Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o’rtasida almashinishining turli yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir


Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining rivojlanish tendentsiyalari



Download 468,93 Kb.
bet70/108
Sana03.02.2022
Hajmi468,93 Kb.
#428139
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108
Bog'liq
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti

Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining rivojlanish tendentsiyalari:

  • mehnat migratsion jarayonlarining dunyoning deyarli barcha mamlakatlar iga tarqalishi;

  • mehnat migratsiyasining asosiy yo'nalishi: rivojlanayotgan mamlakatlar va o'tish iqtisodiyoti mamlakatlaridan eng rivojlangan mamlakatlarga;

  • bir rivojlangan mamlakatdan boshqasiga migratsiya jarayonlarini faollashtirish;

  • rivojlanayotgan mamlakatlar doirasida davlatlararo ko’chishlarning kuchayishi;

  • o'tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari o'rtasida mayatnikli migratsiyasini tiklash;

  • mehnat migratsiyasining yangi shakli — ilmiy-texnik kadrlar migratsiyasining paydo bo’lishi;

  • yaqin Sharqda (Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Quvayt, Isroil), Lotin Amerikasida (Argentina, Braziliya, Venesuela), Janubi-Sharqiy Osiyoda (Yaponiya, Gonkong, Tayvan, Singapur) yangi jozibador migratsiya markazlarining shakllanishi;

  • "yosh migratsiya" ulushining oshishi;

  • xorijiy mehnat oqimini cheklashga intilayotgan AQSh va Sharqiy Evropa mamlakatlarining qattiq migratsiya siyosati tufayli noqonuniy migratsiya hajmini kengayishi.

Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining noiqtisodiy sabablari orasida siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, diniy va boshqalarni ajratib ko’rsatish mumkin.
Xususan, xalqaro mehnat migratsiyasining boshqa sabablariga V.I. Deren quyidagilarni kiritadi:

  • mamlakatlari o'rtasida iqtisodiy resurslarning notekis taqsimlanishi (oriqcha kapital va ortiqcha mehnatga ega davlatlar ushbu sharoitlarda mehnat resurslari migratsiyasi bilan bir-birini to'ldiradi);

  • kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlarining o'sishi, shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda IFT ta’siri ostida yuqori malakali kadrlarga talabning o'sishi. Abiturientlarni maxsus tayyorlashdan ko’ra, muhojirlar orasidan yuqori malakali kadrlar talab qiluvchi ish o'rinlari to'ldirish oson va arzon bo’ladi;

  • malakasiz mehnatga bo'lgan jahon talabning pasayishi va uning taklifining o’sishi, ayniqsa kambag’al mamlakatda, bu esa kambag'al mamlakatlar aholisining bir qismini ish izlab ko'chib o'tishga majbur qiladi;

  • turli mamlakatlardagi mehnat, turmush sharoiti, aholi daromadlari darajasidagi farqlar. Shuning uchun aholi migratsiyasining asosiy oqimlari kambag’al mamlakatlardan boy mamlakatlarga yo’nalgan;

  • Buyuk geografik kashfiyotlar, urushlar, yangi hududlarni egallash, inqirozlar, falokatlar, aholi migratsiyasini rag’batlantiradi.

  • xalqaro tashkilotlar, xalqaro korporatsiyalar, davlatlarning demografik va migratsiya siyosati, mehnat migratsiyasini jilovlab turuvchi yoki rag’batlantiruvchi ularning tashqi iqtisodiy siyosati11.

Ushbu sanab o’tilgan sabablar mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarni o'z mamlakatini tark etishga va boshqa davlatlarga ko'chishga undaydigan sabablardir. Shu bilan birga, ishchi kuchini qabul qiluvchi mamlakatlardagi tadbirkorlarni xorijiy ishchi kuchidan foydalanishga undaydigan bir qator sabablar ham mavjud. Masalan: chet elliklarni ishga olish xarajatlarining pastligi va o'qitish xarajatlarida tejash. Shunday qilib, ishchi kuchi migratsiyasining qabul qiluvchi mamlakatlar va donor mamlakatlarga ta'siri haqida gapirish mumkin. (11.1-jadval )
Emigratsiya kelib chiqadigan mamlakatlar ishchi kuchini export qiluvchi mamlakatlar -"donorlar" deb ataladi. Odatda, emigratsiya mamlakat ichki mehnat bozoridagi vaziyatni yaxshilaydi, birinchidan, qisman ishsizlik kamayadi, ikkinchidan, xorijda ishlashdan so'ng malakali ishchilar qaytib keladi. Bundan tashqari, emigratsiya mamlakatlari chet elda ishlaydigan fuqarolaridan valyuta o'tkazmalarini olish imkoniyatiga ega. Kamchiliklari mehnat resurslarining bir qismi va eng mehnatga layoqatli yoshdagi oqimlardan iborat. «Donor"-mamlakatlar, emigrantlarga aylangan shaxslarning umumiy ta'lim va kasbiy tayyorgarligi uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini yo’qotadi.
Immigratsiya mamlakatlari «qabul qiluvchi" mamlakatlar deb ataladi. Ushbu mamlakatlar uchun" afzalliklar" quyidagilar:
birinchidan, muhojirlarni o'qitish uchun muayyan tejamkorlik,
ikkinchidan, ish haqi tejalishi, chunki xorijiy ishchilarning sh haqi darajasi milliy xodimlarning ish haqi darajasidan pastroqdir. Shu nuqtai nazardan, mehnat bozorining ikki turi ham mavjud: "xorijiy" va "milliy" mehnat bozori,
uchinchidan, muhojirlar hisobiga ichki iste'mol tovarlari bozorining hajmi kengaymoqda,
to'rtinchidan, bank hisoblarida saqlanadigan muhojirlarning vaqtincha bo'sh mablag'lari iqtisodiyotni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Nihoyat, muhojirlar mehnat resurslarining yosh tarkibini yoshartirish yo'nalishida o'zgartirishda muhim rol o'ynaydi.
to'rtinchidan, muhojirlarning vaqtincha bo'sh pul mablag’lari, bank hisob raqamlarida saqlanadi va ulardan iqtisodiyotni moliyalashtirish uchun foydalanish mumkin.
Nihoyat, muhojirlar mehnat resurslarining yosh tarkibini yoshartirish yo'nalishida o'zgartirishda muhim rol o’ynaydi.
Immigratsiyaning «qabul qiluvchi" mamlakatlar uchun kamchiliklariga bir tomondan, xorijliklarga qarshi kamsitishning paydo bo’lishi, boshqa tomondan mahalliy aholining noroziligi oshishini kiritish mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy - iqtisodiy, axloqiy va mafkuraviy muammolar mavjud. Shuning uchun migratsiya jarayonlarini milliy va millatlararo tartibga solish zarur.
11.3-jadval

Ishchi kuchini import qiluvchi mamlakat (retsipient)

Ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakat («donor»)

Ijobiy

  1. Ishlab chiqarish xarajatlarini xorijiy ishchi kuchining past narxi bilan bog’liq kamaytirish natijasida milliy tovarlarning raqobatbardoshligini oshirish.

  2. Multiplikativ samara (mamlakatda xorijiy ishchi kuchi orqali ishlab chiqarish va ish bilan ta’minlashni mamlakatda rag'batlantirish).

  3. 3. Ta'lim va kasbiy tayyorgarlik xarajatlarini tejash (malakali kadrlar import qilinganda).

  4. 4. Ijtimoiy barqarorlikni saqlash (inqirozli ishsizlik sharoitida).

  5. Ijtimoiy dasturlarni yuqori darajada saqlash

  1. Erkin konvertatsiya qilinadigan valyutaning mamlakatga oqib kelishi, ya’ni ishchi kuchi eksporti muxim manba hisoblanadi. 

  2. Mamlakatda ortiqcha mehnat resurslari va ijtimoiy keskinlikning bosimini kamaytirish. 

  3. Mamlakat uchun ishchi kuchini yangi professional ko’nikmalarga bepul o’rgatish, mehnatni tashkil etishning ilg'or yo’llari bilan tanishtirish va h. k.

  4. Yangi ish o'rinlarini yaratishga qaratilgan donor mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini moliyalashtirishda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va qabul qiluvchi mamlakatlarning ishtiroki

Salbiy

  1. Milliy mehnat bozorida vaziyatning keskinlashuvi.

  2. Mehnat bozorida taklifning o'sishi natijasida ishchi kuchi, shu jumladan, milliy ishchi kuchi narxining pasayishiga moyilligi kuchaymoqda.

  3. Mahalliy aholi va muhojirlar o'rtasida milliy va axloqiy nizolarni keltirib chiqarish

  1. Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnat resurslarining bir qismini yo'qotishning iqtisodiy zarari va natijada aholining yosh tarkibiining qarishi.

  2. Emigrantlarni umumiy ta'lim va kasbiy tayyorgarligi xarajatlarini yo’qotish

  3. «Aqlning oqib ketishi» milliy iqtisodiyotga juda kerak bulgan malakali kadrlarning ketib qolishidir. 




Download 468,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish