Taqsimot parametrlarining statistik baholarini topish usullari
Aytaylik o‘rganilayotgan belgining taqsimoti nazariy mulohazalardan aniqlangan bo‘lsin. Bu taqsimotni aniqlaydigan parametrlarni baholash masalasi yuzaga kelishi tabiiydir.
Ta’rif. Nazariy taqsimot noma’lum parametrining statistik baxosi deb tanlanmadan olingan ixtiyoriy funktsiyaga aytiladi.
Statistik baxolar baxolanayotgan parametrni yaxshi yaqinlashtirib berishi uchun ular ma’lum talablarni qanoatlantirishlari lozim.
Faraz qilaylik nazariy taqsimotning noma’lum parametri bahosi bo‘lsin va hajmi n ga teng bo‘lgan tanlanma bo‘yicha baho topilgan bo‘lsin. Endi bosh to‘plamdan hajmi n ga teng bo‘lgan boshqa tanlanma hosil qilamiz va bu tanlanma bo‘yicha bahoni topamiz va hokazo. sonlar bir xil bo‘lishi shart emas. Shunday qilib bahoni tasodifiy miqdor deb, sonlarni esa uning mumkin bo‘lgan qiymatlari deb qarash mumkin.
Boshqa tomondan, ta‘rifdan kelib chiqadiki bitta parametr uchun bir nechta yoki cheksiz ko‘p statistik baxolar tuzish mumkin. Shu sababli barcha baholar sinfi ichidan «yaxshi» larini ajratish, ya’ni shunday statistika ajratish kerakki, ularning qiymatlari u yoki bu ma’noda noma’lum parametrning haqiqiy qiymati atrofida joylashgan bo‘lsin.
Ta‘rif. Siljimagan baho deb, tanlanma hajmi n ixtiyoriy bo‘lganda ham matematik kutilishi baholanayotgan parametrga teng bo‘lgan statistik bahoga aytiladi,
(2.1)
agar bu shart bajarilmasa, u holda bu bahoga siljigan baho deyiladi va siljish ayirma sifatida aniqlanadi.
Aynan bitta parametr uchun bir nechta siljimagan baholarni tuzish mumkin.
Masalan, noma’lum parametr kuzatilayotgan tasodifiy miqdor X ning matematik kutilishi bo‘lsin, ya’ni, shunday qilib
(eslatib o‘tamizki tanlanma bu tasodifiy miqdorning ta nusxasidir).
Statistik baho sifatida esa quyidagini olamiz.
(2.2)
Bu yerda o‘zgarmas sonlar va ular uchun tenglik o‘rinli bo‘lsin,
Shunday qilib, (2.2) noma’lum matematik kutilma uchun siljimagan baho bo‘ladi.
Xususan bo‘lsa, u holda
(2.3)
Agar bo‘lsa, u holda
(2.4)
demak o‘rta qiymat (matematik kutilma) uchun siljimagan baho tanlanma o‘rta qiymat bo‘lar ekan. Xuddi shunday dispersiyani tanlanma dispersiya orqali baholash mumkin. Umumiylikka zarar yetqazmasdan deb olamiz ( bo‘lgan holda …, tasodifiy miqdorlarga o‘tiladi), u holda bo‘ladi.
.
Shunday qilib tanlanma dispersiya dispersiya uchun siljigan baho bo‘ladi. Siljish ga teng bo‘lib, bundan ko‘rinib turibtiki da siljish nolga intiladi. Demak yetarlicha katta n hajmli tanlanmalarda tanlanma dispersiyani dispersiyaning taxminan siljimagan bahosi deb qabul qilish mumkin. Kichik hajmli tanlanmalarda dispersiyaning siljimagan bahosi sifatida quyidagicha aniqlanadigan to‘g‘rilangan dispersiya ishlatiladi:
(2.5)
Haqiqatdan ham siljimagan baho bo‘ladi, chunki
(2.6)
bo‘ladi.
Yuqoridagi misolda ko‘rsatilganidek bitta parametrga bir nechta siljimagan baho tuzish mumkin, bu baholar ichidan yaxshisini topish uchun statistik bahodan effektivlik sharti talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |