BILIB OLING.
Bajaruvchining o‘zi ustida amalga
oshadigan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli
o‘zlik nisbati deyiladi. O‘zlik nisbati shakli fe’l asosiga
-(i)n, -(i)l qo‘shimchalarining qo‘shilishi bilan hosil
bo‘ladi.
115-mashq.
Fe’llarning qaysi nisbatda ekanligini ayting. Ular ishtiro-
kida gap tuzing va ma’nosini tushuntiring.
Òaradi — tarandi, yuvdi — yuvindi, maqtadi — maqtandi.
ESDA SAQLANG.
Unli bilan tugagan fe’l asosiga
o‘zlik nisbatining -n yoki -l undosh bilan tugagan fe’l
asosiga esa -in yoki -il qo‘shimchalari qo‘shiladi.
116-mashq.
Matnni o‘qing. Fe’llarni ajratib, nisbatini aniqlang va
yasalishini tushuntiring.
O‘zbekiston xalq shoiri Habibiy domla aruzni chuqur
o‘rganib va unda ijod qilib, mumtoz adabiyotimiz an’analarini
baholi qudrat davom ettirgan. Shu boisdan u o‘ttizinchi yil-
larning boshida adabiyotdan chetlatilgan, uning uchun nashri-
yot eshiklari yopib qo‘yilgan. O‘sha kezlari domla tirikchilik vajidan
Do'stlaringiz bilan baham: |