Modellashtirish ta’limi
Ayrim maktab hududlarida, butun maktab hududiga xizmat
ko‘rsatishi uchun, moslashuv san’ati mutaxassislarini yollashadi.
Ular maxsus ta’lim o‘qituvchilari va san’at mutaxassislarining
51
imkoniyat darajasi cheklangan talabalami o‘qitish mahoratlarini
oshirish uchun, ular bilan birga ishlaydilar. 0 ‘qitish metodlaridan
biri o‘qitish modeli hisoblanadi. Moslashuv san’at mutaxassisi
sinfda, o‘qituvchilar kuzatib turishlari uchun namuna sifatida sinf
bilan ishlaydi. Moslashuv san’ati mutaxassisi badiiy faoliyat va
darsni yetkazib berish modellari usullari bilan ta’minlaydi. Bunday
strategiya san’at o‘qituvchilari yoki maxsus ta’lim o‘qituvchilarini
alohida talabalar bilan ishlashga imkon beradi. Maxsus ta’lim va
san’at o‘qituvchi!ari talabalarga ko‘proq sinovlar berish bilan birga,
ular bilan ishlash imkoniga ega bo‘ladi. Ular butun guruh talablariga
emas, balki talabalaming yakka tartibdagi talablariga e’tiborlarini
qaratishi mumkin.
Ta’limning boshqa usuli ta’limning hammuallifi hisoblanadi.
Birgalikdagi ta’limda, san’at o‘qituvchisi faoliyat olib boradi,
moslashuv san’ati o‘qituvchisi esa san’at o‘qituvchisidan namuna
oladi. Moslashuv san’ati o‘qituvchisi alohida talabalami o‘qitishda,
san’at o‘qituvchisi bilan keyinchalik strategiyani aniqlab olish
maqsadida, san’at o‘qituvchisining o‘quv rejalarini qo‘llab turadi.
Moslashuv san’ati mutaxassisi soddalashtirilgan asboblar zamriyati
va ular bilan ishlashda qay biri samaradorligini belgilashda, rasm
chizish, kesish kabi ko‘nikmalar bilan ishlashi mumkin. San’at
o‘qituvchisi va maxsus ta’lim o‘qituvchisining dars rejasi haqidagi
ma’lumoti moslashuv san’ati mutaxassisiga ko‘rsatilgan yana bir
yordami hisoblanadi. Bu rejalar talabalar uchun sinfda soddalash-
tirilishi mumkin va o‘z ichiga moslashuv texnikasini, moslashuv
asboblarini yoki ushbu faoliyat uchun moslashuv muhitini olishi
yoki shu singari vazifalarda umumiy foydalanilishi mumkin.
Ayrim maktab hududlari yoki birlashgan maktab hududlari,
moslashuv san’ati mutaxassisini hududdagi ko‘pgina kichik maktab-
lar hududi yoki maktablari bilan bog‘lanib turavchi shaxs yoki
maslahatchi sifatida yollashadi.3
Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya-bu
tasviriy faoliyat turlari bo‘lib, ulaming asosiy vazifasi-tevarak atrof-
ni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Masalan: yozuvchining she’ri va
rassomning asari. Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalami har
Jj. A. Rubin Bolalar ait terapiyasi 2012. (285-betdan mazmun mohiyati olindi).
52
tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy faoliyat
bolalarni ongli tomondan tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.
Birorta predmetni chizish yoki yasash uchun albatta u bilan oldin-
dan tanishish yoki kuzatib chiqish, uni shakli, katta-kichikligini,
qismlarning joylanishi, rangini bilish kerak bo‘ladi. Bu jarayonida
ko‘rish, sezish, qo‘l harakatlari ishtirok etmay qolmaydi. Bolalar
predmet va hodisalami kuzatish va ko‘rib chiqish jarayonida bolalar
predmetni katta-kichik guruhlarga bo‘lish, uni shaklini o‘zgartirish,
rangini turli-tumanligi bilan tasvirlaydilar. Shuningdek, tasviriy
faoliyat jarayonida bolalar turli xil material (qog‘oz, mel, bo‘yoqlar)
bilan ulaming o‘ziga xos xususiyatlari, ular bilan ishlash texnikasi
bilan tanishadilar, bu esa bolalarni aqlan o‘sishiga sabab boMadi.
Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda fikr yuritish operatsiyalari
(tahlil, sintez, taqqoslash umumlashtirish) ni rivojlanishga imkon
beradi, bu o‘z navbatida bolalarni oqilona o'sishiga olib keladi. Bu
jarayonda bolalaming nutqi rivojlanadi. Sensor tarbiyani amalga
oshirishda tasviriy faoliyatining ahamiyati katta. Chunki bolalar
predmetlar bilan uzviy bog‘lanadilar, ulaming o‘ziga xos sifatlari,
shakli, rangi, katta-kichikligi bilan tanishadilar, ulami farqini,
o‘xshashligini aniqlaydilar, bu esa boialami sensor tarbiyalashga,
ko‘rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi. Tasviriy faoliyat
boialami axloqiy tarbiyalaydi. Chunki, bolalar o‘z ishlarida bizning
hayotimizda, jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisalami aks ettira-
dilar, ulardan mamnun bo‘ladilar, hayajonlanadilar.
Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-
boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani
bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklami yengish, o‘rtoqlariga
yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish
jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlari
tarbiyalanadi. Bolalar, ishni baholash jarayonida, boialami o‘rtoq-
larining ishga nisbatan real munosabatda bo‘lish to‘g‘ri baholash,
o‘z ishidan va o‘rtoqlarining ishidan xursand bo‘lish kabi axloqiy
sifatlar tarbiyalanadi. Tasviriy faoliyat-bu boialami o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga undovchi
faoliyat hisoblanadi. Bolalarda mehnat ko‘nikmalarini o‘stirish,
tarbiyalash kerak, faqat navbatchilik orqali ba’zi bolalarda emas,
balki, har bir bolada. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya
53
berishning asosiy, vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning katta-
kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish.
Bu estetik sezgini boMaklari hisoblanadi. Bolalarda estetik
sezgining rivojlanishi-bu rangi, ritmi, proporsiyani chuqurroq sezish
bilan bog‘liqdir. Bolalar rangni, shaklni, uning xilma-xilligini sezsa,
yoki aks etsa u shunchalik ranglar aralashmasining xilma-xilligidan
zavq oladi, bahramand boiadi. Bolalarda estetik sezgining
rivojlanishi, ularda predmetga va uning ba’zi sifatlariga nisbatan
estetik baho berishga o‘rganadilar. Ularda tasviriy san’at asarlarini
tushunishga, ularga nisbatan his-tuyg‘uni, munosabatni tarbiyalaydi.
Tasviriy faoliyat bolalarda badiiy ijodiy o‘stirishda muhim rol
egallaydi. Bolaning badiiy ijodiy o‘sishi-bu obrazli fikr yuritish,
estetik idrok etishni va obraz yaratishda zarur bo‘lgan malaka,
ko‘nikmalami egallash hisoblanadi. Masalan: tabiatga yoki istirohat
bog‘iga sayr, kuz faslida ekskursiya uyushtirish. Tarbiyachi
bolalami predmet yoki tevarak-atrofhi kuzatiishda kelib chiquvchi
estetik xis-tuyg‘u orqali, tevarak-atrofga, kishilar mehnatiga to‘g‘ri
baho berish, vatanga nisbatan muhabbat kabi sifatlami tarbiyalash
mumkin. Bolalami o‘z ishini yana ham chiroyli va yaxshi bajarish,
boshqalarga yoqadigan, ular ko‘rganda quvonadigan qilib yaratish-
bu badiiy, axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Maktabga bolalami tayyorlashda tasviriy faoliyat katta
ahamiyat kasb etadi. rasm, loy, qurish materiallari bo‘yicha bilim,
malakalarini egallash maktabda tasviriy faoliyat darslari va mehnat
darslarini muvaffaqiyatli egallashlariga asos bo‘ladi. Ulami o‘quv
faoliyatiga tayyorlaydi: pedagogni tinglashga, uning ko‘rsatmalarini
bajarishga o‘rgatadi. Oldiga qo‘yilgan vazifani hal etishda uning
asosiy va muhim hal etish yo‘llarini izlab topish bu o‘quv faoli-
yatning asosiy sababchilaridan biridir. Tasviriy faoliyat jarayonida
o‘z ishini nazorat qilib borish, maktabda vazifalami bajarishda ham
rol o‘ynaydi. Shuningdek bola tasviriy faoliyat jarayonida
psixologik jihatdan ham tayyorlanib boradi. Maktabda: qiziqishga
xohish, yangiliklami bilishga intilish, maqsad sari intilish, tartibli
holda shug‘ullanish va shu kabilar. Shunday qilib, tasviriy faoliyat
jarayonida olgan malakalar bolalami maktab hayotiga tezda kirishib
ketishiga asos boMadi.
54
0 ‘z navbatida boshqa ta’lim-tarbiyaviy ish bo‘lishlarining
vazifalari bilan chambarchas bog‘liq. Tasviriy faoliyat mashg‘u-
lotlarini o‘tishda tarbiyachi bolalaming boshqa faoliyatlarida olgan
bilimlarga tayanadi.
Bolalar tasvirlamoqchi bo‘lgan predmet haqida tasawurga ega
bo‘lsalar, rasm, loy, applikatsiya ishlarida samarali natijalarga
erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |