1735-yilda Shari Mari de lya Kondamin o'z ko'rganlarini
Yevropaga kelib e'lon qilganidan keyin ular perulik hindularning
tilida “H eve”
(geveya) deb atalgan daraxl shirasidan kauchuk
(geveya daraxti ko'z yoshi) olinishini angladilar. Daraxl p o 'stlo g ’i
kesilganda undan ajralib chiqadigan shira ispan tilida lateks deb
ataldi va и bilan matolarni shimdirib suv o'tkazmaydigan material
olindi. Tropik mamlakatlarda o'sadigan geveya daraxtining shir as i
-
"ko'z yoshi"ning Jhydali xususiyatlarini bilgan lotin amerikalik
atslek qabilasi vakillari har yili hosil bayrami diniy marosimlari
paytida katta tantanalar uyushtirishgan. Bunda ular geveya daraxti
shirasidan, ya'ni kauchukdan tayyorlangan o g ’ir to'p yordamida
hozirgi zamon futbol va
basketbolini eslatuvchi
musobaqa
o'tkazishgan, o'yinda har bir jamoadan ikki kishi ishtirok etgan.
O'yinchilar koptokka qo'l va oyoqlari bilan tegishi mumkin
bo'lmagan, elkalari, bo 'ksalari va boshqa tana qismlari bilan
392
koptokni ibodatxona devoriga mahkamlangan tosh halqaga tushirishi
lozim edi. О у in davomida yutqazgan jamoa vakil lari g'oliblarning
boshini kesib, Ketskoatl sharafiga qurbonlik qilishgan. G 'oliblar о 'z
baxtiga erishgani uchun quvonch ко 'z yoshlarini to 'kishsa,
m ag’lublar o'zlari qurbon bo'lmaganliklari uchun sochini yulib
yig'lashgan. An'anaga ko'ra dalalardagi mais (jo'xori) hosili
ko'payishi, go'shtdor it galalarining ko'payishi, atstek ayollarining
serfarzand bo'lishini tilagan holda m ag’lublar so g ’-omon qolib,
g 'oliblarning boshlaridan poytaxt Tenochtitlan shahrida piramidalar
qurishgan. Ularning balandligi ilohiy geveya daraxti bo 'yicha, ya 'ni
30 metr atrofida bo'lgan. eng mohir, dong taratgan o'yinchilarning
bosh suyaklariga feruza toshlar bilan zeb berilgan, ko'z kosasiga
qimmatbaho oniks toshlari qo'yilib, mahalliy ibodatxonalarda bir
umrga qoldirilgan.
Yutqizganlarning taqdiri ayanchli bo'lgan,
ularning
orqasidan
mazax
qilib
kulishsa
ham,
ammo
uchrashganlarida
hamdardlik
bildirishgan.
Ularning
alamini
pasaytirish uchun har bir o'yinchiga 52 savat какао mevalari, 50 ta
cho'ri va er maydoni ajratilib, imperiya xazinasi uchun soliq
to'lashlari majbur bo'lgan. Hindularning ana shunday eng omadsiz
о 'yinchisi Maktesuma 20 yil davomida ketma-ket yutqizgan va oxiri
imperator bo'lgan. Uning bunday odamkush-jallodlik faoliyatidan
g ’azablangan ispaniyalik istilochilar Maktesumani 1520-yilda qatl
qiladilar va bunday dahshatli musobaqani ta'qiqlab qo'yadilar.
Barcha kauchuk to'plarini Ispaniyaga olib borib, и erda amerikalik
hindulardan farqli ravishda “pelota ” (hozirgi futbolga yaqin) nomi
bilan mashhur bo'lgan sport o'yini musobaqalarini tashkil etishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |