Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o’rtasida almashinishining turli yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir


GATT / WTO doirasida o’tkazilgan muzokaralar bosqichlari (raundlar)



Download 468,93 Kb.
bet27/69
Sana01.06.2022
Hajmi468,93 Kb.
#628481
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69
Bog'liq
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyl

GATT / WTO doirasida o’tkazilgan muzokaralar bosqichlari (raundlar)

#

JST raundlari

Yil

A’zo mamlakatlar soni

Natijalar

1

Gavana raundi

1947

23

GATT kuchga kirdi.
Tariflarni pasaytirish

2

Annesi raundi

1949

13

Tariflarni pasaytirish

3

Torkvey raundi

1950

34

Tariflarni pasaytirish

4

Jeneva raundi

1956

22

Tariflarni pasaytirish.Rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan, strategiya ishlab chiqish, kelishuv a’zolari sifatida ularning mavqeini yaxshilash

5

Dillon raundi

1960-1961

45

Tariflarni pasaytirish

6

Kennedi raundi

1962-1967

48

  • Antidemping kelishuvi (AQSh da Kongress tomonidan rad etilgan)

7

Tokio raundi

1973-1979

99

  • Sanoat mahsulotlariga tariflarni pasaytirish

  • Notarif savdo to’siqlarini pasaytirish

  • GATT tizimini kengaytirish




Urugvay raundi

1986-1994

125




Doha raundi

2001-hozirgacha

164

  • Tariflarni pasaytirish

  • TRIPS (Trade-Related Aspects of Intellectual Property Rights) — Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari bo'yicha bitim

  • JST ning qoidalari (subsidiyalar, antidemping, mintaqaviy savdo kelishuvlari, qishloq xo’jaligi)

  • 2013 yil Bali. Islohotlar paketi: Bojxona bojlarini soddalashtirish

JST hozirgi kunga qadar xalqaro savdoni tartibga solishda qo’llaydigan muhim qarorlar Urugvay raundida (1986-1994 yillar) qabul qilindi. Unda 123 ta mamlakat qatnashdi. Ushbu raund JST tomonidan tartibga solinadigan masalalar doirasini yanada kengaytirdi.
U xalqaro xizmatlar savdosi, shuningdek, bojxona bojlari miqdorini kamaytirish, ayrim tarmoqlar (shu jumladan, qishloq xo'jaligi) mahsulotlarining xalqaro savdosini tartibga solishni kuchaytirish dasturi va milliy iqtisodiy siyosatning mamlakat tashqi savdosiga ta'sir qiluvchi yo'nalishlari ustidan nazoratni kuchaytirishning sa'y-harakatlarini faollashtirishni o'z ichiga oldi.
Tovarlarni qayta ishlash darajasining oshib borishida bojlarining eskalatsiyasi to’g’risida qaror qabul qilindi. Kiyim-kechak, to'qimachilik va qishloq xo'jaligi mahsulotlari savdosini liberallashtirish davom ettirildi. Biroq, oxirgi tartibga solish vositasi sifatida bojxona bojlari hisoblandi.
Antidemping chora-tadbirlar sohasida "qonuniy subsidiyalar" va "maqbul subsidiyalar» tushunchalari qabul qilindi, va ularning qatoriga hajmi tovar umumiy importining 3% dan kam bo’lmasligi yoki umumiy qiymatining kamida 1% ni tashkil etishi sharti bilan atrof-muhitni muhofaza qilish va mintaqaviy rivojlanish qaratilgan subsidiyalar kiritildi. Boshqa barcha subsidiyalar noqonuniy deb ataldi va tashqi savdoda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Tashqi savdoga bilvosita ta'sir ko'rsatadigan iqtisodiy tartibga solish masalalari qatoriga qo'shma korxonada ishlab chiqarilgan tovarlarni minimal eksport qilish, mahalliy komponentlardan majburiy foydalanish va boshqa qator talablarni kiritdi.
Jahon savdo tashkiloti (JST). Urugvay raundida GATTning vorisi bo'lgan va uning asosiy qoidalarini saqlab qolgan JSTni yaratishga qaror qilindi. GATT jahon savdosini tartibga solish huquqiy mexanizmning asoslarini yaratdi: savdo munosabatlarida diskriminatsiyaga barham berish, adolatli raqobat asosida xalqaro savdoni rivojlantirish. GATT faoliyatida erishilgan yutuqlardan biri ishtirokchi mamlakatlarning o'rtacha bojxona to'lovining bir necha marta pasayishi bo'ldi.
Liberalizmning ushbu tamoyillari 161 mamlakatni birlashtirgan JST faoliyatida yanada rivojlanmoqda. JST yaxshi tashkil etilgan boshqaruv tuzilmasiga ega - Vazirlik konferentsiyasiga (har ikki yilda bir marta yig’iladi) Savdo siyosatini tahlil qilish va nizolarni hal qilish bo'yicha Bosh kengash bo'ysunadi, bu esa o'z navbatida Tovarlar savdosi Kengashi, Xizmatlar savdosi Kengashi va Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari bo'yicha kengash vazifalarini kuzatadi. Kengashlarni texnik qo'llab-quvvatlash bosh direktor boshchiligidagi JST kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.
JST doirasida jahon tovar savdosini xalqaro tartibga solish ikki muhim tamoyilni amalga oshirishni nazarda tutadi: kamsitmaslik (eng ko'p qulaylik yaratish tartibi) va bozorga kirishni ta'minlash. Shunday qilib, birinchi printsip har bir mamlakat boshqa mamlakatlar bozorlarida eksportini himoya qilish kafolatlarini oladi va milliy bozorga import qilish uchun teng sharoitlarni ta'minlaydi. Ikkinchisi-ishtirokchi mamlakatlarning savdo rejimlari masalalarida oshkoralik va shaffoflik bilan ta'minlanadi.
JST BMTning faoliyat doirasiga kirmaydi. Bu unga o'z mustaqil siyosatini amalga oshirish va qabul qilingan kelishuvlarga rioya qilish bo'yicha ishtirokchi mamlakatlar faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi.

Download 468,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish