Savollar
1.Tasviriy san’at darslari qanday tashkil etiladi va olib boriladi?
2.Rasm chizish turlari haqida gapirib bering.
3. Tasviriy san’at darslarining fanlararo bog‘liqligi haqida
gapirib bering.
44
Adabiyotlar:
1. H.A. Грицук, A.P. Киселева” Преподавание изобра
зительного искусства в школе для детей с нарушениями слуха”.
Учебное пособие Минск-2006. 14-58сгр.,64-128стр.
2. Susan D. Loesel The Intersection of ARTs education and
special education 2012. 5-8 betlar
3. Головкина Т.Н.«Изобразительная деятельность уча
щихся вспомогательной школы».М.:“Педагогика”, 1997 г. 69-
81стр.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.
J. A. Rubin Bolalar art terapiyasi 2012.(264-265 betlardan
mazmun-mohiyati olindi).
45
П BOB. TASVIRIY SAN’AT DARSLARINI TASHKIL ETISH
METODIKASI
2.1. Adaptatsiya san’ati mutaxassisi: talabaning san’at yoMidagi
ajralmas qismi
Qo‘lda mo‘yqalam ushlashni ham bilmagan kimsa, qanday
qilib rasm chizishi mumkin? Agarda qo‘li loyga iegmagan bo‘lsa,
qanday qilib undan nimadir yaratishi mumkin? Rasm qizish qurol-
larining hajm va shakl jihatidan foydalanishning iloji bo‘lmagan
taqdirda, qanday qilib rasm chizish mumkin? Imkoniyat darajasi
cheklangan ayrim talabalar uchun, erkin ijod qilish imkoniyati mos-
lashtiruv san’ati mutaxassisi yordamida imkoni bor. Boshqa tala
balar uchun moslashuv san’ati mutaxassisi an’anaviy san’at usul
iarini ijodiy moslashtirishga yordam beradi, shunday bo‘lgach
talabalar o‘z tengdoshlari bilan ijodiy yaratishda ishtirok etishlari
mumkin. Shunday bo‘lsa-da, boshqalar uchun, o‘zi tanlagan rasm
chizish quroli bilan, o‘zgalar aralashuvisiz, mustaqil ravishda,
yorqin baho berishning birinchi imkoniyati, moslashuvchi san’at
mutaxassisi o‘ziga xos mahoratlardan birining muammolami ijodiy
hal qilish orqali yuz beradi. Ijodiy moslashuv kursini o‘tgan tala
balar hayoti shu darajada o‘zgarganki, boshqalar buni tushunib yet-
maydi. Ko‘pchilik talabalar singari, badiiy asar yaratish jarayoni
o‘ta shaxsiy hisoblanadi, shuningdek boshqa rassom talabalar ishlari
ham, biror bir to‘garaklarda ko‘zga tashlanmaydi va badiiy gale-
reyalarda uchramaydi yoki kimningdir jumal stoliga tushib qol-
maydi. Asaming yaratilishi shaxsning o‘zligidan kelib chiqadi.
Rasm chizishda odatiylik doiralardan chiqishi zarur, ikki karra ikki
to‘rtga teng bo‘lishi mumkin emas. Ulaming san’at asarlaridagi
mustaqilligini matoda katta mo‘yqalam bilan yurgazilgan qalin
bo‘yoqlar rangi yoki qunt bilan rangli qalamlarda qalin matoga
chizilgan rasmning ingichka chiziqlari kabilarda kuzatish mumkin.
San’atning shu eshigini ochgan aynan moslashuv san’ati mu
taxassisi yordamida, ijodiy jarayon uchun qurol ommaviy axborot
46
vositasi va ijod usuli xizmat qiladi. Mazkur hujjatda, imkoniyat
darajasi cheklangan talabalar uchun, moslashuv san’ati mutaxas-
sisining o ‘quv personalining bir bo‘lagi sifatida zarurligi haqida so‘z
yuritiladi. Bunda shuningdek, avtonom studiyaning yetkazib berish
aniq variantlari va o‘rnatish usullari taqdim etilgan.
Birlashgan Shtatlar hududi bo‘ylab ko‘pgina maktablar san’at
ijodiyoti doirasi chegaralangan.
Budjetning qisqarishi maktabdan badiiy va musiqa mutaxassislari
personallarining boshlang‘ich maktablardan qisqartirishga olib keldi.
Ulardan ayrimlari faqatgina maktablaming o‘rta va yuqori sinflarida
san’at va musiqani bo‘laklarini rivojlantirgan. Natijada, ko‘pgina
san’at mutaxassislari talabalaming ijodiy yetuklik darajasi ko‘p yillar
awal bo‘lganidek emasligidan aziyat chekmoqda. Hozirgi zamon
talabalari asosiy badiiy dastuming qiyinchiliklariga uchramoqdalar,
ilgarilab ketgan dasturni esa aytmasa ham bo‘ladi. Ayrim talabalar o‘z
ilhomlarini kabinet doirasidan chiqmagan holda to‘plamoqdalar.
0 ‘qituvchilar (umumiy va maxsuslashtirilgan ta’lim). Bu o‘qi-
tuvchilar odatda o‘z sohasida (badiiy) yetarlicha tayyorgarlikka ega
emaslar. Ular ilk bolalik chog‘idan to yuqori sinfgacha bo‘lgan
davrda ijodiy jarayonning kamolga yetishi haqidagi tushunchani
tushunib yetmaydilar. Maktab o‘qituvchilari 3 yoshli bola bilan 7
yashar bolaning “quloq” va “oyoq” kabi rasmlarini tenglashtirib
bo‘lmasligini, bu badiiy ishoralar bilan, aytaylik raqam kabi bosh-
lang‘ich tanishuvligini bilishmaydi.
Ishoralar tilni shakllantiradi va bu tilning negizidir. Bu
0
‘qituv-
chilar, ijobiy maqsadlami ko‘zlagan holda, o‘quvchilami ijod jara-
yonining negizini o‘rgatishadi. (ko'pincha ma’lumotlar badiiy yo‘-
naltirilmagan internet yoki kitoblardan olinadi). Ko‘pincha bolalar
ijodini maktabdagi ochiq eshiklar kunida, aytaylik jumallardan
qirqib olingan applikatsiya va suratlar kabi sotiluvchi, beg‘araz
bolalik sho‘xliklari sifatida qabul qilishadi. Bunday darslar mosla
shuv san’ati mutaxassisi beradigan darslardan anchagina farq qiladi.
Aksincha, moslashuv san’ati mutaxassisi talabalaming maho-
ratini, qalam va mo‘yqalam ushlash, rasm chizish, soyani yaratish,
hattoki qaychini qaysi burchak ostida ushlash kabi ulami mahoratini
oshimvchi, ketma-ketlikda kundalik vazifalar qo‘yish bilan birga
mahoratlarini oshirib boradi. Talabalar qo‘l motorikasini loydan
47
shakllar yasash bilan birga rivojlantirishi mumkin. An’anaviy dars-
larda bunday amaliyotlar kamdan kam uchraydi va ular yetishmaydi
yoki boshqa faoliyat sohasida turlicha qo‘llaniladi. Bundan tashqari,
talabalar ijodiy amaliyotning yetishmasligi sababli san’atga daxlsiz
bo‘lib qolmoqdalar. Ular muammolar yechimini topish kabi
sifatlarini yo‘qotib qo‘yishligi yoki o‘z hayot faoliyati davomida
boshqa jihatdan ijodiy yetukmasliklarini sezishlari mumkin.
Imkoniyat darajasi cheklangan talabalar san’atga o‘z teng-
doshlari bilan teng ravishda yoki ulardan ham ko‘proq huquqqa ega
bo‘lishligi kerak. Jismoniy imkoniyat darajasi cheklangan talabalar
qo‘l va tanadagi mustaqil kuchlarini rivojlantirish uchun ko‘proq
amaliyot va imkoniyatga ega bo‘lishi kerak. Psixologik va hissiy
muammolarga ega talabalar uchun san’at, ulaming haqiqiy boshpa-
nasi hisoblanadi. Muammolarga ega talabalar san’at yordamida o‘z
qarindoshlari bilan bo‘lgan munosabatlarda voqealarga mavhum
qarashni o‘rganishadi. San’at o‘qituvchilari va san’atga moslashuv
mutaxassislari o‘z talabalarining ijodiy tomonlarini ochib beruvchi
darslami taqdim etishlari mumkin. Ular talabalarga, ulaming kelgusi
hayotida asqotadigan, ham jismoniy, ham ruxiy sifatlarini kuchay-
tirish imkonini yaratib beradilar. Moslashuv san’ati mutaxassislari
imkoniyat darajasi cheklangan talabalami o‘qitish mahoratlarini
kuchaytirishga yordam berishligi mumkin. Ular maktablarda san’at
bo‘yicha o‘qituvchilar yetishmagan taqdirda, umumiy va maxsus-
lashtirilgan ta’lim o‘qituvchilarining o‘mini ham bosishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |