8.1-jadval
Sayyohlar oqimi bo'yicha yetakchi mamlakatlar reytingi
Mamlakat
|
Xalqaro turistik oqimlar bo'yicha reyting
|
2016 yildagi kelishlar soni, mln.kishi.
|
2016 yil
|
2015 yil
|
Fransiya
|
1
|
1
|
82,6
|
AQSh
|
2
|
2
|
75,6
|
Ispaniya
|
3
|
3
|
75,6
|
Hitoy
|
4
|
4
|
59,3
|
Italiya
|
5
|
5
|
52,4
|
Buyuk Britaniya
|
6
|
8
|
35,8
|
Germaniya
|
7
|
7
|
35,6
|
Meksika
|
8
|
9
|
35,0
|
Tailand
|
9
|
11
|
32,6
|
Avstriya
|
10
|
12
|
28,1
|
Malayziya
|
11
|
14
|
26,8
|
Gongkong
|
12
|
13
|
26,5
|
Turkiya
|
13
|
6
|
25,4
|
Gretsiya
|
14
|
15
|
24,8
|
Rossiya
|
15
|
10
|
24,6
|
Manba: muallif tomonidan UNWTO ma'lumotlari asosida tuzildi.
Sayyohlar tashrifi bo'yicha 2015 yildagi jahon reytingini tahlil qiladigan bo'lsak, eng ko'p sayyohlar tashrif buyuradigan etakchi mamlakatlar – Frantsiya, AQSh, Ispaniya, Xitoy va Italiyadir.
Sayohatlar xalqaro xizmatlar savdosida muhim o'rin tutadi. Turizm transport, mehmonxona xo'jaligi, ko'ngshx ochar sanoat, sport, reklama, umumiy ovqatlanishni qamrab oluvchi butun bir tarmoqlar majmuasiga aylandi. Aholi daromadlarining opshshi, transport vositalari va mexmonxona xo'jaligining takomillashuvi, havo trasnporti orqali tashishning arzonlashishi, valyuta olib chiqish cheklovlarining zaiflashishi va chegarada rasmiylashtirishning soddalashishi natijasida turizmning xalqaro xizmatlar eksportidagi ulushi ortib bordi.
Nazorat savollari:
Xalqaro xizmatlar deganda nimani tushunasiz?
Xalqaro xizmatlarning qanday turlari mavjud?
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar xizmatlarni qaysi mezonlar asosida guruxlaydi?
Xalqaro xizmatlar bozorining rivojlanishiga qaysi omillar ta'sir ko'rsatadi?
Xalqaro xizmatlar bozorining rivojlanish tamoyillariga baxo bering.
9-mavzu. XALQARO KAPITAL HARAKATI
9.1. Kapital chiqishining mohiyati, sabablari va shakllari
9.2. Jahon iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalr dinamikasi va turlari
9.3. Xalqaro kapital harakatini boshqarish
Tayanch iboralar: xalqaro migrasiya, kapitalning chetga chiqib ketishi, kapital, xususiy kapital, portfel investisiyalar, to'gridan-to'g'ri xorijiy investisiyalar (TTXI), moliyaviy investisiyalar
9.1. Kapital chiqishining mohiyati, sabablari va shakllari
Xalqaro kapital harakati jahon iqtisodiy munosabatlarining asosiy shakllaridan biridir. Xalqaro kapital harakati kapitalni xorijga chiqarishda namoyon bo’ladi. Kapitalni xorijga chiqarish, uning davlatlar orasida faol migratsiyasi zamonaviy jahon хo’jaligi va хalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim ajratib turuvchi tomoniga aylandi.
Kapitalni chiqarishning mohiyati kapitalning bir qismini bir mamlakatdagi milliy tovar ayirboshlash jarayonidan olib chiqib boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayoniga (yoki boshqa muomalaga) kiritish bilan bog’liq.
Qadim zamonlardan buyon keng tarqalgan tashqi savdodan farqli o'laroq, sarmoyani eksport qilish sanoati rivojlangan mamlakatlarda kapitalning to'planishi katta hajmga yetganida va uning nisbiy "ortiqchaligi" («избыток») shakllanganida mumkin bo'ldi. Bu" ortiqcha", yoki sanoati rivojlangan mamlakatlarda kapital yig'ish hajmi va shu mamlakatlarda uning qo'llash imkoniyatlari o'rtasidagi tafovut, zarur kapital eksport qiladi.
Bu "ortiqcha", yoki sanoati rivojlangan mamlakatlarda kapital yig'ish hajmi va shu mamlakatlarda uning qo'llash imkoniyatlari o'rtasidagi tafovut, kapitalni chiqarishni zarurligini belgilaydi.
Kapitalni eksport qilishning roli kapitalni eksport qiluvchi va import qiluvchi mamlakatlar uchun farq qiladi.
Eksport qiluvchi mamlakatlarni (ya'ni, kapital chiqadigan) "asosiy mamlakatlar"deb ataladi.(«странами базирования»)
Import qiluvchi davlatlar (ya'ni, kapital kiradigan) qabul qiluvchi tomonlar deb ataladi.
Sarmoyani eksport qilish eksport qiluvchi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini sekinlashtiradi, ammo uning tashqi savdo expansiyasining samarali vositasi hisoblanadi. Boshqa tomondan, kapitalni import qilish qabul qiluvchi tomonning iqtisodiy rivojlanishini tezlashtiradi.
Zamonaviy sharoitda kapitalni chiqarish bir qator xususiyatlarga ega.
Birinchidan, bugungi kunda sanoati rivojlangan davlatlar o'rtasida xususiy kapital harakati kuchaymoqda va xususiy kapital eksportining 3⁄4 dan ortig’ini tashkil etadi. Xalqaro kreditlar umumiy hajmida rivojlanayotgan mamlakatlarning ulushi kamaydi.
Ikkinchidan, kapitalni eksport qilishda davlatning roli o'zgardi. Xususiy kapital eksportining oddiy himoyachisi bo'lgan davlat o'zi moliyaviy resurslarning eng yirik eksportchisi bo’lmoqda.
Uchinchidan, integratsiya jarayonlarini rivojlanishi va transmilliy korporatsiyalarning (TMK) o'sishi bilan bog'liq holda kapital harakatining shakllari o’zgardi.
Kapital eksporti (import) mulkchilik shakliga ko’ra uch turga bo’linadi:
a) asosan yirik sanoat kompaniyalari va banklar tomonidan amalga oshiriladigan xususiy kapital eksporti;
b) davlat byudjeti hisobidan hukumat yoki davlat tashkilotlari va kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan kapitalni davlat tomonidan olib chiqish;
v) xalqaro valyuta-moliya kompaniyalari va tashkilotlari tomonidan kapitalni eksport qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |