Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o’rtasida almashinishining turli yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir


Xalqaro kapital harakatini boshqarish



Download 468,93 Kb.
bet62/108
Sana03.02.2022
Hajmi468,93 Kb.
#428139
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   108
Bog'liq
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti

9.3. Xalqaro kapital harakatini boshqarish
TTXIni xalqaro darajada tartibga solishning asosiy shakli xalqaro investision shartnomalar xisoblanadi. Xalqaro investision shartnomalarning mohiyati shundaki, ular ikki va ko'p tomonlama milliy davlatlarning investisiya siyosatlarini muvofikdashtirish va xalqaro investisiyalar soxasida tartibga solishning umumiy qoidalarini ishlab chiqishdan iborat.
Xalqaro investision shartnomalar qatnashchilar tarkibiga ko'ra ikki tomonlama, mintaqaviy va ko'p tomonlama bo'lishi mumkin.
Ikki tomonlama investision shartnoma ikki mamlakat hukumatlari o'rtasida investisiyalarni amalga oshirish maqsadida tuziladigan maxsus shartnomadir.
Mintaqaviy investision shartnoma — bir mintakaviy guruqga kiruvchi mamlakatlar xukumatlari o'rtasida investisiyalarni amalga oshi rish xususida imzolanadigan maxsus shartnoma. Mintakaviy shargno - malarning predmeti bo'lib investision rejimni o'rnatish, investorlarga kafolatlar berish, investision nizolarni tartibga solish, mintaqa ichida kapital, texnologiya,malakaliishchikuchiningharakatiuchunkulay erkinlikni ta'minlash hisoblanadi.
Ko'p tomonlama investision shartnomalar manfaatdor mamlakatlarning investision hamkorlikda qatnashishi va a'zolarni keng miqyosda qamrab olishni ko'zda tutadi.
Xalqaro investision shartnomalar qatnashchilari sifatida milliy xukumaxlar va Jahon savdo tashkiloti (JST), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) kabi xalqaro iqgasodiy tashkilotlar qatnashishi mumkin.
Xalqaro investision shartnomalarning amal qilishida ikki tomonlama investision shartnomalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Investision hamkorlik doirasidagi iqtisodiy munosabatlarni davlatlar ikki tomonlama va mintaqaviy kelishuvlar asosida mustahkamlaydilar. Xorijiy investisiyalarni himoyalashda ko'proq ikki tomonlama investisiya kelishuvlari (Bilateral investment treaties yoki BITs) amaliy ahamiyatga ega. Birinchi BITs 1950-yillarda qabul qilingan bo'lib, umuman olganda ularning mohiyati hozirgi kunda uncha o'zgarmagan. Ular ikki tomonlama investision hamkorlik me'yorlari, andozalari va asosiy tamoyillarini belgilaydi va investisiya kiritishning barqaror rejimi mavjudligidan darak beradi. Investisiyalarni o'zaro himoyalash va rag'batlantirish to'g'risidagi ikki tomonlama investisiya kelishuvlarini tuzish qulay investisiya iqlimi yaratish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etib, xorijiy investisiyalarni tartibga solishning huquqiy-me'yoriy bazasi jiddiy kamchiliklarga ega bo'lgan vaziyatda, bevosita xorijiy investisiyalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishning istiqbolli yo'nalishi bo'lib hisoblanadi.
TTXI sohasidagi ikki tomonlama investision shartnomalarning asosiy elementlari quyidagilardan iborat:

Jahon xo'jaligida ko'ptomonlama shartnomalar asosida investitsiyalarni kafolatlash qoidalari bilan investisiyalarni kafolatlash bo'yicha ko'p tomonlama agentlik (MAGI) shug’ullanadi.
80-yillarning boshlaridan xalqaro moliyaviy tashkilotlar, ayniqsa Jahon banki rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoya oqimlarini rag'batlantirish bo'yicha choralarni qo'llay boshladi. Shu maqsadda Jahon banki tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlardagi xorijiy investisiyalarni kafolatlash bilan shug'ullanuvchi Investisiyalarni kafolatlashning ko'ptomonlama agentligi MIGA (The Multilateral Investment Guarantee Agency)ni tashkil etish to'g'risidagi Konventsiyaning asosiy nizomi loyihasi ishlab chiqildi va qabul qilindi. 1988 yil 12 aprel bu tashkilotga asos solindi va u Jahon banki guruhining eng yosh a'zosi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda 163 ta mamlakat uning a'zosi bo'lib hisoblanadi. Konventsiyaga 120 dan ortiq mamlakat qo’shilgan.
MIGAning asosiy funktsiyasi (maqsadi) xususiy investorlarni qo'shimcha kafolatlar bilan ta'minlash va xorijiy sarmoyani qabul qiluvchi davlatdagi investisiya iqlimini takomillashtirish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish orqali rivojlanayotgan a'zo mamlakatlarga ularning iqtisodiy o'sishini jadallashtirish uchun xorijiy investisiyalarni kiritishni rag'batlantirish.
MIGA faoliyatining turlari:

  • Investorlarni siyosiy tavakkalchilikdan sug'urtaviy himoya bilan ta’minlash;

  • Mablag'larni investisiyalash imkoniyatlari to'g'risidagi axborotlarni tarqatishda mamlakatlarga texnik yordam ko'rsatish;

  • Investisiyalar bilan bog'liq nizolarni hal etishda vositachilik xizmatlarini ko’rsatish;

MIGA tomonidan siyosiy tavakkalchilikdan beriladigan kafolatlar xorijiy investorlarga o'z investisiya dasturlarini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan faqat iqtisodiy va kredit tavakkalchiligiga e'tiborni qaratish imkonini beradi. Ammo moliyaviy tashkilotlar va sug'urta tashkilotlarining aksariyati siyosiy beqaror bo'lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda yuzaga keladigan notijorat tavakkalchiligidan sug'urtalashni o'z zimmalariga olishni xohlamaydilar. Shunday qilib MIGA mazkur bo'shliqni to'ldirishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, chet el tajribasini tadqiq etish shunday xulosaga kelish imkonini berdiki, o'tish iqtisodiyoti mamlakatlariga xorijiy investisiyalar oqimini oshirish uchun investorlarning tavakkalchiligini pasaytirishga mo'ljallangan chora-tadbirlar majmui sifatida asosan investorlarni huquqiy himoyalash mexanizmi (huquqiy ta'minot); tavakkalchilikni sug'urtalash mexanizmidan foydalanishning va joriy qilinishining maqsadga muvofiqligi asoslanmoqda, sarmoyaning shakliga ko'ra xorijiy investisiyalarni sug'urtalash tizimlarining davlat tizimi, nodavlat (xususiy) va aralash tizimlarining o'ziga xos xususiyatlarini tahlil etish ularning eng maqbulini tanlash imkonini beradi.



Download 468,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish