200-mashq.
Uyga vazifa. Ko‘chiring. Sodda fe’llarni topib, tagiga
chizing.
1. Peshonangiz devorga qarsillab urilgandan keyin
esingiz kiradi. Sizni ko‘p laqillatishdi. (Said Ahmad) 2. Nihoyat,
ko‘prik ortda qoldi, guvullash tindi. (P. Qodirov) 3. Izg‘irindan
ko‘zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g‘irchillaydi. (O. Yoqubov)
4. Chollar kulgudan qotib qoldilar, ularning burushgan yuzlari
ruhlanib, ko‘zlarini kulgu namladi. (Oybek) 5. Dunyoda pok
odamlar qanchalik ko‘paysa, nopok odamlar shunchalik ka-
mayadi. (X. Sultonov)
1-t o p s h i r i q .Yangilamoq va yangi bo‘lmoq fe’llarini bir-biriga
solishtiring, ular o‘rtasidagi farqlarni ayting.
2-t o p s h i r i q . Onam bilan miriqib suhbatlashdim gapi tarkibidagi
fe’lni suhbat qurdim shakliga o‘zgartiring. Buning gap ma’nosiga ta’sir
qilishi yoki qilmasligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring.
Do'stlaringiz bilan baham: |