41) 46-grafa. “Statistik qiymat”.
Grafada, 45-grafada keltirilgan bojxona qiymati asosida hisoblangan, matematik qoidalarga ko‘ra verguldan so‘ng uch belgigacha aniqlikda yaxlitlangan, tovarning ming AQSh dollaridagi qiymati ko‘rsatiladi.
Statistik qiymatni hisoblashda BYuD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kunda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs qo‘llaniladi;
42) 47-grafa. “Bojxona to‘lovlarining hisobi”.
Bojxona to‘lovlari summalarini hisoblash BYuDning 31-grafalarida bayon etilgan har bir tovar uchun bojxona to‘lovlari turlari bo‘yicha alohida amalga oshiriladi. Bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imlari mustasno bo‘lib, ular doim BYuD asosiy varag‘ining 47-grafasida (elektron BYuDda 32-grafada 1 tartib raqami ostidagi tovarning 47-grafasida) ko‘rsatiladi.
“To‘lov turi” ustunida Bojxona to‘lovlari tasniflagichiga muvofiq bojxona to‘lovi turining kodi ko‘rsatiladi.
“Hisoblash asosi” ustunida bojxona to‘lovini hisoblashning asosi ko‘rsatiladi.
Hisoblash asosi O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ko‘rsatiladi. Quyidagi holatlar bundan mustasno:
agar qonun hujjatlari bilan hisoblash uchun asos xorijiy valyutada belgilangan bo‘lsa, yoxud bojxona yig‘imlari xorijiy valyutada undirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa (masalan, erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududlarida bojxona yig‘imlarini undirishda) hisoblash uchun asos Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning harfli kodini qo‘ygan holda xorijiy valyutada keltiriladi;
agar qonun hujjatlarida hisoblash uchun asos pul birliklarida emas, balki boshqa o‘lchov birliklarida (masalan, ma’lum vaqt oralig‘i (soat), ma’lum bir hujjatlarni berganlik uchun, BYuDning asosiy va qo‘shimcha varaqlari uchun va h.k.) belgilangan bo‘lsa, u holda tegishlicha miqdor (1, 2 va h.k.) va o‘lchov birligi (soat, dona, asosiy varaq, qo‘shimcha varaq va h.k.) ko‘rsatiladi.
Hisoblash uchun asos O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida aniqlanganda, tovarning 12 va 45-grafalaridagi qiymatlarini O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida qayta hisoblash BYuD bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
“Stavka” ustunida bojxona to‘lovi summasini hisoblashda qo‘llaniladigan bojxona to‘lovlarining belgilangan stavkasi miqdori ko‘rsatiladi.
“Summa” ustunida bojxona to‘lovining O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida hisoblangan summasi ko‘rsatiladi. Agar qonun hujjatlarida bojxona to‘lovining xorijiy valyutada undirilishi belgilangan bo‘lsa, bojxona to‘lovining hisoblangan summasi Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning harfli kodi qo‘yilgan holda tegishli xorijiy valyutada ko‘rsatiladi.
“TU” ustunida to‘lov usulining ikki belgili harfli kodi ko‘rsatiladi:
“BN” — bank orqali naqd pulsiz hisob-kitob;
“KT” — bojxona to‘lovlari summasini naqd pul bilan to‘lash;
“UN” — bojxona to‘lovlarini shartli hisoblash;
“OP” — bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash imkoniyati taqdim etilgan;
“RP” — bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati taqdim etilgan;
“OO” — to‘lov amalga oshirilmaydi.
Qonun hujjatlariga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarlar uchun stavka belgilanmagan yoki nol stavka belgilangan, yoxud bayon etilayotgan bojxona rejimi shartlariga ko‘ra ushbu turdagi bojxona to‘lovini to‘lash majburiyati vujudga kelmaydigan bojxona to‘lovi to‘g‘risidagi ma’lumotlar grafaga kiritilmaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |