Tasviriy san’at va qo‘l mehnatiga 0 ‘qitish maxsus


Grafika mazmuni va ishlatish texnikasi



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/79
Sana26.11.2022
Hajmi7,47 Mb.
#873162
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   79
Bog'liq
tasviriy sant va qol mehnatiga oqitish maxsus metodikasi

Grafika mazmuni va ishlatish texnikasi
Devorlarga ishlangan turli rasmlar polotnolarga chizilgan sur’at 
kino va teatr dekoratsiyalari shu san’at turiga kiradi. Rang tasvirda 
rang muhim o‘rinni egallaydi. Rang tasvir asarlari o'zining vazifasi 
va ishlanish uslubiga ko‘ra 
monumental, dastgoh, dekorativ
turlarga 
bo‘linadi.
MONUMENTAL - me’morchilik bilan bog‘liq bo‘lib, bu 
turdagi asarlar mustaqil mazmunga ega, ularda jamiyat hayotidan 
olingan muhim voqealar aks ettiriladi.
DASTGOH - hozirgi zamon tasviriy san’atda yetakchi o‘rinni 
egallaydi. Odatda u maxsus ramkaga tortilgan matolar ustiga ish- 
lanadi. Bunday rassomchilik asarlari jamiyatda bo‘layotgan muhim 
voqea va hodisalami aks ettirishdan tashqari shaxsning individual 
xislatlarini, his-tuyg‘ularini to‘liq ko‘rsatish imkoniyatiga egadir.
DEKORATIV - me’morchilik va Amaliy san’at bilan bog‘liq, 
asosan bezash vazifasini o‘taydi. Dekorativ rasmga naqqoshlik 
san’ati, teatr, kino, dekoratsiyalari kiradi. Dekorativ rasm Monu­
mental rasm singari to‘g‘ridan-to‘g‘ri devorga ishlanishi pano, 
mozaika tarzida bo‘lishi mumkin.
HA YKALT AROSHLIK
Tasviriy san’atning turlaridan biri boigan haykaltaroshlik asar- 
laridan borliq hajmga ega bo‘lgan shakllar orqali makonda tasvir- 
lanadi. Haykallar odatda yumaloq va qavariq ko‘rinishda bo‘ladi.
Haykaltaroshlik asarlari uchun turli xildagi materiallar ishla­
tiladi. Masalan: tosh-granitda ishlangan haykallar kishida ulug‘vor- 
lik, adabiylik baxsh etsa marmarda ishlangan haykallar nozik 
ko'rinadi. Yana haykallar loy, yog‘och, metall, marmar, granit, 
suyak, sement, gips va boshqalardan yasaladi.
Haykaltaroshlikda deyarli rang ishlatilmaydi.
65


TURLARI:
Monumental haykaltaroshlikka - muhim tarixiy voqealar, 
atoqli shaxslarga qo‘yilgan haykallar kiradi.
Dekorativ haykaltaroshlik - istirohat bog4 lari, hiyobonlar, 
ko‘cha va hiyobonlar, me’morchilik binolarining devorlarini bezash 
uchun ishlatiladi.
Dastgoh haykaltaroshligiga - o‘zida mustaqil mazmunni angla- 
tadigan, san’atning bosh turlariga tobe bo‘lmagan asarlar kiradi. Bun­
day asarlar ko‘rgazmalarga qo4yish uchun mo4ljallangan bo4ladi.
Maktabgacha tarbiya muassasasida har xil qobiliyatga ega bo4l- 
gan bolalar uchraydi. Ayrim bolalar chiroyli chizadilar, ayrimlari 
esa yasash qobiliyatiga ega. Kar va zaif eshituvchi bolalarni 
qanchalik erta faoliyatning biror bir turiga qiziqtira olsak, bolaning 
estetik tarbiyasi, idroki rivojlanadi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan 
bolalar tasviriy faoliyat jarayonida ulami rasm chizishga qiziqtirish 
va ulaming ijod bilan shug4ullanishlari quyidagi samaralami beradi.
Faoliyatning rasm chizish turi bilan shug‘ullanish bolalarni 
atrof- olamga, insonning ijtimoiy hayotiga, o‘simliklar va hayvonot 
olamiga qiziqishini kuchaytiradi, ular atrofdagi narsalami diqqat 
bilan kuzatishni 
0
‘rganadilar4.
Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni estetik sezgisini, 
tuyg4usini va estetik tarbiyasini yuqori darajali sur’atlar, portretlar, 
milliy o‘yinchoqlar, milliy naqshlar va boshqa faoliyat turlari bilan 
tanishtirmasdan shakllantirish mumkin emas.
Yuqori darajali rasmlami qiziqish va diqqat bilan kuzatgan- 
laridagina bolalar rasm chizish faoliyatiga qiziqish uyg‘onadi, rasm- 
larga bo‘lgan munosabatlari shakllanadi. Bolalar o‘zlari chizgan 
rasmlariga ranglardan to‘g4ri foydalana olishga o‘rganadilar,
Tasviriy faoliyatda tanishtirilayotgan yangiliklar, bilim va 
malakalar berilayotganda bilim berish va tasvirlab berish yuqori 
darajada bo4lishi, hamda yangiliklami, bilim va malakalami shakl­
lantirish uchun darsni o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri tashkil qilinishi 
lozim. Ish qurollaridan to‘g‘ri foydalana olish (bo‘yoq, qalam, 
qaychi...) ish materiallariga ehtiyotkorlik bilan yondoshish (loy, 
plastilin, rangli qog4oz, yelim....). Mashg4ulot davomida lepka,
4 Быкова, JI.M Вишневская. E.E. Методика развития речи глухих школьников в младших классах. - JI., 1999
66


aplikatsiya, konstruksiyalash, predmetli, dekorativ rasm chizishda 
o‘qituvchi bolalarga bajarilayotgan vazifaning har bir bosqichini 
ko‘rsatib tushuntirib berishi kerak. Mashg‘ulot davomida har bir 
bolani nazorat qilib turishi lozim.
Bolalar bo‘yoqlar bilan ishlaganda odatda barcha ranglami ish- 
latadilar, ammo ulaming ichidan eng yorqin ranglar bilan ishlashni 
afzal ko‘radilar: qizil, sariq, yorqin yashil, to‘q kul ranglar. Mak­
tabgacha yoshdagi bolalar, odatda bir xil ranglami moslashtiradilar, 
xatoliklar faqatgina to‘yintirilgan rang-bo‘yoqlarda kuzatiladi 
(qizilni-qizg‘ish sabzi rang bilan almashtiradi va hokazo), rang 
bo‘yoqlari va turlarini nomlashda xatolikka yo‘l qo‘yadilar (pushti 
rangni-qizil, siyohrang va moviy rangni to‘q ko‘k deb ataydilar), 
rang nomlarini esa noaniq, buzib talaffuz qiladilar.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tasviriy faoliyatini boshqa- 
rishda, bilish jarayonlarini rivojlantirish, nutqni shakllanishini hi­
sobga olish lozim eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabining 
tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida, rasm chizishni o‘rgatishdan tash­
qari bolalami nutqini va eshitish qobiliyatini rivojlantirish ustida ish 
olib boriladi.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar har bir bola, shaxsiy foyda- 
laniladigan eshitish apparatining ishga yaroqliligini, ish joyi va 
o‘quvchilaming joylashganligini tekshirishdan boshlanadi. Tasviriy 
faoliyatda bolalar ilk bor sur’atlami kuzatish usuli bilan rasm chizish 
turlari va janrlari bilan tanishadilar. Bolalar soni kamligi tufayli 
0
‘qi­
tuvchi har bir bola bilan alohida shug‘ullanish imkoniyatiga ega. 
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida nafaqat e’tibomi nutq rivojiga, 
suhbat, ko‘rib tushunishiga emas, balki rassomchilik faoliyatini o‘z- 
lashtirishiga ham ahamiyat berish kerak. Bolalar chizish mobaynida 
qiynalganlarida, surdopedagog uning o‘miga chizib bermasdan, balki 
qiyinchiliklami yengishga yordam berishi kerak. Masalan: rasmning 
fazoviy tuzilishi, uning umumiy shaklini yoki kompozitsiyadagi ye- 
chimini to‘g‘ri idrok etib, to‘g‘ri chizishga o‘qituvchi yordam berishi 
kerak. Tasviriy faoliyat darslarining hamma etaplarida frontal ish olib 
boriladi.
Tasviriy faoliyat mashg‘uloti bolada chizish, bo‘yash, kesilgan 
qog‘oz parchalari, gazlamalardan aplikatsiyalar, tayoqchalar va sim 
bo‘laklari hamda boshqa materiallar yordamida keng va turli obraz-
67


lami amalga oshirishga imkon yaratadi. Bunda qo‘lning mayda mus- 
kullarining aniq harakati muntazam mashq asosida rivojlanib boradi.
Bir vaqtning o‘zida tasviriy faoliyat mashg‘uloti bolalardan 
intizom va tashkilotchilikni, shu bilan birga jarayon rejasini mahorat 
bilan muntazam bajarishlarini talab qiladi.
Murakkab badiiy topshiriq oldindan rejalashtiriladi, chunki 
qilingan bitta noto‘g‘ri harakat, bajariladigan vazifani buzib qo‘y- 
masligi kerak. Asbob va materiallardan to‘g‘ri foydalanish kerak. 
Bundan tashqari tasviriy faoliyat davomida bajariladigan ishlaming 
natijasi vaqt bilan chegaralanmagan.Tayyorlov davridagi dastlabki 
harakatlar bolalardan sabr-toqat, saranjomlik, rasmni yoki mash- 
g‘ulotni oxirigacha yetkazish xususiyatlariga moslashishni talab 
qiladi. Tasviriy faoliyat darslarida kuzatish ko‘nikmasi shakllanadi. 
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan maktab yoshidagilarda predmetni yaxlit 
ko‘ra olish, predmetning umumiy shakli, proporsiyalari, qismlarini 
taqqoslay olish, fazodagi joylashuvini aniqlash, yorug‘lik munosa- 
batlarini topish va boshqa malakalarga egaligini aniqlash mumkin.
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bolalarda yaxlit va aniq pred­
met haqidagi tasawum i shakllantirishga yordam beradi va atrof - 
olamdagi hodisalami, predmetlarni tasvirlashga, tafakkurdagi mav- 
jud belgi, shaklga konstruksiyaga, miqdorga, fazodagi holatiga 
bog‘liq belgilami ajratishga o'rgatadi.Bolalar faqat ko‘rganlarini 
qabul qilmasdan balki predmetlar to‘g‘risida olgan taassurotlariga 
asosan haqiqiy (real) dunyo hodisalami rasmlarda, yasash kompo- 
zitsiyalarida, yangi asarlar applikatsiyalarida aks ettiradilar.
Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilaming tasviriy faoliyatda bilish- 
lik faoliyati va nutq shakllanishining xususiyatlari aks ettiriladi. Eshi­
tishda nuqsoni bo‘lgan bolalar obyektni idrok qilishda, sog‘lom eshi- 
tadigan bolalarga qaraganda xotirada kam belgilami saqlab qoladilar.
Xotiraga tayanib rasm chizishda ular kam detallar sezilarli 
darajada qabul qiladilar. Bunda ularga obyekt yaxshi tanish bo‘lsa 
ham obyektning tuzilishidagi zarur xarakterli qismlami tashlab 
ketadilar. Masalan, odamni tasvirlaganda - bo‘yin qismi, daraxt 
rasmida esa shoxlari qolib ketadi va hokazo. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarda asl predmetga qarab rasm chizishda, ko‘pincha kuzatuv- 
larga emas, balki berilgan predmetlarni stereotik usulda tasvirlashga 
harakat qiladilar.
68


Boshlang‘ich sinf kar va zaif eshituvchi 
0
‘quvchilar keng hajm- 
dagi predmetlaming tekislikdagi tasvirini qiyinchilik bilan bajaradilar. 
Shu o‘rinda uchinchi sinfda eshitadigan tengdoshlari esa - qisman 
hajmli uzatish usullaridan foydalanadilar, ya’ni tasvirlash usuliarini 
birlashtiradilar, o‘zlashtirish va asl predmetni tasvirlashda ya’ni 
tasviriy masalalar sharoitida olingan bilimlami o‘tkazish katta mehnat 
orqali bo‘ladi, aniq predmetlami tasvirlash o‘rganilgan usullami 
umumlashtirishda qiyinchilikni uzoq his etadi. (ularga ko‘rgazmali 
sxemali ishlatishda bosqichli kengaytirilgan bilimlar berish kerak 
bo‘ladi, har bir kuzatish va tasvirlash bosqichi so‘z bilan ifodalanadi) 
Kuzatuv usullami o‘zlashtirish asli ma’lum bo‘lgan belgilaming 
bosqichma-bosqich kuzatuvini kiritganda muvaffaqiyatli o‘tadi, 
ulami ko‘rgazmali sxemada tasvirlaganda, so‘z bilan ifodalab va 
ajratilgan belgini chizganda (o‘qituvchilarga doskada o‘quvchilarga 
rasm daflariga yoki alohida qog‘oz varaqlarida).
Ma’lumki, predmetlarni chizishda kuzatish va tasvirlash usul­
iarini o‘zlashtirish qiyinchiliklami yuzaga keltiradi. Boshlang‘ich 
sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda sujetli rasm chizish 
jarayonida tasavvurlarining aniq, to'liq emasligi kuzatiladi hamda 
ulaming tasawurlarida aks etadi.
Kar va zaif eshituvchi bolalaming tasviriy faoliyatini, ma’lum 
bilimlaming shakllanmaganligini bilish birinchi sinfga kirgan, 
maktabgacha davrdagi faoliyatning kvalifikatsiyalangan boshqarish 
davriga bog‘liq. Odatda birinchi sinf o‘quvchilarida rasmga 
munosabat o‘qish faoliyati davomida vujudga kelmaydi. Ular darsga 
kerakli jihozlami, badiiy materiallami olib kelishni unutadilar, 
darsga oldindan tayyorlanishga harakat qilmaydilar, o‘qituvchi tu- 
shuntirayotgan vaqtda chalg‘itadilar, ish jo ‘yini maqsadga muvofiq 
tashkil etishni bilmaydilar, mehnat ozodaliligiga o‘rganmaganlar 
(qo‘l bilan cho‘tkalami artadilar, bo‘yoqda chizadigan qog‘ozlarini, 
Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish