2-t o p s h i r i q . Gaplarni o‘qib, ular tarkibidagi sodda fe’llardan
qo‘shma va juft fe’llar hosil qiling.
N a m u n a : so‘radi — so‘rab-surishtirdi.
1. Men ham qiziqib, bolaning yoniga bordim. Bolakay
cho‘chib tushdi. (Sh. Õolmirzayev) 2. Haydar ota yo‘lakda kam-
piriga yo‘liqdi. Kampir imo bilan Asrorqulni so‘radi. (Abdulla
Qahhor) 3. Go‘yo har bir shox, har bir yaproq tagiga ya-
shirinib olgan bulbullar tobora avjga chiqar, boshqa hamma
qushlar ovozini bosib, yayrab-yayrab, to‘lib-toshib sayrashar-
di. (O. Yoqubov) 4. Boshqalar ham bosh tebratib, bu fikrga
qo‘shildilar. (Cho‘lpon) 5. Omon dasturxonni yig‘ishtirdi. (G‘afur
G‘ulom)
Do'stlaringiz bilan baham: |