Tasviriy san’at va qo‘l mehnatiga 0 ‘qitish maxsus



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/79
Sana26.11.2022
Hajmi7,47 Mb.
#873162
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79
Bog'liq
tasviriy sant va qol mehnatiga oqitish maxsus metodikasi

I kichik guruhda: 
Tarbiyachi guruhda bolalami mashg‘ulotdan 
keyin o‘z jo ‘yini tartibga solishga, ya’ni qolgan loyni, mo‘yqalamni, 
salfetkani, qalamni tarbiyachiga berishga o ‘rganadilar.
П kichik guruhda: 
yilning boshida tarbiyachining o‘zi mate­
riallami tayyorlaydi, so‘ng alohida bolalami materiallar tayyor- 
lashga jalb etadi. Bu navbatchilik emas, balki ba’zi bolalar uchun 
topshiriqlar berish hisoblanadi. (yil davomida tarbiyachi hamma 
bolalami mehnat topshiriqlarini bajarishga jalb etishi lozim). 
Mashg‘ulotdan so‘ng bolalar, har bir o‘z stollaridagi narsalami oldin 
umumiy stolga olib kelishga o‘rganadilar, so‘ng tarbiyachi o‘z
58


yordamchilari bilan mo‘yqalamlarini yuvadi, salfetkalami yig‘ib 
oladi.
0 ‘rta gurubda. 
0 ‘rta guruhda ham yilning boshida huddi II 
kichik guruh kabi topshiriqlar beriladi. Yilning ikkinchi yarmida 
tarbiyachi bolalarni navbatchilikka jalb etadi. Ular bankalarga suv 
quyadilar, bo‘yoqlami qo‘yib chiqadilar va boshqalar. Mashg‘u- 
lotdan so‘ng bo‘yoqlarni joyiga olib borib, suv va mo‘yqaIam!ami 
yuvib, joyiga qo‘yadilar.
Katta guruhda. 
Katta guruhdagi navbatchilar stol va stul- 
laming qay tarzda turishini nazorat qilib, mashg‘ulotdan so‘ng 
stollar ustini artib chiqadilar, ular loy, bo‘yoqni, mo‘yqalamlarni 
stol ustiga qo‘yib chiqadilar. Yelim ham qo‘yib chiqadilar. 
Taxtachalami yig‘ib, bankachalami yuvib joyiga qo'yadilar, 
qaychilarni tarqatib, mashg‘ulotdan so‘ng yig‘ib chiqadilar.
Tayyorlov guruhida. 
Bu guruhda navbatchilikka katta mus- 
taqillik beriladi. Tarbiyachi bolalarga, navbatchilarga mashg‘ulot 
uchun nimalar kerak bo‘lishini aytadi, navbatchilar ulami 
tayyorlaydi. Tarbiyachi kuzatadi.
Mashg‘ulotga tarbiyachining tayyorlanishi
Mashg‘ulotni boshlashdan awal, tarbiyachi albatta o‘zi tan- 
lagan natura, o‘yinchoq, illyustratsiya va o‘zi bolalarga nisbatan 
qayerda turishi kerakligini aniqlab oladi. Mashg‘ulotdan oldin 
tarbiyachi albatta chizishni, loydan yasashni, qirqishni mashq qilishi 
lozim. Bu esa tarbiyachiga uni tasvir etishning yil va vositalarini 
aniqlab olish va qay bir murakkab qismi ustida ko'proq ishlashni va 
bolalaming diqqatini ham shu yerga ko‘proq tortish imkonini 
beradi. Mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida tarbiyachi metodik 
adabiyotlarga murojaat etadi, qay bir metod va usullami qoMlash 
mumkinligi ustida ishlaydi. Tarbiyachi mashg‘uIotni tashkil etishga 
tayyor bo‘lgach, boialami o‘yin faoliyatidan asta ta’limiy faoliyatga 
ko‘chirib o‘tadi. Mashg‘ulotni tashkil etish momenti bir ikki 
minutni tashkil etadi. Bu qism mashg‘ulotga qarab turlicha uyush- 
tirilishi mumkin. Masalan: boialami tasvirlashlari kerak bo‘ladigan 
predmet yoki illyustratsiyalami ko‘rishni, kichkintoylarga esa o‘sha 
narsa bilan o‘ynashi, qo‘li bilan tegishi mumkin bo‘ladi. Kichik
59


guruhdan boshlab bolalami sekin asta, shovqinsiz, stol atrofiga 
o‘tirishga o‘rgatamiz. Mashg‘ulotning turiga va mazmuniga qarab, 
bolalar turlicha o‘tkazilishi mumkin. Masalan: kichik guruhda yarim 
oysimon shaklda o‘tkazish mumkin. Bunda tarbiyachi har bir bolani 
ko‘radi va yordam ko‘rsatish maqsadida har birining oldiga borishi 
mumkin.
III. Hamma mashg‘ulotlar uch qismga bo‘linadi:
Mashg‘ulotning boshlanishi-topshiriqni tushuntirish;
Mashg‘ulotning borishi-topshiriqni bolalar tomonidan baja- 
rilishi;
Mashg‘ulotning yakuni-bolalar bilan bajarilgan topshiriqni 
tahlil qilish.
I va II qismlar bolalar yoshi va topshiriqqa qarab 2-5 minut­
gacha davom etishi mumkin, 1-qismda tarbiyachi bolalarga ular 
bajaradigan topshiriqni xabar beradi. Tarbiyachining tushuntirishi 
emotsional, ijodiy kayfiyat tug‘dirishi lozim. 2 - qismda tarbiyachi 
bolalami berilgan topshiriqni bajarishga kirishishlarini tekshiradi. 
Bola ishi o‘rtasida pauza boMmasin, bola bir topshiriqni bajardimi, 
keyingisiga darhol o‘tishlari, bajarishlarini kuzatish lozim. Mash- 
g‘ulot davomida bolalar tinch ishlashga, o‘z o‘rinlaridan so‘roqsiz 
turmaslikka o‘rganadilar. Katta guruhdagi bolalar dastavval tarbi­
yachi ruxsati bilan, keyin o‘zlari suvni, mo‘yqalamni o‘z joyiga 
qo‘yadilar. Kichik guruhda bolalar mustaqil bo‘lmaganlari uchun 
ko‘proq tarbiyachining o‘zi bolalar oldiga kelib turadi. 0 ‘rta 
guruhdan boshlab bolalar tarbiyachiga qo‘llarini ko‘tarib, murojaat 
etishga o‘rganadilar. Bolalami asta-sekin mustaqil ishlashga 
o'rgatib boriladi. Bor bo‘lgan qiyinchiliklarni o‘zlari hal etish 
yoMlarini o‘rganib boradilar. Mashg‘ulotni yakuniga 5 minut 
qolganda bolalar ogohlantiriladi. Bu narsa kichik guruh bolalari 
uchun ortiqcha hisoblanadi, chunki ular hali bu aloqani egallamagan 
bo‘ladilar. Kichik gumhdan boshlab bolalarga agarda ishini oldinroq 
tugatgan bo‘lsa, o‘zi yana rasmni element bilan boyitishni taklif 
etiladi. Tarbiyachi ishni tugatishni qat’iyan taklif etsa bolalar 
hammasi ishni tugatishi va tarbiyachi kunning ikkinchi yarmida 
bolalarga o‘z ishlarini tugatib olishga imkon yaratishi lozim.
Bolalar ishini tahlil qilish muhim metodlardan biri bo‘lib 
hisoblanadi. Bolalar ishlarining tahlil! ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyat-
60


ga ega. Bolalar ishlari devoriy ro‘znoma qilib osiladi. Bolalar devo- 
riy ro‘znomadagi ishlarini yaxshilab ko‘rib chiqadilar. Tarbiyachi 
bolalaming fikrlarini so‘raydi va bolalar ishlariga umumiy baho 
beradi. Mashg‘ulotdan so‘ng bolalarga o‘z ishlarini ko‘rib chiqish 
uchun yana bir bor imkoniyat yaratib beradi. Agar mashg‘ulot 
cho‘zilib, vaqt qolmasa, sayrdan keyin yoki kunning ikkinchi yarmi- 
da amalga oshirish mumkin. Bolalar ishlarida tarbiyachi ota-onalar 
uchun burchak tashkil etadi va bolalar ishlarini u yerda keyingi 
mashg‘ulotgacha qoldiradi. Albatta ular dastavval yaxshilab beza- 
tiladi. Ulami turlicha bezatish mumkin. Masalan: pasport sifatida. 
Pasport bolalar ishidan katta bo‘lib bolalar ismi, familiyasi yoziladi 
va ancha vaqtgacha saqlashga imkoniyat beradi. Agar burchak 
tashkil etishni iloji bo‘lmasa, bolalar ishidan albom qilinadi. 
Bittadan varaq bir kishiga ajratiladi va varaq ustiga konvert 
yopishtiriladi. Bolaning ismi yozib qo‘yilib, shu konvertga bolaning 
har bir bajargan ishi qo‘yiladi.

Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish