Ho'kiz solityori
Tuzilishi. Qurollangan yoki ho'kiz solityori (Tayeniarhynchus saginatus)ning uzunligi 4—10 m. ga yetadi. Boshchasi yumaloq shaklda, diametri 1—2 mm, 4 ta so'rg'ichi bor. Solityorning o'sish zonasi hisoblangan ingichka bo'yinchasi ko'p sonli bo'g'imlarga
(1000—2000 gacha) bo'lingan tanaga o'tadi.
Tanasining boshlang'ich qismida turgan birmuncha yosh bo'g'imlari (strobilalar) taxminan kvadrat shaklda, getmafrodit. Oxirgi yetilgan bo'g'imlari har tomondan 18—30 ta yon tarmoqlari bo'lgan oraliq dastgohdan iborat bachadon saqlaydi. Quritilgan yoki ochiq rangli preparat- dagi bo'g'imda butun bachadonning tuxumlar massasi bilan to'lganhgi (150000 gacha) ko'rinib turadi. Oxirgi bo'g'imlar yetilgan sayin strobila- dan uziladi va faol harakatchan bo'ladi. Deyarli har kuni 6—8 tadan va bundan ko'proq bo'g'imlar ajralib turishiga qaramay, solityorning uzunligi kamaymaydi, chunki o'sish zonasida yangi bo'g'imchalar hosil bo'laveradi. Ho'kiz solityori odam oiganizmida 20 yilgacha parazit holda yashashi mumkin.
Tuxumlari yumaloq yoki oval, ularning pardasi yupqa, tiniq, rangsiz. Ichida pusht (onkosfera) bo'lib, u qush konturli sarg'imtir-jigarrang ko'ndalang chizilgan parda bilan o'ralgan. Pushtning 3 juft ilmog'i bo'ladi. Ajralib chiqqan tuxumlar pardasi judatez yemiriladi. Shunga ko'ra mikroskopiyada, odatda, faqat onkosferalar, ba'zi tuxum pardasining bujmaygan yoki yirtilgan qoldiqlari bilan birga ko'rinadi.
Rivojlanish sikli. Ho'kiz solityori odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Bo'g'imlar najas bilan ajraladi yoki aksariyat orqa chiqaruv yo'li niqali faol o'rmalab chiqadi. Tuxumlarning bir qismi bo'g'imlar ichak ichida yoki ichakdan tashqarida yemirilganda najas bilan birga ajraladi.
Bo'g'imlar yoki najas tashqi muhitga tushganda tuproq, o't-o'lanlar, ilmiy boqiladigan joylar, yaylovlarning onkosferalardan qattiq ifloslanishi ro'y beradi. Onkosferalar ifloslangan ozuqa bilan qoramol organizmiga tuInb, uning mushaklariga o'tirib qoladi va lichinkalarga (f i n n a l a r yoki istiserklarga) aylanadi.
Iichinkalarning o'lchami 0,5 sm. gacha, oq rangli, pufaksimon, tiniq suyuqlik bilan to'lgan, ichagida boshchasi oq nuqta ko'rinishida shu'lalanibnoz go'sht) xom yoki xomroq mol go'shti yeyilganda yuqadi. Finnalar kabobda, yetarlicha qaynatilmagan go'shtda, kam tuzlan gan mahsulotdan tayyorlangan stroganinada, ayrimlar tatib ko'radigan yoki xomligicha iste'mol qiladigan mol go'shti qiy- masida tirik holda bo'lishi mumkin.
Profilaktikasi. Ho'kiz solityori bilan zararlangan shaxslarni an iqlash va albatta, degilmintizatsiya qilish teniarinxozga qarshi kurashda muhirn choralardan biri hisoblanadi. Kasallikni boshdan kechirganlarni davolash- dan kamida 6 oy o'tgach, so'rashda uch marta manfiy natija olingandan va axlat hamda perianal qirma tekshirilgandan keyin hisobdan chiqariladi. Bemorlarni umumiy tibbiyot tarmog'i tomonidan har yili aholidan, ayniqsa, chorvadorlar va qoramol egalaridan so'rab chiqish bilan aniqlanadi.
Profilaktik tadbirlar majmuasi tomorqalar va fermalarda hojatxon- alar qurish, mollar ozuqasini axlat bilan ifloslanishdan saqlash, hov- lilarda mol so'yishni taqiqlash, go'shtni veterinariya-sanitariya eksperti- zasidan o'tkazish, aholining sanitariya bilimini oshirish, go'sht — 12°C gacha muzlatilgan yoki kamida 2 soat qaynatilgan taqdirdagina finnalari nobud bo'lishini hisobga olib, go'shtli taomlarga tegishlicha ishlov ber- ishni o'z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |