207-mashq. Uyga vazifa.«Kuch — birlikda» mavzusida matn
tuzing. Unda juft fe’llardan foydalaning.
1-t o p s h i r i q . Gaplarni ko‘chiring, sodda, qo‘shma va juft
fe’llarni aniqlang.
1. Õolasinikida qandaydir bir mehmondorchilik o‘tka-
ziladigan bo‘ldi-yu, hammamiz o‘sha yerga otlandik.
(E. Usmonov) 2. Uning chehrasi ko‘zimga tanishdek ko‘rindi.
Kimgadir o‘xshaydi, lekin kimga? Eslolmadim. (S. Anorboyev)
3. O‘yladi-o‘yladi, lekin o‘yining oxiriga yetolmadi. (N. Fozilov)
4. Chol unga yaqinlashib salom berdi. Qiz loqaydgina alik
oldi. (F. Musajonov) 5. Nogoh entikdi-yu, egildi kamon. O‘q
uchdi belgisiz yoqlarga tomon. Keksa otasining qaddin dol etib.
MUSÒAHKAMLASH
83
Ketib borar edi farzand shu zamon. (A. Oripov) 6. Yurib-
yurib, oxiri yolg‘iz bir uychaga duch keldi. (Ertakdan)