1. Bir nuqtadan ikkita tosh vertikal otildi. Ikkinchisining ko‘tarilish vaqti, birinchinikiga nisbatan ikki marta ko‘p. Ko‘tarilish balandliklari nisbatini h1 : h2 ni aniqlang.
A) 1:4 B) 1:2 C) 2:3 D) 1:
2. G`ildirak tekis harakatlanmoqda.Uning gardishidagi ustgi B nuqtasining oniy tezligi 4 m/s ga teng. G‘ildirak o‘qining (O nuqta) Yerga nisbatan tezligi nimaga teng?
A) 0 B) 1 m/s C) 2 m/s D) 3 m/s
3. Ikkita prujina ketma-ket ulangan. Sistemaning umumiy bikrligi 93,75 N/m. Agar birinchi prujinani bikrligi 250 N/m bo`lsa, ikkinchi prujinani bikrligini toping.
A) 400 N/m B) 200 N/m C) 150 N/m D) 175 N/m
4. Velosipedchi egrilik radiusi R bo‘lgan qavariq ko‘prikdan o`tmoqda. Tezlanishning ma'lum bir qiymatida vaznsizlik vujudga keladi. Shu momentda tezlik 9,9 m/s bo`lsa, R ni aniqlang.
A) 4 m B) 6 m C) 8 m D) 10 m
5. 20 0C haroratli 40 l suvga 500C haroratli 20 l suv aralashtirildi. Aralashmaning haroratini toping?
A) 250C B) 300C C) 350C D) 400C
6. Val minutiga 3000 marta aylanadi. Bunda unga birlashtirilgan to`rt taktli dvigatelning har bir silindrida yonuvchi aralashma bir sekundda necha marta chaqnaydi?
A) 20 B) 25 C) 30 D) 50
7. Poyezd yo`lning birinchi yarimini ikkinchi yarimiga qaraganda 2 marta katta tezlik bilan bosib o‘tdi. Uning butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligi 54 km/soat bo‘lsa, yo‘lning birinchi yarimidagi tezligi qanday bo‘lgan?
A) 20 m/s B) 22,5 m/s C) 22 m/s D) 21 m/s
8. Boshlang`ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism harakatining 1-sekundida 3 m yo`l bossa, u harakatining 2-sekundida necha metr yo`l o`tadi?
A) 3 m B) 6 m C) 18 m D) 9 m
9. Kompas korpusini qanday materiallardan tayyorlash mumkin?
1.Temir 2.Po‘lat 3.Mis 4.Alyuminiy 5. Plastmassa
A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 3,4,5 D) 1,2,4
10. Kondensatorga avval q zaryadni so‘ngra yana q zaryad berildi. Kondensator sig‘imi qanday o‘zgaradi?
A) 2 marta ortadi
B) 2 marta kamayadi
С) 4 marta ortadi
D) Kondensator sog‘imi undagi zaryad miqdoriga bog‘liq emas.
11. Aerostatning hajmi nоrmal sharoitda 4200 m3 edi. Aerostatning 4320 m balandlikdagi hajmi necha m3? Havoning bu balandlikdagi temperaturasi 260 K. pn=760 mm Hg
A) 7600 B) 6000 C) 4000 D) 6500
12. Ballondagi gazning chiqib ketishi natijasida bosim 2 marta, temperatura 1,5 marta kamaygan bo‘lsa, gazning necha foizi chiqib ketgan bo‘ladi?
A) 80% B) 75% C) 50% D) 25%
13. Qarshiligi 80 bo‘lgan o‘tkazgichni to‘rtta teng bo‘lakka bo‘lindi. So‘ngra bo‘laklar o‘zaro parallel ulandi. Ulangan bo‘laklarning umumiy qarshiligi nimaga teng?
A) 40 B) 20 C) 10 D) 5
14. Velosipedchi A punktdan 18 km uzoqlashgach , velosipedchinikidan 10 marta katta tezlik bilan mototsiklchi yo`lga chiqdi. Agar ular B punktga bir paytda kirib borgan bo`lsalar, punktlar orasidagi masofa qanday?
A) 20 km B) 22 km C) 25 km D) 30 km
15. Stol ustidagi aylana uzunligi 20 sm bo‘lgan slindrga ingichka ip o‘ralgan bo‘lib, ipning uchiga stol chetidagi blok orqali yuk osilgan. Silindr sirpanishsiz bitta aylanganda, yuk necha sm tushadi?
A) 20 B) 30 C) 40 D) 50
16. O‘zaro 600 burchak hosil qilib, yerga nisbatan υ tezlik bilan harakatlanayotgan ikki jismning bir-biriga nisbatan tezligining moduli nimaga teng?
A) υ/2 B) υ/2 C) υ D) υ
17. K jism 10 m/s tezlik bilan tekis harakatlanadi. U, L jism bilan yonma-yon
bo`lganda, L jism a=2 m/s 2 tezlanish bilan harakatini boshlaydi. Qancha
sekunddan so`ng L jism, K jismni quvib yetadi?
A) 4 B) 5 C) 8 D) 10
18. Avtobus yo‘lning birinchi qismida, ikkinchisiga nisbatan 4 barobar tez harakatlandi. Avtobusning butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligi 32 km/soat. Avtobus yo‘lning birinchi yarmida qanday tezlik bilan harakatlangan?
A) 20 B) 40 C) 60 D) 80
19. Jism impulsi 60 kg m/s , kinetik energiyasi 300 J ga teng. Jism massasi va tezligini aniqlang.
A) 12,5 кг, 2 м/с B) 6 кг, 10 м/с C) 25 кг, 2 м/с D) 12,5 кг, 4 м/с
20. To‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism dastlabki 4 s da 2 m masofani o`tadi. Keyingi 4 m masofani 5 sda o`tadi. Jism tezlanishini toping
( m/s2).
A) 0,067 B) 0,076 C) 0,058 D) 0,078
21. Radiusi 80 m bo‘lgan qavariq ko`prikdan o‘tayotgan avtomobilning tezligi qanday bo‘lganda uning og`irligi, gorizontal yo`ldagi og‘irligidan ikki marta kichik bo‘ladi?
A) 5 B) 10 C) 15 D) 20
22. Tovush havodan suvga o‘tmoqda. Bunda uning chastotasi qanday o‘zgaradi? Tovushning suvdagi tezligi 1480 m/s, havoda 340 m/s.
A) 4,35 B) 0,23 C) 1 D) 2,086
23. Temperaturasi 3670 C va bosimi 8,31 105 Pa bo`lgan kislorodning zichligini aniqlang (kg/m3)
A) 1 B) 8,31 C) 5 D) 2
24. Quvurning tor qismida suvning oqish tezligi 2 m/s. Quvurning kesim yuzasi unga nisbatan 2 barobar katta bo`lgan qismida suv qanday tezlik bilan oqadi?
A) 1 B) 2 C) 4 D) 6
25. Agar simni ikki buklab aynan oldingi yuk osilsa uning nisbiy uzayishi qanday o`zgaradi?
A) o`zgarmaydi B) 2 marta kamayadi
C) 2 marta ortadi D) 4 marta kamayadi
26. O‘rmon yon bag`rida 340 m masofadan turib o`q uzgan ovchi, miltiq ovozini aks-sadosini 2 s dan so`ng eshitdi. Tovush tezligini aniqlang (m/s).
A) 170 B) 510 C) 1700 D) 340
27. Massasi 2 g bo‘lgan vodoroddagi molekulalar sonini toping?
N А= mol-1 ; М= kg/mol
A) 3 10 23 B) 1,2 10 22 C) 1,2 10 23 D) 6 10 23
28. Avtomobil 30 km uzunlikdagi yo‘lning birinchi qismini o‘rtacha 15 m/s tezlik bilan o‘tdi. Qolgan 18 km ni 1 soatda o‘tdi. Avtomobilning butun yo‘ldagi o‘rtacha tezligi nimaga teng?
A) 8,7 m/s B) 6,8 m/s C) 10 m/s D) 7,5 m/s
29. Tosh 20 m balandlikdan boshlang`ich tezliksiz tushadi? h balandlikda toshning tezligi uning Yerga urilish tezligidan 2 marta kam bo`lgan. h-?
А) 10 м B) 5 м C) 7,5 м D) 15 м
30. Zaryadi q1 = -2 nC bo`lgan simob tomchisi, zaryadi q2=+4 nC bo`lgan
boshqa simob tomchisi bilan qo`shiladi. Hosil bo`lgan tomchi zaryadini toping (nC)
A) +2 B) -2 C) -3 D) +3
Do'stlaringiz bilan baham: |