Aqli zaif o‘quvchiIar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma
va malakalar hajmi quyidagicha:
IV
sinf o‘quvchilari o‘quv yilining oxirida quyidagilami bajara
olishlari lozim:
Unchalik murakkab bo‘lmagan holatlarda to‘g‘rito‘rtburchak,
silindrik va konussimon predmetlaming shakllarini chiza olish;
Yorag‘-soya qonuniyatlari asosida predmetlaming elementar
hajmlarini ifodalay olish;
Tasvirlanayotgan predmetlar uchun rang tuslarini tasvirlash
(rangli qalam, akvarel, guash);
Dekorativ bezaklami bo‘yashda akvarel va guash bo‘yoqlaridan
foydalana olish;
Bo‘yash jarayonida dumaloq va kurakchasimon mo‘yqalam-
lardan to‘g‘ri foydalana olish;
Tasviriy san’at asarlaridan olingan reproduksiya mazmunini
hikoya qilib bera olish.
Tasviriy san’at darsida, rasm chizish turlari va ularni olib
borish
Rivojlanishda nuqsoni boMgan bolalar tasviriy faoliyat darsla
rida quyidagi rasm chizish turlaridan foydalanadi.
Predmetli rasm chizish va lepka
Sujetli rasm chizish va lepka
Fikrlash orqali rasm chizish va lepka
Dekorativ rasm chizish
Applikatsiya.
Predmetli rasm - boialami sensor rivojlanishga predmetning
shaklini tuzilishini, hajmini va rangini anglashga yordam beradi.
Predmetli rasm chizish va lepka bajarilayotganda boialami asosan
tushunishiga o‘rgatiladi. Rasm chizish deganda nima qilishlarini,
lepka (yopishtirish) deganda nima bilan shug‘ullanishlarini
39
tushuntiriladi. Rasm chizish jarayonida predmetni chizishga,
naturadan chizdiriladi, so‘ngra esa shu chizilgan predmetni tasavvur
qilish orqali chizishga o‘rgatiladi.
Sujetli rasm chizish va lepka tasavvur va fazoviy obrazli
tafakkurini shu bilan birga ijodiy faollikni va mustaqillikni o‘stiradi.
Sujetli rasm chizishning 2 turi mavjud:
A). Tevarak atrofdagi hayotdan olingan mavzular asosida rasm
chizish. (Navro‘z, yangi yil)
B) Adabiy asarlarga illyustratsiya chizish. (ertak, hikoya, masal)
40
Sujetli rasm chizishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
Tabiat hodisalari va predmetlar go‘zalliklarini ajrata olishi.
Rasm chizish uchun mavzuga xos sujetlami topa va tanlay
bilish.
Rasmdagi narsalaming tuzilishi, katta bo‘laklarning kichikka
bo‘lgan isboti.
Narsalaming fazoviy holatini to‘g‘ri tasvirlash alohida, narsa-
laming rangi va ulaming bir-biri bilan munosabatini topa bilish.
0 ‘qituvchi rasmning faqatgina mavzusini aytibgina qolmay
uning mazmunini ham tushuntirib berishi kerak.
Sujetli rasm chizishda va lepkada biror bir voqelikka mos
tegishli sujetlar tasvirlab beriladi. Bunday faoliyatda o‘quvchilar
asosiy fikrga ega bo‘lishlik shakllantiriladi, shuningdek o‘quv-
chilaming obrazlaming grafik tuzilishi va tasawurlari boyitiladi.
Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilar ko'rgan narsani eslab
qolib uni rasmda aks ettirish, fikr yuritish qobiliyati rivojlanadi.
Predmetni kuzatayotganda uning detallarini analiz qiladi, rasm
chizayotganda esa sintez qiladi, fikr yuritib taqqoslaydi, predmet
ning xususiyatlarini abstraksiyalaydi, undan keyin umumlashtiradi
va nihoyat fikr yuritish jarayoni konkretlashtirish bilan tugaydi.
Dekorativ rasm chizish. San’atning keng tarqalgan turlaridan
biri dekorativ ommaviy san’atidir. Bu san’at hayotda ishlatiladigan
41
buyumlar, idish-tovoqlar, kiyim-kechaklar, mebel gilam, o‘yin-
choqlar va boshqa shu kabi bezatishni o‘z ichiga oladi.
Dekor-grekcha so‘z bo‘lib, naqsh degan ma’noni anglatadi.
Dekorativ rasm chizish-naqshli rasm estetik didini boshlanqich
kurtaklarini go‘zallikni xis etishga o‘rgatadi, go‘zallik haqida ilk
tushunchalami hosil qiladi. Obyektiv va oddiy sifatlarini, ketma-
ketlik, simmetriya, uyg‘unlik, ranglar mosligi, jismlar kattaligini
mos tushishini shakllantiradi. Dekorativ rasm chizish faoliyati
bolalarga, avvalo devorga solingan naqsh, gul bezaklar bilan ta-
nishtiriladi, shuningdek bolalarni bo‘yoq, bo‘yoq qalam, ranglaming
moslashuvini, ranglardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatiladi.
Mustaqil naqsh chizishning 3 turi mavjud.
1.Naqsh namunasidagi elementlami yoki kompozitsiyasini
almashtirish orqali yangi naqsh chizish.
2.Berilgan naqsh kompozitsiyasining sxemasi yoki elementlari
asosida naqsh chizish.
3.Hech qanday ko‘rgazmalarsiz hayolan naqsh chizish.
Naqsh chizishni o‘rganishda oddiydan murakkabga borish
printsipiga amal qilish kerak. A w al yoMsimon, kvadrat, to‘rtbur-
chak, uchburchak keyinchalik ko‘pburchak shaklidagi naqshlami
ma’lum tartibda o‘rganish maqsadga muvofiq.
Naqshning joylashish tartibi
To‘g‘ri chiziq ichida naqsh chizish.
Bitta chiziqda elementlaming ketma-ket qaytarilishi
To‘rtburchak ichida naqsh chizish
Uchburchak ichida naqsh chizish
Aylana ichida naqsh chizish.
Applikatsiya - tasviriy san’atning bir turi. Applikatsiya fao
liyatida bajarilayotgan predmetning shakli, katta-kichikligi, o‘mash-
gan jo ‘yini ranglaming mosligini, ritmini idrok etishga o‘rgatiladi.
Applikatsiyaga o‘rgatish materiali bilan tanishish turli shakl-
larini qirqa olish malakalarini egallash, ulami ma’lum tartibda
joylashtirish obraz va sujetga mos ravishda yopishtirishni taxmin
qiladi.
Applikatsiyaga o‘rgatish boialami qabul qilish jarayonini o‘sti-
rishga asoslanadi. Shakl, hajm, rang, predmetni o‘zaro muno-
42
sabatlari haqidagi taassurotlarini boyitish bolalami dars davomida
fikrlash tasavvurini ishlashiga yordam beradi.
Tasviriy san’at darsi davomida tevarak atrofdagi muhitni bilish,
fasllardagi o‘simliklami o‘zgarishini kuzatishadi va bilib olishadi.
Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalaming 1 sinf o‘quvchi-
larining ko‘pchiligi ish jo ‘yini tartibli saqlay olmaydilar, rasmlami
pala-partish chizadilar, ko‘pgina detallami tushirib qoldiradilar.
Bunday bolalar predmetning xususiyatlari va bir-biriga nisbatlarini
anglay olmaganliklari uchun chizgan rasmlari sxematik rasmlami
eslatadi. Birinchi sinf o‘quvchilari barcha sujetlami birlashtirishi
qiyin bo‘lgani uchun rasmlami sodda shakllarda chizadilar,
shuningdek rangli bo‘yoqlar bilan ishlanganda o‘quvchilar ko‘proq
yorqin ranglardan qizil, olov rang, sariq, yashil ranglardan
foydalanishadi. Ayrim bolalardan ranglaming nomlarini so‘ralganda
noto‘g‘ri javob berishadi. Ayrim bolalar ranglami farqlay ham
olmaydilar.
Tasviriy san’at darslari bolalaming psixik rivojlanishida katta
ahamiyatga ega. Kar va zaif eshituvchi bolalaming rasm chizishida,
ayniqsa ko‘ruv-eshituv idroki shakllanadi va rivojlanadi.
Tasviriy faoliyatda obyektni ko‘rib chiqish jarayonida bolalar
chizayotgan detalni analiz qilishadi, chizib bo‘lgandan so‘ng esa
tayyor detalni sintez qilishadi. Bolalar o‘zi chizgan rasmni
ko‘rgazma qilib qoyilgan obyekt bilan taqqoslaydilar. 0 ‘quvchilar
taqqoslash jarayonida tayyor bo‘lgan obyektning umumiy hajmiga
va rangiga ahamiyat berishadi. Xato chizilgan joylarini
0
‘qituvchi
tomonidan tushuntirilgan holda bola to‘g‘rilaydi.
Tasviriy san’at darslarida bolalaming tafakkuri, diqqati,
xotirasi, idroki, umuman ongi rivojlanadi. 0 ‘quvchilar predmet
laming mohiyatini, tabiatning fasllarda o‘zgarishini rasm chizish
orqali bilimi rivojlanib boradi. Har bir darsda o‘quvchilaming
og‘zaki nutqi rivojlantirib boriladi. Har bir darsda mavzudan kelib
chiqqan holda yangi nutq materiali beriladi. Eshitishda nuqsoni
bo‘lgan bolalar tasviriy faoliyatida berilayotgan Yangi Iug‘at
og‘zaki daktil ko‘rinishda va albatta kartochkalarda yozilgan
bo‘lishi kerak.
43
Aqli zaif bolalar tasviriy faoliyatida esa, chizishdan oldin,
og‘zaki tushuntirish, suhbat qilish orqali tushuntirib, so‘ng chizish
ishlari olib boriladi.
Tasviriy san’at darslarining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Fanlar bog‘liqlik ilmlami yanada chuqur va har taraflama
o‘zlashtirishga yordam beradi :ona tili va adabiyot, jo ‘g‘rofiya va
tarix, kimyo va biologiya, fizika va matematika bunga misoldir. Kar
va zaif eshituvchi bolalar maktabida tasviriy faoliyati qo‘l mehnati
darslari bilan hamda o‘qish darslari va nutqni rivojlantirish darslari
bilan chambarchas bog‘liqdir. Zaif eshituvchi bolalar maktabida
tasviriy faoliyat darslari, mehnat darslari, kar bolalar maktabida esa
predmet amaliy ta’lim dasrlari bilan uzviy bog‘lanish bo‘lishi kerak.
Darslar o ‘rtasidagi bog‘lanishlar quyidagicha bo‘ladi.
1.Turli materiallar va ulaming xususiyatlari bilan tanishish,
o‘quv qurollari va asboblari bilan tanishish (qog‘oz, qalam, boyoq,
yelim, loy, plastilin, karton va boshqalar)
2.Bir xil turdagi ishlardan foydalanish (modellash, rasm chizish,
applikatsiya, lepka.)
3,Obyektlami aks ettirish uchun tekshiruv o‘tkazganda bilim
olish usullarini o‘rgatish, (obyektdagi umumiylik va qismlarga
ajratish, rasmni analiz qilganda asosiy jo ‘yini ajrata olish va
boshqalar)
4.Rejalash usullarini egallash (material va asboblami tay
yorlash, obyektni aks ettirganda uni yasash bosqichlari)
5. Chizilayotgan predmet haqida o‘quvchilar to‘la va aniq
tasawurga ega bo'lganlaridagina, maqsadga erishish mumkin.
Tayanch iboralar: tasviriy faoliyat, dars, dastur, rasm texnikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |