44) 49-grafa. “Ombor nomi”.
Agar tovarlar ilgari bojxona ombori yoki erkin omborda saqlashni nazarda tutuvchi bojxona rejimlariga joylashtirilgan bo‘lsa, grafada bojxona ombori yoki erkin omborni ta’sis etish uchun berilgan litsenziya raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
Agar tovarlar bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan joylarga joylashtirilgan bo‘lsa grafa to‘ldirilmaydi;
45) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafada quyidagi mazmundagi yozuv yoziladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar ......” deb yozilgandan so‘ng BYuDni to‘ldirishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarga javobgar hisoblangan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, telefon raqami (mavjud bo‘lsa) va JShShIRi (elektron BYuDda alohida maydonda) ko‘rsatiladi (qog‘oz shakldagi BYuDda uning shaxsiy imzosi qo‘yiladi).
(22-band 45-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar shaxs JShShIRi mavjud bo‘lmagan norezident bo‘lsa, u holda shaxsning JShShIRi qayd etiladigan joyda “99999999999999” kodi ko‘rsatiladi.
(22-bandning 45-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)
Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar etib deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxs belgilanadi.
Agar taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar deklarant ishonch bildirgan shaxs bo‘lsa, uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatning (shartnomaning, ishonchnomaning) raqami, sanasi va amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
(22-band 45-kichik bandining uchinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |