami bo‘yash va unga rasm tushirishning
turli texnologiyalari mavjud.
Gazmollar o‘z tavsiyasiga binoan maishiy, maxsus va texnik
turlarga boMinadi. Gazmollami texnik turlarining ko‘pchiligini
maishiy matolar tashkil qiladi. Texnik va maxsus matolardan esa
yordamchi yoki mustaqil gazmol sifatida foydalanish mumkin. Tex-
237
nik va maxsus gazmollarga quyidagilar kiradi: elektroizolyatsiyasi
uchun qoplagich matolar, konveyer uchun lentalar, parashyut uchun
matolar, ximiya kiyimlari, brezent, kleyonka, qoplar uchun.
0 ‘simlik yoki hayvonlardan olinadigan tolalardan tayyorlangan
matolar tashqi ko‘rinishidan farqlanadi va ulardan turli Tabiiy
gazmollar tayyorlanadi: paxta tolalaridan satin, bo‘z, bumaziy,
paxmoq, chiyduxoba, vual.
Zig‘ir tolasi: salfetka va sochiqlar tukli va choyshab uchun.
Jundan: boston, gabardin, drap, kashimir.
Ipakdan: krepdeshin, krep satin, atlas, duxoba.
Kimyoviy tolalardan tayyorlanadigan turli sun’iy gazmollar:
shoyi, kapron, neylon.
II.
Tekstil matolari ishtirokida o‘tkazilib boriladigan mash-
g‘ulotlar aqli zaif bolalarda korreksion - ongni rivojlanish
faoliyatida, bichish-tikish ishlarini o‘rganishda, qator bilimlarga ega
bo‘lishda ko‘p yordam beradi. Bunday mehnat turi o‘zining qator
ijobiy tomonlariga ega. Darslarda o‘quvchilar matolar, iplar bilan
tanishadilar. Amaliy mashg‘ulot davrida esa o'quvchilarda yangi
bilimlar, qolaversa, matolar bilan olib boriladigan turli ishlar bilan
tanishadilar. Ulaming ishlov berish jarayonlari bilan ham tani
shadilar.
Masalan, ba’zi jarayonlar - o‘lchash, matolar bilan ishlaganda,
qaychi bilan kesish, bu qog‘oz bilan ishlaganda ham uchraydi.
Bichish-tikish barcha tana a’zolarini faol, har taraflama ishlashga
undaydi. 0 ‘quvchilarga matolar bilan ishlash jarayonini o‘rgatish,
o‘z ishida ketma-ketlik, reja bilan ishlashga o‘rgatadi. Ishlash
jarayonidan oldin namunalardan, so‘ngra esa matolardan foyda-
lanishga o‘rgatib boriladi.
Bolalarga ko‘p kiyimlaridan namunalar berilsa, unda iplar
to‘qilishi yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu narsa tikish jarayonida
doimiy uchraydi.
Mashg‘ulotlaming dastlabki jarayonlaridanoq bolalardan may
da, diqqat talab etuvchi ishlami so‘ramaslik kerak, chunki bunday
ishlar bolalaming ko‘rish qobiliyatini charchashiga olib keladi.
Dars jarayonining o‘rtalarida ish olib borilayotgan matolar
to‘g‘risida o‘quvchilar bilan qisqa suhbatlar o‘tkazilsa, maqsadga
muvofiq boiadi. Ba’zi bolalarda ignadan ipni o‘tkazish, tugun
238
qilish jarayonlari muammoli holda kechadi. Bunday hollar ko‘proq
korreksion harakati yoki ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan bolalarda
uchraydi.
Boshlangich sinf o‘quvchilari mehnat darslarida quyidagi gaplar
bilan tanishadilar: «igna oldinga», «atrofmi tikish», (qayirib)-l-
sinfda; «igna orqaga», novdasimon, tamburga, ilgakli - II - sinfda;
«chiziqchada», nay ostida, ilgakli - П1 - sinfda, mehnat darsidagi
barcha ishlar yuqoridagilarga suyangan holda olib boriladi. Sinfdan
tashqari ishlarda o‘quvchilar yangi gaplar bilan tanishadilar. Bu esa
mehnat darsliklarida o‘rgatilgan tikishlar qatorida yangilarini o‘r-
ganishga zamin tayyorlaydi. Bu esa matolar tikilgan mahsulotlarni
bezatishda qo‘l keladi.
Har bir tikilgan chok qo‘lda tortiladi. Choklarni qo‘lda
tekshirish degani, bu ish faoliyati davomida matoga ignalar ip bilan
kirgizib ma’lum oraliqdan so‘ng undan chiqariladi. Matoda turli
oraliqda bo‘lgan izlar qoladi. Bunda qanday oraliqda ignalar
sanchilganini ko‘rish mumkin. Matoda qolgan iplar izlari «chok »
deb ataladi.
Chok uzunligi 1,5 mm dan 3 sm gacha bo‘lib, bir tomonga
qarab yoki bir tomonga qiyshaygan holda bo‘lishi mumkin. Bir-
birining ketidan borib, bir xilda bo‘lgan tikish chok deb ataladi.
Choklar o‘z vazifasiga qarab, birlashtiruvchi, mustahkamlovchi,
qattiqlovchi bo‘ladi.
III.
Boshlang‘ich sinflarda mehnat darsini o‘rgatish dasturi
o'qituvchi oldiga quyidagi aniq masalalami qo‘yadi:
A) Bolalar bilimini oshirishda doimiy va individual ravishda
ishlab chiqarish faoliyati, texnika shu bilan birga matolar va ularga
xos bo‘lgan tomonlami yanada kengroq tushuntirib borish kerak
bo‘ladi.
B) Matolar ishlovida, turli matolarga ishlov berishda oddiy qo‘l
mehnati davomida foydalaniladigan asboblardan foydalanish o‘r-
gatiladi.
D)
Umumiy mehnat bo‘limlarini shakllantirish, mehnat ma-
daniyati, mehnatga faol munosabatda bo‘lish, mehnat jarayoni yoki
davomida mustaqil bo‘lish, ish jarayonida o‘z mehnatini nazorat
qila bilish kabi fazilatlarga o‘rgatish.
239
E)
Mehnat jarayoni davomida bolalami har tomonlama tar-
biyalash va rivojlantirish: estetik, jismoniy va aqliy.
Ushbu mehnat darslarining umumiy masalalaridan kelib
chiqqan holda «mato bilan ishlash» o‘z mazmuniga, o‘z maqsadiga
va aniq masalalarga ega.
Amaliy mashg‘ulotiar davomida o‘quvchilar asboblar bilan
ishlash va ularga ko‘nikmalar hosil qiladilar: qaychilar, igna,
shablon, o‘lchov asboblari.
Tekstil matolarga ishlov berishdagi amaliy mashg‘ulotlar esa
ko‘zda chamalashni o‘rgatadi. Bu esa umumiy mehnat faoliyatiga
tayyorlashda rnuhim ahamiyatga egadir.
Barehaga ma’lumki, tekstil matolarga ishlov berish boshqa
matolarga ko‘ra ancha murakkabdir. Mato bilan ishlab boigach,
qog‘oz bilan ishlash ancha oson keladi.
Tikish, to‘qish, kashtachilik jarayonlari o‘z natijalari yaqqol
ko'zga tashlanganligi bilan bolalami o‘ziga jalb etadi.
Ba’zi bilim va uquvlar bolalarda o‘z kiyimlariga ehtiyotkorlik,
ozodalik bilan qarashga o‘rgatadi. Gazlama bilan ishlash jarayoni
bolalarda mehnat madaniyati, rejalashtirish va tashkil etish
qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bolalar sabr toqatli bo‘ladilar. Ular bir
so‘zli, tirishqoq, boshlagan ishlarini oxiriga yetkazishga harakat
qilishga o‘rganadilar.
Tikish, kashtachilik darslarida bolalaming estetik dunyoqarashi
takomillashib boradi. Tikish jarayoni predmetlar o‘rtasidagi aloqa
vositasi rolini bajarishda muhim o‘rin tutadi. Bolalaming so‘z
boyligi oshadi. Geometrik shakllar haqidagi tushunchalari oshadi,
sifati, rangini, tanlash qobiliyatlari kuchayadi.
Matolar bilan ishlash darslari tikish, kashtachilik, to‘qish
ishlarida oddiy texnik va ommaviy tayyorgarlik jarayonlarini o‘r-
gatadi. Biroq, shuni doimo nazarda tutish zarurki, bolalami meh-
natning bu turiga o‘rgatilganda darsdan tashqari amaliy mash-
g‘ulotlar bilan ham ko‘proq mustahkamlash kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |