Namangan viloyat Kosonsoy tuman 9-sonli Davlat ixtisoslashtirgan maktab internati “Tasviriy san`at va chizmachilik “ fani o`qituvchisi D.Boymirzayevning 9-sinf uchun chizmachilik fanidan bir soatli dars taqdimoti
Namangan square
- "NIYATI ULUG' XALQNING ISHI HAM ULUG', HAYOTI YORUG' VA KELAJAGI FAROVON BO`LADI"
- Shavkat Miramonovich Mirziyoyev
Mavzu:Qurilish chizmalari.Bino plani, qirqimi, fasadi. Qurilish chizmalari - Istiqlol tufayli mamlakatimizda ulkan yutuqlar qatori tezkor rivojlanish oqibatida yurtimizning barcha hududlarida asrga teng bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Shahar hamda qishloqlar eng zamonaviy o‘ziga xos milliy ko‘rinishdagi landshaft dizayni asosida urbanlashtirilmoqda. Urbanizatsiya – tartibga solish, go‘zallashtirish, madaniyatlashtirish kabilar tushuniladi. Dunyo andozalariga mos hashamatli binolar, yo‘llar, zavodlar, korxonalar qad ko‘tarmoqda. Bunday bunyodkorlik loyihalari asoslarini chizmalar tashkil etadi. Qurilish chizmalarisiz ularni qurib bo‘lmaydi.
- Mashinasozlik va qurilish chizmalarini chizish bir-biriga o‘xshaydi. Lekin qurilish chizmalarining o‘ziga xos tomonlari bor.
- Qurilish chizmalari shartli grafik belgilarida chiziladi (O‘zDSt 2.305–2003). Qurilishda, asosan, loyiha chizmalariga binoan ish tashkil qilinadi. Loyiha topshirig‘I asosida texnik loyihalari ishlab chiqiladi:
- 1) qurilish uchastkasining bosh plani; 2) binoning plani; 3) qirqimlari; 4) fasadlari.
Binoning plani - Binoning plani. Binoning plani deb uning gorizontal tekislikdagi tasviriga aytiladi. Unda xonaning deraza tokchalaridan biroz yuqoriroqdan fikran o‘tkazilgan tekislik bilan qirqilganda hosil bo‘ladigan qirqim tasvirlanadi .
- Planda bino xonalarining joylashishi, eshik, deraza, ko‘p qavatli bino-larda zinapoya, mo‘rkonlar, sanitariya-texnika jihozlari ko‘rsatiladi. Asosiy ko‘taruvchi, ya’ni qirqimga tushgan devorlar tutash yo‘g‘on chiziqda, qolgan bino elementlari ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi. Xonalarni ajratib turuvchi arda (yupqa) devorlar qirqimga tushgan bo‘lsa ham, ular ingichka u ash chiziqda tasvirlanadi .
- Ko‘p qavatli binolar qavatlarida xonalarning joylashishi turlicha bo‘lsa, bunday turarjoyning har qaysi qavati uchun plan chiziladi. Ko‘p qavatli binolardagi xonalarning joylashishi bir xil bo‘lsa, eng yuqori qavat plani qirqimda ko‘rsatiladi. Qurilish chizmalarida qirqimga tushgan devorlar shartli shtrixlanmasliklari mumkin.
Binoning plani Binoning qirqimi. - Binoning qirqimi. Qirqim deb, binoning profi tekislikdagi vertikal qirqimiga aytiladi. Unda binoning devorlari konstruksiyasi va xonalarning balandliklari, poydevor, ko‘p qavatli binolarda zinaxona, birinchi qavat poli, qavatlararo yopma, chordoq va uning yopmasi, karniz, tomning nishablari ko‘rsatiladi. Binoning balandlik o‘lchamlari, yer sathining belgisi, pol, xona balandliklari, karniz, shift, tomning balandlik belgilari qo‘yiladi. Zinaxonadagi zina maydonchalari, zina pillapoyalari, eshik, derazalarning o‘rnilari tasvirlanadi. Poydevorning chuqurligi, shakli va boshqalar ko‘rsatiladi.
Binoning qirqimi. Binoning fasadi. - Binoning fasadi. Binoning olddan qirqim qo‘llanilmagan tasviri fasad deyiladi. Fasadlarni bino plani va qirqimiga qarab tasvirlash qabul qilingan.
- Fasadda binoning old tomonidan tashqi ko‘rinishi tasvirlanadi. Fasadda yer sathi, deraza, eshik, tom va boshqa balandliklar belgilari qo‘yilishi mumkin .Qurilish chizmalarida kichraytirish masshtablari qo‘llaniladi. Bosh plan-lari M 1 :500 yoki M l : 1000 da chiziladi. Binolarning katta va kichikligiga qarab ular M l : 100 yoki M l : 50 da chiziladi. Bitta chizmada bino va uning elementlari turli masshtablarda chizilishi mumkin. U vaqtda har bir tasvirga uning masshtabi yoziladi.
- Qurilish chizmalaridagi chiziqli o‘lchamlar, asosan, mashinasozlik chizmalaridagidek millimetrlarda qo‘yiladi. Ba’zida santimetrlarda hamda belgilar metr va santimetrlarda qo‘yilishi mumkin. Belgining bir uchi strelka, ikkinchi tomoni tokcha bo‘lib, unga belgi qo‘yiladi. O‘lchamlarni yopiq zanjir tarzida qo‘yish qabul qilingan. O‘lcham chiziqlarining chiqa-rish chiziqlari bilan kesishgan joylariga 45° qiyalikdagi shtrix chiziqchalari chiziladi.
Binoning fasadi. Bino asosi va poydevor. - Bino asosi va poydevor. Binoning yer osti qismi poydevor deyiladi. U binodan keladigan barcha yukni tuproqqa (gruntga) o‘tkazib yuborish uchun xizmat qiladi. Poydevorlar binolar turiga qarab har xil bo‘ladi
Bino fasadi,rejasi,qirqimi. Foydalanilgan manbalar - Chizmachilik 9-sinf (darslik).I. RAHMONOV, D. YULDASHEVA,M. ABDURAHMONOVA
- Internet ma`lumotlari
- E’tiboringiz uchun rahmat!!!
- Cпасибо за вниманию!!!
- Thank you for your attention!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |