4) 5-grafa. “Tovarlar nomlarining umumiy soni”.
Grafada BYuDning 31-grafalarida ko‘rsatilgan tovarlar nomlarining umumiy soni yoziladi. Bu son BYuDning to‘ldirilgan 31-grafalari soniga muvofiq bo‘lishi lozim;
5) 7-grafa. “BYuDning ro‘yxat raqami”.
Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq BYuDni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan bojxona postining beshta raqamli kodi ko‘rsatiladi;
6) 8-grafa. “Importchi/yukni qabul qiluvchi”.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafada tovarlarni qabul qiluvchisi va importchisi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi;
(25-band 6-kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 3-noyabrdagi 01-02/15-62-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-4, 29.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 10/19/2773-4/4091-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Agar tovarlarni importchisi ham, qabul qiluvchisi ham bir shaxs bo‘lsa:
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy yashash manzili hamda telefon raqami haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
(25-bandning 6-kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Masalan:
“Kabirov Abdukarim Soliyevich
Samarqand viloyati, Samarqand shah., Sherdor ko‘ch., 6-uy, 8-xonadon, telefon: 8-366-999-99-99
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning 6-kichik bandi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
yuridik shaxs uchun — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami hamda elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
Masalan:
“Trans group” MChJ
Toshkent shah., Yunusobod tumani, Uch terak ko‘ch., 3-uy, 19-xonadon, telefon: +99871-999-99-99, elektron pochta: pochta@pochta.uz”.
Agar importchi va yukni qabul qiluvchi nomidan yuridik shaxsning tarkibiy tuzilmasi qatnashayotgan bo‘lsa, tarkibiy tuzilmaning qisqacha nomi, joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), shuningdek yuridik shaxs to‘g‘risida yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Masalan:
“Vodiy-Farg’ona” MChJ
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shah., Sanoat ko‘ch., 2-uy, telefon: 8-373-999-99-99, elektron pochta: pochta@pochta.uz
“Vodiy” MChJning filiali
Andijon viloyati, Andijon shah., Bobur ko‘chasi, 597-uy, telefon: 8-374-999-99-99, elektron pochta: pochta@pochta.uz”.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning 6-kichik bandi o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning 6-kichik bandi yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning 6-kichik bandi yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |