Tashxislashning apparat vositalari.
Tashxislashning apparat vositalari - bu texnik vositalar yordamida hisoblash tizimida mavjut bo‘lgan nosozliklarni qidirishni amalga oshirishni ta’minlash vositalaridir. Umumtexnik vositalar, mantiqiy tekshiruvchilar, mantiqiy tebratuvchilar hamda tok indikatorlari va shuningdek ularni qo‘llash usullari yuqorida ko‘rib chiqilgan edi. Ularga qo‘shimcha qilib shuni aytish kerakki, ancha qulay bo‘lgan tashxislashning dasturiy vositalarini qo‘llab bo‘lmaydigan hollarda yuqorida keltirilgan usullardan foydalanish diqqatga sazovordir (masalan, mikrokontrollerli tizimning yadrosi ishlamasligi sababli). Keltirilgan tashxislashning apparat vositalari quydagilarni aniqlash imkonini beradi: manba kuchlanish ko‘rsatgichlarini, tizimli sinxronlashda impuls borligini, mikrokontrollerning manzil, axborot va boshqarish shinalariga signallarni berish va bu signallarni o‘zgarish oraliq qiymatlarini o‘rnatish, bu esa tizim yadrosining ishlamasligining sabablari haqida bazi bir xulosalar qilishga imkon beradi (manba blokini nosozligi, tizimli sinxronizatsiya blokini, mikrokontrollerni buzilishi, dasturni hotirada surilishi va hotirada nazarda tutilmagan xududga o‘tish).
Yuklama bilan testlash vositalari atrof-muhit ko‘rsatgichlarini ataylab o‘zgartirishga mo‘ljallangan, bu usulning maqsadi tashqi ta’sirlarni o‘zgarishini mikrokontrollerli tizimning ishlashiga ta’sirini tahlillash uchun mo‘ljallangan. Bunday testlashning uch turi qo‘llaniladi – mexanik, harorat va elektr yuklamalar.
Mexanik yuklamani ishlatishda tizim apparatiga titrash va mexanik kuch (deformatsiya) ta’sir qilinadi. Bu turdagi yuklamalar ulash moslama kontaktlaridagi va o‘tkazgichlardagi nosozliklarni aniqlashga yordam beradi (bosma o‘tkazgichdagi yupqa uzilish platani egilganda yo‘qoladi, bo‘lmagan ulanishni tiklab).
Harorat yuklamasini ishlatish tizimni barcha apparatlariga yoki uning bir qismiga maxsulotni foydalanishdagi ishchi haroratiga nisbattan yuqori yoki past harorat ta’sir ettirishdan iborat. Tizimning qator elektron elementlar resurslarini sarf qilib bo‘lganda harorat oralig‘i torayadi, u holda ularning ishlashi to‘g‘ri bo‘ladi.Maxsulotni foydalanishdagi tavsiya etilgan ishchi holatida atrof-muhit harorati ozgina oshirilishi natijasida elementlarning qizishi sodir bo‘ladi va buzilishga olib keladi. Bundek hollarni aniqlash uchun bosma platalarning, uning alohida qismlarini, so‘ng esa elementlarni haroratini suniy oshiriladi yoki pasaytiriladi, kontaktsiz usulda (xavoni isitish vositalari orqali) yoki kontaktli usulda (isitadigan yoki sovutadigan plastinalar orqali).
Elektr yuklamalarni ishlatish - bu tizimga beriladigan elektr signallarni ko‘rsatgichlarining qiymatini o‘zgartirishdan iboratdir. Ushbu usul signallarni ko‘rsatgichini ishchi oralig‘ini aniqlashga, shuningdek ruxsat etilgan ko‘rsatgich chegarasida ishlagan elemenlarni aniqlashga yordam beradi. Usul, hususan manba kuchlanishi yetarli darajada yuqori bo‘lmaganligi sababli noto‘g‘ri ishlaydigan elementlarni aniqlashga imkon beradi.
Signaturali taxlillovchi orqali tashxislashni o‘tqazish ko‘rib chiqiladi. Signaturali tahlillash dastlabki ketma-ketlikka jiddiy bog‘liq bo‘lgan ikkilik signallar ketma-ketligini songa (signatura) o‘zgartirishga asoslangan. Signaturani hosil qilishni bir necha yo‘llari mavjut: signaldagi frontlar va kesilishlar sonini hisoblash, birlar sonini hisoblash, nazorat yig‘indisini hisoblash, teskari ulanishli suruvchi registrlarni ishlatish. Ikkilik signallarni kirish ketma-ketligi “YoKI inkori” yacheykasi yordamida suruvchi registrning ma’lum razryadlari bilan ulanadi va yig‘ilgan qiymatlarni katta razryadlar taraftga bir razryad surib, uning kirishiga keyingi taktda beriladi. Shundek qilib, kirish ikkilik oqimi registr qoldig‘ida hosil bo‘ladigan polinom hosil qiluvchiga bo‘linadi. Yetarli darajada uzun kirish ketma-ketligi uchun qoldiq psevdo tasodifiy kattalik bo‘ladi, bu ketma-ketlik uchun va ushbu hosil qilinadigan polinomga o‘zgarmas. Registrning hotiralab qoluvchi elementlari va teskari ulanish sharofati tufayli sxema olding holatini hisobga oladi; registr razryadlarning sonini ko‘pligi va polinomni to‘g‘ri tanlangan ko‘rsatgichlari signaturani noyobligini ta’minlaydi, demak kirish ketma-ketligini xatoligini aniqlashning yuqori ishnchliligini ta’minlaydi.
Testlash dasturi uchun asos sifatida MK tizimining qurilmalarini yetarli darajada ishlatuvchi mahsus loyihalashtirilgan dasturiy ta’minot ham bo‘lishi mumkin, shuningdek ishchi dastur ham bo‘lishi mumkin.“Ishga tushirish” va “to‘xtash” signallari testlash dasturlari vositalari bilan hosil qilinadi yoki apparat vositalar bilan manzillar shinasida tegishli signal kombinatsiyasi bo‘lganda hosil bo‘ladi. Oldindan to‘g‘ri ishlaydigan mikrokontrollerli tizimda tanlangan nazorat nuqtasida etalonli signaturani qayd qilish amalga oshiriladi. Tizimni tashxislashda etalon signaturani hosil qilish jarayonidagi o‘sha test ketma-ketli va shu vaqt oralig‘i ishlatiladi. Nosozlik barcha kirish signaturalari etalan signatura bilan mos kelgan, loqal bitta chiqish signatura mos kelmagan qismda mavjut bo‘ladi.
Xulosa
Xulosa o’rnida aytishim kerakki, tashxislashdan maqsad loyihalashtirilgan va sozlanayotgan tizimda apparat ta’minotidagi nosozliklar natijasida hosil bo‘lgan hatoliklarni qidirib topib uni bartaraf qilishdan iborat. Har qanday dasturiy holatda apparat qismidami uni topib masalani hal qilish lozim.Men ushbu jarayonlar bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |